O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi bo’lim ikkinchi oliy ta’lim soliqlar va sug`urta fakulteti


Naqd pul muomalasining o‘rni va zaruriyati


Download 107.99 Kb.
bet4/4
Sana22.12.2022
Hajmi107.99 Kb.
#1042967
1   2   3   4
Bog'liq
MUSTAQIL ISH JURABOEV J №9

Naqd pul muomalasining o‘rni va zaruriyati

Bugungi kunda jahon hamjamiyati erishgan yuksak texnologik yutuqlaridan foydalanilgan holda pul muomalasida naqd pullar o‘mini bank (yoki boshqa kredit tashkilotlari) hisobvaraqlari bo‘yicha yozuvlar va turli elektron to‘lov hujjatlari egallab borayotganligiga qaramasdan barcha mamlakatlar iqtisodiyoti da naqd pul muomalasi saqlanib qolmoqda.


Naqd pul muomalasining ulushi Buyuk Britaniya, Yaponiya va AQSH kabi yuksak darajada rivojlangan mamlakatlarda umumiy pul aylanmasining 1 - 6 foizini tashkil etgan boisa, iqtisodiyoti o‘tish jarayonidagi va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich nisbatan yuqoriligicha qolmoqda.
Mamlakatlar iqtisodiyotining rivojlanish tarixi shuni ko‘rsatmoqdaki, eng rivojlangan mamlakatlarda ham naqd pul muomalasi hali o‘zining muqim o‘mini egallab turibdi.
Shuning uchun ham naqd pul muomalasini tashkil etish bilan bogliq masalalar hali birorta mamlakatning kun tartibidan olib tashlangani yo‘q. Shu o'rinda, haqli savol tuglladi. Nima uchun, eng rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ham naqd pul muomalasi hanuz saqlanib qolmoqda? Qanday omillar borki, ulaming ta’siri ostida naqd pullar o‘mini eng zamonoviy texnik vositalar ham bosa olmayapdi.
Naqd pul muomalasini saqlanib qolishiga, avvalo, aholi o‘rtasida kichik hajmdagi chakana va uyushmagan savdo hamda naqd pulli xizmatlaming mavjudligi sabab bolmoqda. Bunday savdo va xizmatlar uchun tolovlami texnik vositalar qollash yoli bilan amalga oshirish mumkin emas. Har qanday kichik savdo shohobchasiga, barcha transport vositalariga yoki aholiga madaniy - maishiy xizmat ko‘rsatuvchi hamma kichik korxonalar (firmalar)ga ham qimmatbaho qurilmalar bolmish bankomat va terminallar o‘matish iqtisodiy jihatdan samara beravermaydi. Qolaversa, bugungi kunda eng rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida ham yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati saqlanib qolmoqdaki, ushbu faoliyatni amalga oshirish, albatta, naqd pullardan foydalanishni taqozo etmoqda. Bizning Respublikamizda esa ushbu omilning ta’siri juda kuchli. Chunki, aholining tomorqa xo‘jaliklarida yetishtirilgan mahsulotlami dehqon bozorlarida sotish mutlaqo naqd pul yordamida amalga oshiriladi.
Naqd pul muomalasini saqlanib qolishiga nafaqat ayrim tovarlar va xizmatlami naqd pulsiz tolab berish imkoniyati mavjud emasligi, balki naqd pullaming yuqori likvidlik qobiliyatiga ega ekanligi ham katta ta’sir etadi. Iqtisodiyotdagi barcha aktivlarlaming sifat darajasi ulaming qancha daromad keltirish qobiliyati bilan bir qatorda likvidlik, ya’ni qo‘shimcha xarajatlarsiz pulga aylanish qobiliyati bilan ham baholanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. https://elibrary.namdu.uz/65%20%D0%98%D0%BA%D1%82%D0%B8%D1%81%D0%BE%D0%B4/Omonov%20A.A,%20Qoraliyev%20T.M.%20Pul,%20kredit%20va%20banklar.pdf

  2. https://hozir.org/3-modul-kreditning-umumiy-asoslari-37--mavzu-pulning-paydo-bol.html?page=2

Download 107.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling