O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 0.92 Mb.
|
Toshkent moliya instituti soliqlar va soliqqa tortish kafedras
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-diagramma. “AFSAR SERVIS” XFsining 2011-2013 yillarda hisoblangan yagona soliq to’lovi summasining jami budjetga hisoblangan to’lovlardagi salmog’i (foizda) 16
- III BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH
- SOLIQQA TORTISHNI TAKOMILLASHTIRISH
- Kichik biznes sub’ektlarini soliqqa tortishning xorijiy
HISOB-KITOBI (ming so’mda)15
“AFSAR SERVIS” XFsining hisobot ma’lumotlari 43 Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “AFSAR SERVIS” xususiy firmasi 2011 yilda 4185.3 ming so’m, 2012 yilda 3843.2 ming so’m, 2013 yilda 3755.3 ming so’m yagona soliq to’lovi to’lagan. Quyida keltirilgan diagrammada “AFSAR SERVIS” xususiy firmasining 2011-2013 yillarda to’lagan yagona soliq to’lovi summasining jami budjetga hisoblangan to’lovlardagi salmog’i keltirilgan: 5-diagramma. “AFSAR SERVIS” XFsining 2011-2013 yillarda hisoblangan yagona soliq to’lovi summasining jami budjetga hisoblangan to’lovlardagi salmog’i (foizda)16 Diagramma ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “AFSAR SERVIS” xususiy firmasining 2011-2013 yillarda to’lagan yagona soliq to’lovi summasining jami budjetga hisoblangan va to’langan to’lovlardagi salmog’i yillar davomida kamayib borgan. Jumladan 2011 yilda yagona soliq to’lovining jami to’lovlardagi salmog’i 57.5 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2013 yilda 39.8 foizni tashkil etgan. “AFSAR SERVIS” xususiy firmasining hisobot ma’lumotlaridan olindi. 44 Yagona soliq to’lovining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot topshiriladigan muddatda taqdim etiladi. Yagona soliq to’lovi quyidagicha to’lanadi: mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmay; mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay. 45
Hozirgi vaqtda rivojlangan mamlakatlarning soliqqa tortish tizimi turli siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlar tasiri ostida shakllanmoqda. Mazkur davlatlar soliqqa tortish tizimi soliqlarning turi, ularning tarkibiy tuzilishi, soliqqa tortish usullari, stavkalari, soliqqa tortish bazasi va soliq imtiyozlariga ko’ra davlatlarning turli darajadagi fiskal vakolatlariga qarab bir-biridan tubdan farq qiladi va quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: budjetga tushadigan soliq daromadalarini oshirish yo’llarini izlab topish; soliqqa tortishda adolatlilikning tengligi va samaradorligi; iqtisodiy nazariyada umume’tirof etilgan tamoyillar bazasida soliqqa tortish tizimini tuzish. Jahon iqtisodiyotidagi asosiy tamoyil - korxonalarni subsidiyalashdan ular faoliyatini soliq mexanizmi orqali rag’batlantirishga o’tishdir. Shu munosabat bilan o’tgan asrning 80-90-yillarning boshida ko’pgina rivojlangan davlatlarda o’tkazilgan soliq islohatlari ayniqsa e’tiborga loyiqdir. Aynan o’sha davrda fiskal vazifani chetga chiqarib, soliqqa tortishning rag’batlantiruvchi vazifasi birinchi o’ringa chiqdi. Birinchi navbatda bu narsa kichik korxonalar uchun muhimdir-oqilona soliqqa tortish ularga ish o’rinlari sonini oshirish, tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishni ko’paytirish imkonini beradi. Jahon amaliyotida kichik biznesni rag’batlantirish uchun firmalar tomonidan foydani yangi uskunalar, qurilish, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashga sarflashni rag’batlantiruvchi soliq imtiyozlarini ko’llash keng tarqalgan. Foyda hisobidan soliqqa tortilmaydigan, 46 belgilangan tartibdagi jamg’armalarni shakllantrishga ruxsat berish keng qo’llanadi. Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatalarida bozor munosabatalari rivojlanishi qay darajadaligiga ko’ra, istiqbolda kichik korxonalarni yagona soliqqa tortish borasidagi chet malakatlar tajribasidan foydalanish ehtimoldan holi emas. Iqtisodiy rivojlanganlik jihatdan bizning iqtisodiyotimizga yaqin bo’lgan Rossiya Federetsiyasi soliqqa tortish tizimida kichik korxonalarni yagona soliqqa tortish mexanizmini atroflicha yoritishga harakat qilamiz. Rossiya Federatsiyasida soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi ixtiyoriy ravishda federatsiya xududida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga va kichik korxona hisoblangan yuridik shaxslarga nisbatan joriy qilingan. Shu bilan birga soliq to’lovchi soliq hisobi yuritish uchun daromadlar va xarajatlarni kassa usulini qo’llash va soddalashtirilgan buxgalteriya hisobi yuritish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Rossiya Federatsiyasi soliqqa tortish tizimda kichik korxonalar uchun soddalashtirilgan soliqqa tortish rejimini qo’llash uchun quyidagi mezonlari belgilangan: Daromad hajmi; Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan daromad va mulkiy huquq 9 oy uchun 11,0 mln (2003 yil 1 yanvardan soddalashtirilgan tizimga o’tish uchun) rubldan oshmasligi zarur17. Ishlovchilar soni: Ishlovchilar soni bo’yicha talab xo’jalik yurituvchi subektning iqtisodiy maqomidan va faoliyat turidan katiy nazar ko’pi bilan 15 kishi belgilangan. Mol mulk qiymati: Amortizatsiya qilinayotgan mulkning qiymati 100 mln. rubldan oshmasligi zarur. Bu yerda korxonaning o’z mulki inobatga olinadi. Перов А., Толкушкин А. Налоги и налогообложение. Учебное пособие. –М.: “Юрайт”, 2012. С. 102 47 Quyidagi faoliyat turi bilan shugullanuvchi xo’jalik yurituvchi subektlarga soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi qo’llanilmaydi: bank, sug’urta, davlatdan tashqari pensiya jamg’armalari, o’yin biznesi; aktsiz osti mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va foydali qazilma qazib oluvchi va realizatsiya qiluvchi (keng tarqalgan qazilma boyliklaridan tashqari); xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariuslar. Soliqqa tortish obekti va soliq bazasi daromad va xarajatlar hajmiga kamaytirilgan daromad olinadi. Soliq kodeksiga ko’ra soliq obektini tanlash xuquqi soliq to’lovchiga berilgan. Daromad tarkibiga mahsulot sotishdan tushgan tushum va mahsulot sotishdan tashqari faoliyatdan tushum kiradi. Xarajatlar hajmiga kamaytirilgan daromad tarkibiga yalpi tushumdan asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlar chegirmasi kiradi. Soliq bazasini belgilashda daromad va xarajatlar o’sib boruvchi yakun bilan olinadi. Hisobot topshirish davrlari chorak, yarim yillik, 9 oylik va yillik belgilangan. Soliq stavkalari soliq obektiga bog’liq holda belgilanadi. Yagona soliq obekti daromad bo’lganda 6 foizli stavkada, xarajatlar xajmiga kamaytirilgan daromad soliqqa tortish obekti hisoblanganda 15 foizli stavkada soliqqa tortiladi. Soliqqa tortish amaliyotining ko’rsatishicha soliq to’lovchi tomonidan qilingan xarajat olingan daromaddan yuqori yoki teng bo’lish holatlari yuzaga keladi. Bunday holatlar uchun Rossiya soliq qonunchiligida 1 foizli stavkada minimal soliqqa tortish mexanizmi ishlab chiqilgan18. Masalan, soliq to’lovchi xarajatlar hajmiga kamaytirilgan daromaddan yagona soliq to’lash tartibi bo’yicha soliqqa tortiladi. Mahsulot sotishdan olingan daromad 100000 rublni tashkil etgan, xarajatlar summasi 98000 rublni tashkil etgan. Soliq bazasi 2000 rublga teng. Yagona soliq summasi 300 rublni (2000*15%) tashkil etgan. Minimal soliqqa tortish mexanizmiga ko’ra daromad summasining 100000 ming rublning 1 foizi, ya’ni 1000 ming rubl minimal soliq. Demak, soliq to’lovchi hisobidan minimal soliq summasi 700 (1000-300) rublga 48 ko’p. Bu holatda kichik korxona minimal soliqqa tortish tartibi bo’yicha soliq to’laydi. Soliq to’lovchi har chorak bo’yicha yagona soliqning ikki summasini nazorat qilib borishi shart. Minimal soliq me’yorini qo’llanilishi davlat budjeti va budjetdan tashqari jamg’armalarini tushumlar bilan ta’minlashga qaratilgan siyosat deb tushunish mumkin. Angliyada kichik biznesni soliqqa tortish tartibi o’z xususiyatlariga ega - daromadlar va xarajatlar yozuvi ular qaysi davrga ta’luqligidan qat’iy nazar, faqat haqiqatdagi tushum va to’lovga ko’ra amalga oshiriladi. Ushbu mamlakatda kichik firmalar binolar va uskunalarga berilgan dastlabki 50 ming funt sterling investitsiyalardan soliq to’lashdan ozod qilingan. Kichik korxonalar uchun korporativ soliq stavkasi yirik korxonalarnikidan 25 foiz kamroq19. Kichik firmalarning butun ishlab chiqarish mol-mulki meros solig’idan butunlay ozod qilinadi. Ularga mahalliy mol-mulk solig’i to’laganlarida imtiyozlar beriladi, bu esa ularga likvidlik muammosini qisman hal etishga yordam beradi. Korxonalarni ajratish davrida yana bir muhim omilga ahamiyat beriladi, bu o’z navbatida korxonalarni katta yoki kichikligini (kriteriyasini) belgilab beradi. Ushbu omil o’tgan 12 oy mobaynida, moliya yili davrida, korxona tomonidan olingan umumiy daromad hisoblanadi. 1990 - 1996 yillar davrida korxonalarni katta yoki kichikligini turkumlashda asosiy o’rinni ishlovchilar soni belgilab berar edi, ammo bu kriteriya korxonalarning imkoniyatlarini cheklab qo’ydi va bu kriteriya bekor qilindi. Korxonalarga berilgan imtiyozlardan yana shuni ta’kidlash mumkinki, ular moliya yil tugashidan so’ng daromadlari bo’yicha bir marotaba hisobot taqdim etadilar, 9 oy mobaynida hisoblangan soliq summalarini davlat budjetiga o’tkazib beradilar, ya’ni moliyaviy yil tugagandan so’ng, korporativ soliq turini to’lovchi korxonalar boshqa soliq turiga nisbatan atigi bir soliq turini to’laydilar, soliqqa tortishning stavkasi moliya yili davrida bir marotaba belgilanadi. Скворцов О. Налоги и налогообложение. Практикум. Учебное пособие. –М.: “Академия”, 2010. С. 98 Александров И. Налоговые системы России и зарубежных стран. -М.: “Бератов-Пресс”. 2002. С. 205 49 Yiliga 100 mingdan ortiq kichik korxonalar yuzaga keladigan Frantsiyada ular dastlabki ikki yilda to’liq va faoliyatning keyingi uch yili mobaynida qisman soliqlar to’lashdan ozod qilinadi. Kichik firmalar faoliyati solig’i umuman olganda, yirik firmalarnikidan kamroq, ikki yil mobaynida o’z sarmoyasini chorak qismidan oshirgan kichik korxonalar esa kapital o’sishining 25 foizi miqdorida soliq krediti oladilar, agar ushbu o’sish 0,5 million frankdan oshmasa bunga erishadilar20. Qozog’iston Respublikasida esa kichik biznes subektlarini soddalashtirilgan tartibda soliqqa tortish tizimi mavjud. Hozirgi vaqtda Qozog’iston Respublikasi soliq qonunchiligida kichik biznes subetlariga ixtiyoriy tanlov asosida quyidagi soliqqa tortish rejimini tanlash imkoni berilgan: umumbelgilangan tartib; patent asosida va maxsus soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi asosida. Yuridik shaxs hisoblangan kichik biznes subektlariga soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo’llash uchun yillik o’rtacha ishchilar soni va choraklik daromad miqdori faoliyat turiga qarab mezon qilib belgilangan: eng yuqori chegara 7ta faoliyat turiga, 25 kishi va choraklik daromad miqdori 9 million tangani tashkil etmog’i lozim. Soliq olingan daromadga nisbatan progressiv stavkalarda, yani quyidagi stavkalarda shkala asosida solinadi: 5, 7, 9, 11, 13 foizlarda21. Mazkur stavkada soliqqa tortish bizning jismoniy shaxslarni daromadini soliqqa tortish mexanizmini eslatadi. Soliq majburiyatlari yollangan ishchilarga berilayotgan ish haqlari eng kam ish haqqining 3 barobaridan kam bo’lmagan holda, hisoblangan soliq summasidan 1,5 foizga kamaytirish ko’zda tutilgan. Shunday qilib, Qozog’iston Respublikasi maxsus soliqqa tortish tizimida soddalashtirilgan soliqqa tortish rejimini iqtisodiy asoslangan shakllari qo’llaniladi. Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, aytish mumkinki, xorijiy mamlakatalarada kichik korxonalarni yagona soliqqa tortish, bizning Александров И. Налоговые системы России и зарубежных стран. -М.: “Бератов-Пресс”. 2002. С. 216 Тарасова В. и другие. Налоги и налогообложение. Учебник. –М.: “Кнорус”, 2012. С. 88 50 mamlkatdagi soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi bilan keskin farq qiladi, xususan tizimga o’tish mezonlari, soliqqa tortish obektlari va stavkalarida bu yaqqol ko’rinadi. Bunday xilma-xillik kichik korxonalarni yagona soliqqa tortishni fikrlar xilma xilligi bilan izohlash mumkin. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling