O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha mazmuni


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/28
Sana29.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1072029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni

Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha mazmuni. Ish kirish 
qismidan, mavzuni yoritib beradigan 3 ta bob va paragraflardan iborat asosiy qism, 
xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat hamda jami 
76 betni tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi “Qishloq xo‟jalgini 


10 
banklar tomonidan kreditlashning nazariy-huquqiy asoslari” deb nomlanadi. Ushbu 
bobda qishloq xo`jaligining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o`rni, ularni moliyaviy 
ta`minlashda banklarning rolini hamda kreditlashning iqtisodiy-huquqiy asoslari 
yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobi “O‟zbekiston tijorat banklari 
tomonidan qishloq xo‟jaligini kreditlashning zamonaviy holati” deb nomlangan. 
Ikkinchi bobda asosan qishloq xo`jaligini kreditlash tartibi, turlari hamda tahlili 
yoritilgan. Uchinchi bob “O‟zbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq 
xo‟jaligini kreditlashni rivojlantirish yo‟llari” deb nomlangan. Ushbu bobda 
qishloq xo`jaligidagi mavjud muammolar, uni kreditlashda banklarda yuzaga 
kelayotgan 
muammolar, 
kamchiliklar 
hamda 
moliyalashtirishning 
yangi 
mexanizmi taklif sifatida kiritilgan. Mavzu materiallarini yoritishda 4 ta jadval va 
16 ta rasmdan foydalanilgan. Bitruv malakaviy ishida mavzuga oid mavjud 
muammolar hamda ushbu muammolarni bartaraf etish yo‟llari aks etgan. 


11 
1-BOB. QISHLOQ XO‟JALIGINI BANKLAR TOMONIDAN 
KREDITLASHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI
1.1.
 
O`zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo`jaligining tutgan o`rni 
O‟zbekiston Markaziy Osiyoning qulay hududidajoylashgan. Uning 
hududida azaldan insoniyat uchun nihoyatda kerakli turli xildagi qishloq xo‟jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Chunki bu hududda tabiiy-iqlim sharoitlar 
yetarlidir. Jumladan, respublikada yillik samarali harorat 26-30° ni tashkil etib, 
quyoshli soat 3600° dan ortiq bo„lib, bir yilda bir necha marta hosil olish imkonini 
beradi. O „zbekistonning jami yer maydoni 44,4 mln. gektar bo„lib, shundan 48,3 
foizini turli xildagi qishloq xo„jaligi korxonalari, tashkilotlari hamda dehqon 
xo'jaliklari foydalanadi: ulaming yig'indisi mamlakat qishloq xo„jaligini tashkil 
etadi. Uning asosiy maqsadi tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan 
mamlakat aholisining iste'mol tovarlariga, qayta ishlash sanoatining esa xom-
ashyoga talablarini qondirishdir. 
Maqsadni hal etish uchun: 
- aholi birdaniga, ya'ni qayta ishlanmasdan iste'mol qiladigan sifatli qishloq 
xo'jaligi mahsulotlarini barcha talablami qondiradigan darajada ishlab chiqarish; 
- qayta ishlash sanoati korxonalarining qishloq xo'jaligi mahsulotlari, ya'ni 
xomashyoga talabini qondirishi lozim. 
O`zbekiston 
qishloq 
xo`jaligida 
amalga 
oshirilayotgan 
iqtisodiy 
islohotlardan asosiy maqsad sohada mulkdorlar sinfini shalllantirish orqali raqobat 
muhitini yuzaga keltirishdir. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bugungi 
kunga kelib qishloq xo`jaligi mahsulotlarining 99 % i nodavlat sektori hisobiga 
to`g`ri kelmoqda. 
Qishloq xo'jaligi dunyoning ko'pchilik mamlakatlarida shu jumladan 
Mustaqil 
Davlatlar 
Hamdo'stligiga 
a'zo 
bo'lgan 
mamlakatlarda 
milliy 
iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo'lganligi, qishloq xo'jalik ishlab 
chiqarishning o'ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi, qishloq xo'jaligini davlat 
tomonidan tartibga solish zaruriyatining mavjud ekanligi, qishloq xo'jalik ishlab 


12 
chiqaruvchilarini moliyalashtirish masalasini ilmiy izlanish obyekti sifatida qator 
olimlar tomonidan tadqiq qilinishiga sabab bo'ldi. 
Ayni vaqtda qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarini kreditlash amaliyoti 
mamlakatlar kesimida bir-biridan tubdan farqlanadi. Masalan, Yevropa Ittifoqi 
mamlaktlarida qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari Yevropa Ittifoqi byudjeti va 
maxsus tashkil etilgan fondlar mablag‟lari hisobidan faol tarzda subsidiyalanadi. 
Bizga ma'lumki har qanday davlatning iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloq 
xo'jaligi asosiy o'rin tutadi. Qishloq xo'jaligida mamlakat, insonlar hayot manbai 
hisoblangan oziq-ovqat mahsulotlari hamda sanoat uchun kerakli va zarur xom-
ashyolar ishlab chiqariladi. 
O'z navbatida ushbu tarmoqda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarda band 
bo'lmagan mehnat resurslarini bandlik bilan ta'minlash hamda ishlab chiqarish 
tarmoqlarini harakatlantirish imkoniyatiga ega bo'lgan tarmoqdir. Iqtisodiyotning 
ushbu tarmogini rivojlantirish boshqa sohalarga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Birgina 
paxta tolasini yetishtirish bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turishimiz hamda uni 
eksport qilish bo'yicha to'rtinchi o'rinda turishimiz bunga yaqqol misol bo'la oladi. 
Paxta tolalarini eksport qilishimiz jaxon bozorida o'z o'rnimizni egallashda hamda 
mamlakatga xorijiy valyuta kirib kelishida muhim omil hisoblanadi. O'z navbatida 
qishloq xo'jaligini rivojlantirishda yangi-yangi iste'mol tovarlarini qayta ishlovchi 
korxonalarini tashkil qilishda moliyaviy manbaalar zarur hisoblanadi. 
Bunday paytda bank kreditlari hamda investitsiyalari asosiy o'rinni 
egallaydi. Banklar iqtisodiyotning qon tomirlari hisoblanadi. Bank kreditlari 
yordamida qishloq xo'jaligini rivojlantirish,unda aholi uchun yangi ish o'rinlarini 
yaratish yangi iste'mol tovarlarini yetishtirishimiz mumkin
3
.Shu sababdan 
respublikadagi tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta‟minlash,rivojlangan 
mamlakatlarning bank tizimidagi eng samarali mexanizmlarni qo‟llash.,oliy o‟quv 
yurtlarida tayyorlanayotgan sohaning kadrlariga alohida e‟tibor qaratish zarur deb 
hisoblaymiz. 
3
www.uzreport.uz “2016-yilda O„zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining 
asosiy ko„rsatkichlari”. 


13 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling