Kerakli reaktivlar: dixloretan (yoki xloroform) etil spirti, natriy metali, 10% nitrat kislota, distillangan suv 5% li kumush nitrat, mis sim 1m xlorid kislota.
Jihozlar: probirka, рipetka, filtr qog‘oz, gaz gorelkasi.
Beylshteyn usuli
Ishning borish tartibi: Tajriba uchun mis sim xalqa shaklida bukiladi va gaz alangasida qizdiriladi. So‘ngra galogen tutgan organik birikmaga botiriladi va yana gaz alangasiga tutiladi. Bunda alanga yashil rangga bo‘yaladi. Mis (II) galogenidlar mis (I) galogenidlargacha qaytariladi, mis (I) galogenidlar bug‘lanib, alangani bo‘yaydi (CuCl2 – yashil, CuBr2 - ko‘k). Ftororganik birikmalar uchuvchan bo‘lmaganligi sababli, bu usul bilan ftorni aniqlab bo‘lmaydi. Ftor ionini alizarinsirkon indikator qog‘ozi orqali bilib olinadi.
Nazorat savollari
Organik moddar asosan qanday elementlardan tashkil topgan, bunga misollar keltiring.
Sifat analizi usulining mohiyatini tushintiring.
Uglerod va vodorodni aniqlashning reaksiya tenglamalarini yozing.
Organik moddalar tarkibidagi azotni aniqlashning reaksiya tenglamalarini yozing va izohlang.
Organik modda tarkibidagi galogenlarni aniqlashning Beylshteyn usulinining mohiyatini tushintiring.
Organik moddalar tarkibidagi galogenlarni aniqlashning boshqa usullarini so‘zlab bering.
Organik birikmalar tarkibidagi galogenlarni nima sababdan analitik usullar bilan topib bo‘lmaydi?
Oktan sintezi, xossalari.
To’yingan uglevodorodlar
To’yingan uglevodorodlar deb uglerod qo’shni uglerod atomlari bilan bog’lanishiga o’zoning faqat bir valentligini sarflab, qolganlari vodorod atomlari bilan bog’langan birikmalarga aytiladi.
To’yingan uglevodorodlarni lbaratoriyada olishda nemis olimi Vyurts kashf etgan usul katta ahamiyatga ega. Bu usul bilan uglevodorodlarni tuzulishi oldindan belgilangan holda hosil qilish mumkin. Bu reaksiya to’yingan uglevodorodlarning galogenli- yodli, bromli ayrim hollarda esa xlorli hosilalari (galoid alkinlar) ga natriy metali ta’sir ettirish orqli amalga oshiriladi.
6 – tajriba. Vyurs usulida alkanlar (n-oktan) olish
Do'stlaringiz bilan baham: |