O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-BOB. O‟ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QISHLOQ XO‟JALIGINI KREDITLASHNING ZAMONAVIY HOLATI TAHLILI
- 3-rasm. O‟zbekistonda qishloq xo‟jaligini kreditlash bosqichlari 12
1-bob bo‟yicha xulosa
Aholinining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‟lgan ehtiyojini qondirish, bozorni sifatli iste‟mol tovarlari bilan to‟ldirish hamda tashqi savdo balansini ijobiy saldoda ushlab turish uchun har bir mamlakat iqtisodiyotida qishloq xo‟jaligining o‟rni beqiyosdir.Shunday ekan,qishloq xo‟jaligi korxonalarini kreditlash alohida ahamiyat kasb etadi.Xulosa qilib aytganda, kredit berilish usullari, ular uchun olinadigan foiz miqdori va uning to`lanishi, kreditdan foydalanish tartibi, muddati kelgan kreditni qaytarish tartiblari, o`z vaqtida qaytarilmagan kredit uchun javobgarlik choralarini qo`llanilishi masalalari fuqarolik kodeksida, bank qonunchiligida va boshqa me`yoriy-huquqiy hujjatlarda hamda kredit shartnomasida belgilab qo`yilgan. Bank krediti berilishi paytida uning qaytarilishini ta`minlash choralari, uning qo`llash tartibi va shakllari hamda oqibatlari ham amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan. 25 2-BOB. O‟ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QISHLOQ XO‟JALIGINI KREDITLASHNING ZAMONAVIY HOLATI TAHLILI 2.1. Qishloq xo‟jaligi korxonalarini kreditlashning tartibi va o‟ziga xos jihatlari O`zbekistonda qishloq xo`jaligi korxonalarini kreditlash bosqichlariga to`xtaladigan bo`lsak bu bosqich 4 –bosqichni o`z ichiga oladi. Bu bosqichlar o`z ichiga: birinchi davr 1991 – 2001 yillarni o`z ichiga oladi, ikkinchi davr 2002-2003 yillarni, uchinchi davr 2004 yildan 2006 yilgacha bo`lgan davrni va to`rtinchi davr esa 2007 yildan to hozirgacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. 3-rasm. O‟zbekistonda qishloq xo‟jaligini kreditlash bosqichlari 12 O`zbekiston Respublikasida qishloq xo`jaligini rivojlantirishga asosiy e`tibor qaratilib ushbu sohada tarkibiy o`zgarishlar olib borilmoqda, 2016-yilda qishloq xo`jaligida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2015 yilga nisbatan 6.6% ga oshgan. Tijorat banklari tamonidan fermer xo'jaliklarini kreditlash masalasini ko'rib chiqishdan oldin, fermer xo'jaligi to'g`risida to'xtalsak. 12 S.Norqobilov, H.Ortiqov,“Kredit mexanizmi va uning elementlari”.”Farg‟ona” nashriyoti, 2012. 196-bet 26 Dehqon va fermer xo'jaliklariga mikrokreditlar O'zbekiston Respublikasining “O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki to'g`risida”, “Banklar va bank faoliyati to'g`risida”, “Bankrotlik to'g`risida”, “Buxgalteriya hisobi to'g`risida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoyalash to'g`risida”, “O'zbekiston Respublikasining mikromoliyalash to'g`risida”gi qonunlari, Markaziy bankning me'yoriy hujjatlari va yo'riqnomalari hamda tijorat banklarining ichki me'yoriy hujjatlariga muvofiq beriladi. Tijorat banklari tomonidan qishloq xo'jaligi korxonalarini kreditlash, mulk shaklidan qat'iy nazar, shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. Kreditlar korxonalarning talab qilib olinguncha asosiy depozit hisob raqami joylashgan bank filialidan beriladi. Zarar ko'rib ishlayotgan, nolikvid balansga ega, bank oldida muddati o'tgan ssuda va foiz qarzlari mavjud korxonalarni kreditlash man etiladi. Bunday korxonalardan avval berilgan kreditlar va ularga hisoblangan foizlarni belgilangan tartibda undirib olish choralari ko'riladi. Kredit resurslarining uzoq muddatga mo'ljallangan keskin moliyaviy o'zgarishlar, xo'jalikning zararlarni qoplash uchun ishlatilishiga yo'l qo'yilmaydi. Kreditlar foydalanish muddatiga ko'ra qisqa va uzoq muddatli bo'lib, kredit shartnomalarida qayd etilgan maqsadlar uchun ishlatish, ta'minlanganlik hamda foiz to'lash, qaytarish shartlari asosida beriladi. Qishloq xo'jaligi korxonalariga berilayotgan kreditlarning muddati ular hisobidan amalga oshiriladigan xarajatlarning qoplanish davriga mutanosib bo'ladi. Qishloq xo'jaligi korxonasining kredit yig`ma jildini shakllantirish va uni tahlil etish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat: a) qarz oluvchining kredit buyurtmasini ko'rib chiqib, u bilan suhbat o'tkazish; b) qarz oluvchining kreditga layoqatliligini, ssuda berish bilan bog`liq tavakkalchilikni, shuningdek, kredit samaradorligini baholash; v) qarz oluvchi tomonidan taqdim etilayotgan kredit ta'minotining likvidliligini, uning bahosini aniqlash; g) kredit bahosini, ya'ni unga belgilanadigan foizni aniqlash; 27 d) kredit yig`ma-jildining xulosasi, kredit shartnomasi yoki rad etish to'g`risidagi yozma javob xatini tayyorlashdan iborat. Salohiyatli qarz oluvchi o'zining moliyaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini tahlil qilib, quyidagi bo'limlardan iborat biznes-reja ishlab chiqishi lozim: a) o'tgan davr (yil, chorak, oy) uchun moliya-xo'jalik faoliyati tahlili; b) ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulot, ish yoki hizmatlar bozoriga tavsif (bozorda bu mhsulot, ish yoki xizmatlar uchun talab va taklif, raqobat darajasi); v) kreditga bo'lgan ehtiyojning hisob-kitobi va kreditlanayotgan tadbir samaradorligi (xarajat va daromadlar tarkibini aks ettiruvchi bo'lim-asosiy bo'lim); g) o'tgan davr va kreditdan foydalanish davri uchun pul mablag`larining kirim-chiqimi; d) kredit va unga hisoblanadigan foizlar bo'yicha to'lovlar hisob-kitobi; e) kredit hisobidan harid qilinishi mo'ljallangan tovar-moddiy boyliklari yoki asosiy vositalar bo'yicha mol etkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar. Qarz oluvchi yuqoridagilardan kelib chiqib, so'rovnoma va kredit buyurtmasini tayyorlaydi. Buyurtmada kredit olish zaruriyati, uning samaradorligi, ta'minlanishi, qaytarilishi va unga foiz to'lash, o'z kapitalining tarkibiy tuzilishi hamda uning kreditlanayotgan tadbirdagi ishtiroki qisqacha sharhlab beriladi. Kredit xodimi bir hafta ichida qarz oluvchining kreditga layoqatliligi, ssuda berish bilan bog`liq tavakkalchilik va kredit samaradorligini baholaydi. Bunda, qarz oluvchining kredit tarixi, undagi rahbar mavqeyi (oldingi kreditlar va ularga hisoblangan foizlarning o'z vaqtida so'ndirilganligi yoki so'ndirilmaganligi, rahbarning soha bo'yicha bilimdonligi, iqtisodiy sohaga oid jinoyatlarga aloqador yoki aloqador emasligi va boshqa shu kabilar) ham hisobga olinishi zarur. 13 Bank xodimi qarz oluvchining reyting bahosi, kredit samaradorligi va ta'minot turini aniqlab chiqib, kredit berish mumkinligi yoki mumkin emasligi 13 U.Azizov, T.Qoraliyev, Sh. bdullayeva, T.Boboqulov, O.Sattarov. D.Saidov. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta mahsus ta`lim vazirligi. “Bank ishi Darslik” T.: << Iqtisod – Moliy a>>, 2016 – 768b. 28 to'g`risida xulosa rasmiylashtiradi. Mazkur xulosa bankning kredit bo'limi boshlig`i tomonidan imzolanib, tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Kredit qo'mitasiga taqdim etiladi. Kredit qo'mitasi esa bank boshqaruvi yoki Markaziy ofis Kredit qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan vakolat hamda bir qarzdorga kredit berishning belgilangan me'yoridan kelib chiqib, uch ish kuni davomida ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi. Kredit xodimi bank va qarz oluvchi o'rtasida kredit shartnomasi tuzilganidan so'ng hisob va hisob-kitob bo'limiga muddati va foiz stavkasini ko'rsatgan holda, ssuda hisob raqami ochish to'g`risida farmoyish beradi. Ssuda berish to'g`risida qaror qabul qilinib, kredit shartnomasi tuzilishi bilan qarz oluvchiga kredit kartochkasi ochiladi. Bu kartochka asosida kredit ustidan nazorat o'rnatiladi. Kredit bo'yicha foiz stavkasi bank va qarz oluvchi o'rtasidagi o'zaro kelishuv asosida, jalb etilgan resurslar qiymati va Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi dinamikasini hisobga olgan holda belgilanadi. Shuni aytib o'tish kerakki, qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga xizmat ko'rsatuvchi tijorat banklari o'zlarining kredit resurslari hisobidan to'lov qobiliyatiga ega bo'lgan xo'jaliklarga yoqilg`i-moylash materiallari, energiya manbaalari, mineral o'g`itlar, qishloq xo'jaligi tehnikasi va boshqa moddiy tehnika resurslarini olish uchun maqsadli kreditlar ajratilishi bilan birga, tijorat asosida samaradorlik bilan ishlaydigan xo'jaliklarga xosilning 50-80 foizi qiymati doirasida ishlab chiqarish me`yorlariga rioya qilgan holda “biznes reja” asosida to'g`ridan-to'g`ri kredit mablag`lari beriladi. Bundan tashqari, qishloqda tadbirkorlikni, qayta ishlash kichik korxonalarni yanada rivojlantirish maqsadida, tijorat banklari tomonidan dehqon-fermer va shirkat xo'jaliklariga texnika, texnologiya, uskunalar va mexanizmlar sotib olish uchun uzoq muddatli kreditlar ajratilishi yo'lga qo'yilgan. Ammo bu xo'jaliklar moliyaviy ahvolining yomonlashuvi natijasida ularning banklardan katta miqdordagi muddati o'tgan qarzlari saqlanib qolmoqda. Qarz oluvchining to'lovga qurbi yetmasligi tufayli qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishdagi ssudalar berish qiyinlashib bormoqda. Qishloq xo'jalik korxonalari iqtisodiy nochorligining mazkur uch tarkibiy qismi qishloq xo'jaligini moliyalashtirish va kreditlash 29 bo'yicha mavjud tizimni yanada takomillashtirishni zarur qilib qo'ymoqda. Qishloq xo'jaligini moliyalash bo'yicha mavjud tizimning qoniqarsiz ahvoli va qishloq xo'jalik korxonalarining to'lovga noqobilligi, kreditga qobiliyatsizligi sabablarini ochib tashlab, uni yaxshilash bo'yicha Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari chiqdi. O'z faoliyatini yuridik shahsni tashkil etmasdan amalga oshiruvchi dehqon xo'jaliklari mikrokredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar: a) so'ralayotgan kredit summasi, foizi, foydalanish muddati, kredit ta'minoti ko'rsatilgan holda kredit buyurtmanomasi; b) olinayotgan kreditdan foydalanish maqsadlari albatta ko'rsatiladigan biznes-reja; v) kredit ta'minoti. Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xo'jaligining rahbari pasportini shaxsan ko'rsatadi, uning ko'chirma nusxasi kredit yig`majildiga tikib qo'yiladi. 14 Mikrokreditlar shartnoma asosida qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz; - Mevali daraxtlar va uzum ko`chatlari sotib olish uchun –bir yillik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha; - Qoramol, qo`y, echki, quyon boqish va yetishtirish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha; - Urug`liklar, minerallar o`g`itlar va o`simliklarni kimyoviy ximoya qilish vositalarini sotib olish, ixcham issiqxonalar tashkil etish hamda parrandachilik va asalarichilikni rivojlantirish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan 2 yilgacha bo`lgan muddatga beriladi. 15 Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko'rsatuvchi dehqon xo'jaliklariga, yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan dehqon xo'jaliklari va fermer xo'jaliklariga mikrokredit umumiy summasining 50 foizini naqd pul bilan 1,5 yil 14 “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi qishloq xo`jalikligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi to`g`risida “gi 2344-2 sonli 15 “Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi qishloq xo`jalikligi mahsulotlarini yetishtirish uchun mikrokreditlar berish tartibi to`g`risida “gi 2344-2 sonli nizom 30 (18 oy) muddatga faqat chorva mollari, parranda, ko'chat, uruqlik va yem xashakni aholidan sotib olish uchun berilishiga ruhsat beriladi. “Qishloq xo'jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g`alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to'g`risida”gi nizom asosida kreditlash davlat ehtiyojlari uchun g`alla va paxta yetishtiruvchi barcha qishloq xo'jaligi korxonalariga tatbiq etiladi. Kreditlar davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom-ashyosi va g`alla qiymatining 60 foizigacha (tayyorlov korxonasi tomonidan bo'nak tariqasida yetkazib berilgan urug`lik qiymatini inobatga olgan holda) miqdorida beriladi. Bunda, kreditlar agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqqan holda quyidagi tartibda ajratiladi: - paxta xom-ashyosi yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil yetishtirilayotgan yilning 1 apreliga qadar paxta xom-ashyosi qiymatining 25 foizigacha, 1 iyulga qadar 50 foizgacha va 1 sentyabrga qadar 60 foizgacha; - g`alla yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil yetishtirilayotgan yilning 1 yanvariga qadar g`alla qiymatining 30 foizgacha, 1 aprelga qadar 50 foizgacha va 1 iyunga qadar 60 foizgacha. - har oy va choraklarda ajratiladigan kredit resurslari miqdori qishloq va suv xo'jaligi vazirligi taklifiga asosan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda o'zgartirilishi mumkin. Kredit miqdori qishloq xo'jaligi korxonasining «O'zpaxtasanoat» uyushmasi va «O'zdonmahsulot» AK korxonalari (bundan keyingi matnlarda - tayyorlov korxonalari) bilan davlat ehtiyojlari uchun yetkazib beriladigan mahsulot uchun tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Kredit miqdorini aniqlash uchunamaldagi o'rtacha xarid narx asos qilib olinadi. 16 Mazkur kreditlar faqat quyidagi maqsadlar uchun berilishi mumkin: - ish haqi va unga tegishli ajratmalarni to'lash uchun; 16 “Qishloq xo`jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarida qilinadigan paxta va g`alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to`g`risda”gi 1675-4sonli nizom 19.02.2015 31 - mineral o'g`it va o'simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalarini xarid qilish uchun; - yoqilg`i-moylash mahsulotlarini xarid qilish uchun; - MTPlar, muqobil MTPlar va qishloq xo'jalik texnikasi mavjud bo'lgan boshqa xo'jalik sub'ektlarining xizmatlari uchun to'lovlarga; - lizingga (moliyaviy ijaraga) berilgan tehnika vositalarining lizing to'lovlariga; - SIUlar (suv iste'molchilari uyushmalari) hizmatlari uchun to'lovlarga; - yagona er soliqi to'lovlariga; - elektr energiya to'lovlariga; - urug`lik uchun to'lovlarga; - qishloq xo'jaligi korxonalarining paxta va g`alla yetishtirish bilan bog`liq bo'lgan boshqa zaruriy ehtiyojlari uchun ham to'lovlar amalga oshirilishi mumkin. Kreditlar tegishli qishloq xo'jalik mahsuloti bo'yicha qishloq xo'jalik korxonalari bilan yakuniy hisob-kitoblar yakunlanguncha, lekin g`alla yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo'yicha 12 oydan va paxta xom-ashyosi yetishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo'yicha 18 oydan ko'p bo'lmagan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi. 17 Oldingi yillarda ajratilgan imtiyozli kreditlar to'liq so'ndirilgandan so'ng joriy yil hosili uchun imtiyozli kreditlar beriladi. Qishloq xo'jaligi korxonalari tayyorlov korxonalari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzganlaridan keyin kredit olish uchun ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqiga hizmat ko'rsatayotgan bankka ariza bilan murojaat etishadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: - tayyorlov tashkilotlari bilan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari nusxalari; - kreditga bo'lgan talabni aniqlash uchun tayyorlangan biznes-reja; 17 Qishloq xo`jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g`alla yetishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to`g`risda”gi 1675-4sonli nizom 19.02.2015 32 - debitor-kreditor qarzlar to'qrisida ma'lumotnoma va moliyaviy natijalar to'g‟risida hisobot. Barcha zarur hujjatlar taqdim etilganidan so'ng, bank qishloq xo'jaligi korxonasining arizasini ko'rib chiqishi va 3 kun muddat ichida u bilan kredit shartnomasi tuzishi lozim. Bank kredit qo'mitasi tomonidan kredit berishni rad etish to'g`risida qaror qabul qilingan hollarda, u raddiyani yozma shaklda izohlab berishi shart. Kredit shartnomasi kuchga kirgandan so'ng, keyingi ish kunidan kechiktirmasdan qishloq xo'jaligi korxonasiga ssuda hisobvaraqi ochiladi. Joriy yil hosili uchun yetkazib berilgan moddiy-texnik resurslar va ko'rsatilgan xizmatlar uchun 2-kartotekaga kirim qilingan va belgilangan tartibda qarz oluvchi tomonidan akseptlangan to'lov talabnomalariga muvofiq to'lovlar amalga oshiriladi. Kredit shartnomasi asosida berilgan kreditlarni qaytarish muddati yetib kelganda, ularni undirib olish uchun, qarzdor - qishloq xo'jaligi korxonasining mablag`i yetarli bo'lmaganda, tijorat banklari sug`urta polisi asosida sug`urta tashkilotlariga sug`urta hodisasi ro'y berganligi to'g`risida murojaat qiladilar. Sug`urta tovoni, tijorat banklari va sug`urta tashkilotlari o'rtasida tuzilgan bosh polis asosida tijorat banklariga 5 kun muddatda to'lab beriladi. Mamlakatimizda amaldagi me'yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq tijorat banklari orqali fermer va dehqon xo'jaliklarini kreditlash quyidagi yo'nalishlarda amalga oshirilmoqda: - fermer xo'jaliklarida davlat ehtiyojlari bo'yicha yetishtirilayotgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini kreditlash; - fermer va dehqon xo'jaliklari faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirishga kreditlar ajratish. Bugungi kunda fermer va dehqon xo'jaliklariga banklarning o'z resurslari hisobidan 2 turdagi, ya'ni, tijorat va imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Faoliyat yuritayotgan fermer va dehqon xo'jaliklarining aksariyat qismi yangi tashkil etilgan va ularda tijorat kreditlari uchun 120 foiz miqdorida garovga qo'yiladigan mol-mulk mavjud emas. Shuningdek, ularning rentabellik darajasi past bo'lib, kreditni foizlarini qoplagan qolda o'z vaqtida qaytarish imkoni yo'q. 33 Qishloq xo'jaligida mahsulot yetishtirishga sarflangan mablag` bir yilda bir marotaba aylanadi va olingan kredit ham bir yilda bir marta qaytadi. Chorvachilik tarmog`iga yo'naltirilgan kreditlar esa ko'p hollarda 2-3 yilda bir marta aylanadi. Bu holat bir tomondan fermer va dehqon xo'jaliklarini banklarining tijorat kreditlariga bo'lgan talabini kamaytirsa, ikkinchi tomondan ushbu kreditlardan foydalangan xo'jaliklarni moliyaviy barqarorligiga salbiy ta'sir etmoqda. Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish huquqini garovga qo'yish to'g`risidagi shartnomada fermerning ijara huquqi bahosi ko'rsatiladi. Ijara huquqining bahosi O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki boshqaruvining 2004 yil 13 martidagi 6/17 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymatini baholash tartibi to'g`risida Nizom”ga muvofiq aniqlanadi. Ushbu tartibda ham kreditni rasmiylashtirish jarayonini murakkabligi ya'ni, fermerlarni yer uchastkasiga bo'lgan ijara huquqining qiymati aniqlashning mexanizmi mukammal emasligi kabi muammolar mavjud. Shuningdek fermerga yer maydonini 50 yilga ijaraga berilgan bo'lishiga qaramasdan ijara huquqini garovga qo'ygan holda faoliyat maqsadiga qarab 1-5 yilga kredit beriladi. Fermerning ijara huquqini garovga qo'ygan holda asosiy vositalarini tiklash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun uzoq muddatli kredit berish ko'zda tutilmagan 18 . So'rov natijalariga ko'ra, tijorat banklaridan kredit olishdagi asosiy muammolar quyidagilardan iborat: Byudjetdan tashqari jamg`armalar kredit liniyalaridan olingan dastlabki (boshlang`ich) sarmoya fermer va dehqon xo'jaliklarining faoliyatini boshlash uchun aylanma mablag`larni shakllantirishga, investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashini ishlab chiqishga, asbob- uskunalar sotib olishga yo'naltirilishi mumkin. Ammo, fermer va dehqon xo'jaliklarida ishlab chiqarishga sarflangan moliyaviy mablag`lar qaytimi (daromad olishi) yil yakuni bilan bog`liq. Chorvachilik bilan shug`ullanayotgan tadbirkorlar esa 2-3 yildan keyingina 18 “Yer uchastkasini ijaraga olish huquqi qiymatini baholash tartibi to'g`risida Nizom” 2004.03.18 .16/7 sonli 34 daromad olib, sarflangan xarajatlarni, shu jumladan bank kreditlarini yoki kredit foizlarini qaytarish imkoniyatiga ega. Qishloq xo'jaligi korxonalarini banklar tomonidan kreditlash hajmini oshirish maqsadida tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash tadbirlarini ishlab chiqish lozim. Buning uchun qishloq xo'jaligini kreditlash bilan shug`ullanayotgan tijorat banklarining muddatli va jamg`arma depozitlarini majburiy zaxira ajratmasidan ozod qilish yoki ularga nisbatan imtiyozli zaxira stavkalarini joriy qilish lozim. Yana bir muammo shundaki, jaxon bozorini o'zlashtirish ko'p jihatdan qishloq xo'jaligi mahsulotining ko'rinishi bilan bog`liq. Bunda mahsulotlarni navlarga ajratish, o'rash, qadoqlash va uning ayniqsa tez buziladigan turlarini iste'molchilarga o'z vaqtida yetkazib berilishi ko'zda tutiladi. Oziq-ovqat mahsulotini qayta ishlashga xorijiy sarmoyalarni keng jalb etish, qo'shma korxonalar tashkil etish, ular orqali jaxon bozoriga chiqish zarur. Jamg'arma kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olgan paxta xom ashyosi yetishtiradigan fermer xo'jaliklariga ushbu kredit kontraktatsiya shartnomasi summasining 20 foizgacha miqdorida, ushbu kredit liniyalari hisobidan imtiyozli kredit olmagan fermer xo'jaliklariga beriladigan kredit miqdori kontraktatsiya shartnomasi summasining 70 foizigacha miqdorda beriladi. 19 Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling