9
Tadqiqot obyekti. Bitiruv malakaviy ishning obyekti bo`lib qishloq
xo`jaligini sohasi hamda ularni kreditlashni amalga oshiradigan
mamlakat tijorat
banklari hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari. O`zbekistonda tijorat
banklari tomonidan qishloq xo`jaligini kreditlash amaliyotini
takomillashtirish va
bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirishning nazariy
jihatlarini yoritish hamda bu borada taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
- O`zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo`jaligining tutgan o`rnini o`rganish;
- Agrar sohani isloh qilishda qishloq xo`jaligi
korxonalari bilan tijorat
banklari o`rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish;
- Tijorat banklari tomonidan qishloq xo`jaligi sohasini kreditlashning
nazariy hamda huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish
borasida taklif va
tavsiyalar ishlab chiqish;
- Mamlakatni modernizatsiyalash va iqtisodiyotni
diversifikatsiyalash
sharoitida Respublikamiz qishloq xo`jaligi faoliyati faolligini oshirish va bu bilan
bog`liq masalalarning mazmunini yoritish;
Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishning asosiy
natijalari qishloq xo`jaligini isloh qilishda va uni
yana rivojlantirishda bank
tizimining o`rni va ahamiyatini yanada oshirish hamda aynan qishloq xo`jaligida
faoliyat yuritayotgan moliya-kredit institutlari bilan bog`liq bo`lgan lekin hali
to`liq ishlamayotgan imkoniyatlarini takomllashtirishga qaratilgan.
Ushbu
maqsadlarni amalga oshirishda asosan banklar tomonidan qishloq xo`jaligiga
ko`rsatilayotgan xizmatlar turlari va sifatini hamda banklarning investitsion
faolligini oshirish masalalarini hal etishga asos bo`ladigan
tavsiyanomalar ishlab
chiqishga qo`l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: