O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti mustaqil ish mavzu


Download 307.5 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi307.5 Kb.
#1057597
Bog'liq
Davlat Byudjeti - O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimi va uning asosiy printsiplari




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI




MUSTAQIL ISH


Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimi va uning asosiy printsiplari

Bajardi: BI 55-2 guruhi talabasi To’xtamurodov A
Tekshirdi:___________________________________

Toshkent – 2022
O‘zbekiston Respublikasida byudjet tizimi va uning asosiy printsiplari
1.O’zbekiston Respublikasi byudjet tuzilishi asoslari.
2.Byudjet tizimi.
3.Byudjet tizimi byudjetlari to’g’risida tushuncha

Byudjet qurilishining asosiy tarkibiy qismi byudjet tizimidir. Bir qator adabiyotlarda byudjet tizimi tushunchasiga keng ma‘noda va tor ma‘nodagi yondashuvlardan kelib chiqib, quyidagicha ta‘riflar berilgan: Keng ma‘noda byudjet tizimi – iqtisodiy munosabatlarga asoslangan, davlat tuzilishining shakliga mos ravishda tuzilgan, huquq normalari bilan tartibga solinadigan markaziy va mahalliy byudjetlar yig’indisidan, shuningdek, har bir byudjet bo’g’iniga tegishli bo’lgan soliq va yig’imlar yig’indisidan, markaziy va mahalliy hokimiyatlarning xarajat vakolatlari taqsimoti hamda byudjetlararo transfertlar yig’indisidan iborat. O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining ― Asosiy tushunchalar deb nomlangan 6-moddasida: ―Byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o’rtasida byudjet jarayoni mobaynida Fiskal federalizm – federal hukumat va hududiy hokimiyatlarning moliya sohasidagi vakolatlarining o’zaro taqsimlanishi.




Tor ma‘noda byudjet tizimi mamlakat ma‘muriy-hududiy tuzilishiga mos ravishda shakllangan va yagona tizimni tashkil qiluvchi barcha darajadagi byudjetlar yig’indisidan iborat. O’zbekiston Respublikasining byudjet tizimini shakllantirish, shuningdek, byudjet tizimi byudjetlari o’rtasidagi munosabatlarni tashkil etish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining har moliyaviy yil uchun tasdiqlanadigan ― O’zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida‖gi qarorlari va boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi tuzilishining asosiy tamoyillari quyidagilardan: 1. Byudjet tizimining yagonaligi prinsipi – byudjet hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo’lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutadi. 2. Byudjet tizimining O’zbekiston Respublikasi ma‘muriyhududiy tuzilishiga muvofiqligi prinsipi – byudjet tizimi O’zbekiston Respublikasining ma‘muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo’lishini belgilab beradi. Ushbu prinsipga muvofiq O’zbekiston Respublikasining har bir ma‘muriy-hududiy birligi (Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, shahar, tuman) o’z byudjetiga ega bo’lib, u mamlakatdagi yagona byudjet tizimining tegishli darajadagi bo’g’inini tashkil qiladi. 3. Byudjet tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi prinsipi – byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni 52 O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. 2-bob, 6-modda. 53 O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, I-bo’lim, 2-bob, 7-17-moddalar. 77 qoplash manbalari yig’indisining hajmiga muvofiq bo’lishi kerak. Bu prinsip byudjet tizimi tuzilmasidagi har bir byudjet (respublika byudjeti, mahalliy byudjetlar)ning moliyaviy jihatdan barqaror bo’lishini, shu bilan birga byudjet ijrosida daromad va xarajatlarning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nomutanosibligi byudjetlararo transfertlar mexanizmlari yordamida tekislanishi lozimligini nazarda tutadi, ya‘ni byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda ularning mablag’lari mazkur byudjetlarning balansliligini ta‘minlash uchun turli darajadagi byudjetlar o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. 4. Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish prinsipiga ko’ra byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi. 5. Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipi byudjet tizimi byudjetlarining mablag’lari muayyan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’larini oluvchilarga ushbu mablag’lardan aniq belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi. Tasdiqlangan byudjetda nazarda tutilmagan yoki byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalariga kiritilmagan yoxud byudjet tasnifida ko’zda tutilmagan maqsadlarga xarajat qilinishiga yo’l qo’yilmaydi. 6. Byudjet tizimi byudjetlarining mustaqilligi prinsipi har bir byudjet o’z daromad manbalariga ega ekanligi, xarajat yo’nalishlarini belgilashda mahalliy hukumat organlari ma‘lum xarajat vakolatlariga ega ekanliklari, mahalliy byudjetlarni tasdiqlash, shuningdek, ijrosi yuzasidan hisobotlarni ko’rib chiqish va tasdiqlash vakolatlari mahalliy boshqaruv organlariga berib qo’yilganligi bilan izohlanadi. 7. Byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning natijadorligi prinsipi byudjet jarayoni ishtirokchilari byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda o’zlariga berilgan vakolatlar doirasida o’z byudjetlarining belgilangan 78 hajmdagi mablag’laridan foydalangan holda muayyan natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu prinsip ―natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish‖ talablaridan kelib chiqqan holda Byudjet Kodeksiga kiritilgan bo’lib, byudjet xarajatlarini amalga oshirishda bevosita rejaning bajarilishiga emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash maqsadida xarajatlarning natijaviylikka yo’naltirilganligi bilan izohlanadi. 8. Kassaning yagonaligi prinsipi byudjet tizimi byudjetlarining barcha daromadlari Moliya vazirligi G’aznachiligining Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritilishini va ularning barcha xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshirilishini nazarda tutadi. Ushbu prinsipning amal qilishi davlat byudjeti mablag’larining hajmi va harakati to’g’risida tezkor axborotlarga ega bo’lish, byudjet mablag’larini samarali boshqarish, vaqtinchalik kassaviy uzilishlarning oldini olish, byudjet ijrosining operativ joriy nazoratini amalga oshirish imkonini beradi. 9. Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi byudjet jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining har bir bosqichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishini nazarda tutadi, chunki davlat byudjetining shakllanishida jamiyatning ko’pchilik a‘zolari – yuridik va jismoniy shaxslar bevosita yoki bilvosita ishtirok etadi, keng jamoatchilikning mablag’lari evaziga shakllangan moliyaviy resurslarning maqsadga muvofiq ishlatilishi uchun javobgarlik iqtisodiy, ma‘muriy (ayrim hollarda jinoiy) huquq normalari bilan tartibga solinadi. 10. Ochiqlik prinsipi davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ko’rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini, tasdiqlangan davlat byudjeti to’g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e‘lon qilinishini, byudjet ijrosining borishi to’g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida davriy ravishda chop etib 79 borilishini, shuningdek Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi. Barcha darajadagi byudjetlarni shakllantirish, ko’rib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so’mda amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining yuqorida ta‘riflangan davlat byudjeti tuzilmasi O’zbekiston Respublikasi respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlaridan tashkil topgan. Bu byudjetlar mamlakatimizdagi davlat byudjeti amal qilishining tashkiliy shakli bo’lib xizmat qiladi. Respublika byudjeti byudjet tizimining markaziy bo’g’ini hisoblanadi. Respublika byudjeti Byudjet Kodeksida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantiriladi va ishlatiladi. Respublika byudjeti davlat byudjetining umumdavlat ahamiyatidagi tadbirlarni moliyalashtirishda foydalaniladigan qismi bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barcha daromadlari tarkibida Respublika byudjeti daromadlari o’rtacha 52-58 foizni tashkil qiladi, davlat byudjetidan amalga oshiriladigan xarajatlarning esa 44-46 foizi respublika byudjeti hisobiga to’g’ri keladi Mahalliy byudjetlar darajasida Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat byudjeti, viloyatlar byudjetlari va Toshkent shahar byudjeti e‘tirof etiladi. Ularning tarkibiga o’z navbatida, mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq ravishda quyi (shahar, tuman) byudjetlar kiradi. O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksining 5-bob, 35- moddasiga muvofiq mahalliy byudjetlar tarkibiga kiruvchi byudjetlar tuzilmasiga quyidagi byudjetlar kiradi: 80  Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasiga qarashli bo’lgan tumanlar va shaharlarning byudjetlari kiradi;  viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, viloyatlar tarkibidagi tumanlar va shaharlar byudjetlari kiradi;  Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi. Huquqiy jihatdan mahalliy byudjetlar byudjet yili davomida daromad manbalari va ulardan tushumlar miqdori, aniq maqsadlar uchun mo’ljallangan xarajat yo’nalishlari aks ettiriladigan moliyaviy hujjat hisoblanadi.

Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar pirovardida iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilash, barqaror o’sish sur‘atlarini ta‘minlash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, bu o’z navbatida mamlakat


hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga bevosita bog’liqdir. Dunyoning rivojlangan davlatlarida hududlar taraqqiyoti orqali yuqori ko’rsatkichlarga erishilganligini xorijiy tajribalarni o’rganish jarayonida ko’rishimiz mumkin.
Ma‘lumki, mahalliy byudjetlarning daromadlari va xarajatlari hajmi, mahalliy byudjetlarning barqarorlik ko’rsatkichlari ko’p jihatdan shu hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasiga bevosita bog’liq bo’ladi. Barcha
darajadagi byudjetlarning mustaqilligi byudjet tizimining asosiy tamoyili sifatida belgilangan bo’lib, ushbu tamoyil turli darajadagi vakolatli hokimiyat organlarining o’z vakolatlari doirasida byudjet jarayonini mustaqil ravishda amalga oshirish huquqlarini anglatadi. Har bir darajadagi byudjet daromadlarining o’z manbalari, shuningdek, hududlardagi vakolatli hokimiyat organlarining soliq qonunchiligida belgilangan mahalliy soliqlar va yig’imlar stavkalarini
o’zgartirish huquqi qonun asosida mustahkamlab qo’yilgan.
Daromadlar manbalarining belgilanishi va ular qonun asosida mahalliy byudjetlarga biriktirib qo’yilishi mahalliy hokimiyat organlarining mustaqilligi va byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlashdan manfaatdorligini oshiradi.
Bunda mahalliy byudjetlarga kelib tushadigan mablag’larning tartibga soluvchi manbalari belgilangan bo’lib, ularning jumlasiga belgilangan me‘yorlar bo’yicha umumdavlat soliqlaridan ajratiladigan mablag’lar kiradi. Barcha darajalardagi byudjetlar xarajatlarining yo’nalishlari aniq belgilab qo’yilganligi, shuningdek qo’shimcha daromadlarni taqsimlashda mustaqillikka ega ekanliklari mahalliy hokimiyat organlarining byudjet mablag’larini mintaqaviy rivojlanish dasturlariga muvofiq samarali sarflab borish imkoniyatini beradi.

O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga muvofiq mahalliy byudjetlar daromadlari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:


- belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlaridan ajratmalar;
- mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar;
- yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek, chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
- bozorlardan tushadigan daromadlar;
- boshqa daromadlar.


Xorijiy mamlakatlar byudjet amaliyoti tajribalaridan ma‘lumki, mamlakatlarda ularning geografik joylashuvi, iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanish darajadasining turlicha ekanligi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab chiqarish, daromad va ijtimoiy salohiyatining boshlang’ich imkoniyatlari bir xilda emas. Biroq davlatning eng muhim vazifalaridan biri o’z fuqarolari farovonligining barqaror o’sishini ta‘minlash va barcha mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil sharoitlar yaratishdan iborat. Bunga esa davlatning moliyaviy resurslarini byudjetlararo munosabatlar orqali qayta taqsimlash bilan erishiladi.
Download 307.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling