O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti


Download 102.39 Kb.
bet9/19
Sana18.09.2023
Hajmi102.39 Kb.
#1680381
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
5A110802-Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi magistratura-www.hozir.org

Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom oliy ta’lim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy
o‘quv va ilmiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish, ularni xarid qilish va
foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Oliy ta’lim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy o‘quv va ilmiy
adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish va ularni xarid qilish tartibi ushbu
Nizomga
ilovada
keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Oliy ta’lim muassasalarida foydalanish uchun xorijiy o‘quv va ilmiy
adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish vazifasi tayanch oliy ta’lim muas
sasalari
tomonidan tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura
mutaxassisliklarining o‘quv rejalariga kiritilgan fanlar bo‘yicha quyidagi
tartibda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
tayanch oliy ta’lim muassasasida xorijiy o‘quv va ilmiy ad
abiyotlar
ro‘yxatini shakllantirish bo‘yicha rektor boshchiligida komissiya tashkil etiladi.
Komissiya tarkibiga o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlar, tegishli fakultet
dekanlari, kafedra mudirlari, axborot-
resurs markazi rahbari, oliy ta’lim
muassasasining mahalliy va xorijiy hamkor tashkilotlarining vakillari hamda
turdosh oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari kiritiladi;
komissiya tomonidan muayyan ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassislik
o‘quv rejasiga kiritilgan fanlar bo‘yicha o‘n kun muddatda pr
ofessor-
o‘qituvchilar tarkibidan mutaxassislar guruhlari belgilanadi;





13 

bir oy muddatda mutaxassislar guruhlari mavjud imkoniyatlardan


foydalangan holda tegishli o‘quv faniga oid zamonaviy, ilg‘or nazariy va amaliy
bilim, uslubiyot, ma’lumot, ilmiy va texnologik yangiliklarni o‘z ichiga olgan
xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlarni izlab topadi va aniqlaydi;
fanlar bo‘yicha mutaxassislar guruhlari aniqlagan xorijiy o‘quv va ilmiy
adabiyotlar o‘n besh kun muddatda komissiya tomonidan jamlanadi,
umumiy
ro‘yxatga kiritiladi va belgilangan talablarga javob berishi tahlil
qilinadi,zarur hollarda umumiy ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritiladi va rektor
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb
-
hunar ta’limini rivojlantirish markaziga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb
ataladi)belgilangan tartibda taqdim etiladi;
Markaz tayanch oliy ta’lim muassasalari tomonidan kiritilgan xorijiy
o‘quv va ilmiy adabiyotlar ro‘yxatlarini ikki oy muddatda umumlashtiradi,
umumlashtirilgan ro‘yxatda bilim va ta’lim sohalari, bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining fanlari bo‘yicha
takrorlanadigan xorijiy adabiyotlarni aniqlaydi, takrorlanishlarni tegishli oliy
ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda bartaraf qiladi, bir xil fanlar
bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari tomonidan ro‘yxatga kiritilgan xorijiy o‘quv
va ilmiy adabiyotlarni tegishli oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan holda
optimal
lashtiradi va yakuniy umumlashtirilgan ro‘yxatni hamda tayanch oliy
ta’lim muassasalaridan Markazga taqdim etilgan ro‘yxatlarni belgilangan
tartibda Vazirlikka taqdim etadi;
Vazirlik, Markaz tomonidan taqdim etilgan xorijiy o‘quv va ilmiy
adabiyotlarning umumlashtirilgan ro‘yxatini ikki oy muddatda tasdiqlash
uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
kiritad
4. Tayanch oliy ta’lim muassasalarida xorijiy o‘quv va ilmiy
adabiyotlarning umumiy ro‘yxatini shakllan
tirishda unga faqat chet eldan
markazlashgan holda xarid qilish zarur bo‘lgan o‘quv va ilmiy adabiyotlar
kiritilishini, internet va boshqa yo‘llar orqali oliy ta’lim muassasasi tomonidan
xarid qilinadigan, chet eldan yakka tartibda olib kelinadigan,homiy va hamkor
tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar
umumiy ro‘yxatga kiritilmasligini tayanch oliy ta’lim muassasasining
komissiyasi nazorat qiladi va bunga mas’ul hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan ro‘yxati
tasdiqlangan xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlar qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda xarid qilinadi.
6. Xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlarni xarid qilish jarayonida ular tijorat
maqsadlarida ishlatilmasligi, ulardan faqat bakalavriat va magistraturaning
o‘quv jarayonida foydalanilishi, shuning uchun ularning elektron nusxalarini
yaratish, ularni o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarga qisman yoki to‘liq tarjima
qilish, elektron nusxada ko‘paytirish, ular asosida milliy o‘quv adabiyotlarini
yaratish va nashr qilish tadbirlari to‘lovsiz amalga oshirilishi xorijiy o‘quv va
ilmiy adabiyotlarni xarid qilish shartnomasi shartlarida alohida belgilanishiga
e’tibor qaratiladi.





14 

7. Markazlashgan tartibda xarid qilinib olib kelingan xorijiy o‘quv va


ilmiy adabiyotlar belgilangan tartibda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston
Milliy kutubxonasiga joylashtiriladi.
8. Markazlashgan tartibda xarid qilingan xorijiy o‘quv va ilmiy
adabiyotlardan foydalanish uchun oliy ta’lim muassasalari Alisher Navoiy
nomida
gi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga murojaat qiladilar.
9. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga
markazlashgan tartibda keltirilgan xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlardan
foydalanish bepul amalga oshiriladi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xorijiy o‘quv va
ilmiy adabiyotlarni xarid qilish shartnomasi shartlaridan kelib chiqib, ulardan
foydalanish (tarjima qilish, elektron nusxalarini ko‘chirish, ko‘paytirish, xorijiy
o‘quv va ilmiy adabiyotlar asosida milliy o‘quv ad
abiyotlarni yaratish) tartibini
belgilaydi.
10. Oliy ta’lim muassasasining rahbariyati, professor
-
o‘qituvchilari,
mutaxassislari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
tomonidan belgilangan me’yorlar va berilgan ko‘rsatmalarga to‘liq amal
q
ilgan holda xorijiy o‘quv va ilmiy adabiyotlardan belgilangan tartibda
foydalanadi.






Download 102.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling