O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha mazmuni
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-BOB. QISHLOQ XO‟JALIGINI BANKLAR TOMONIDAN KREDITLASHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI 1.1.
Bitiruv malakaviy ishi tarkibining qisqacha mazmuni. Ish kirish
qismidan, mavzuni yoritib beradigan 3 ta bob va paragraflardan iborat asosiy qism, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat hamda jami 76 betni tashkil etadi. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi “Qishloq xo‟jalgini 10 banklar tomonidan kreditlashning nazariy-huquqiy asoslari” deb nomlanadi. Ushbu bobda qishloq xo`jaligining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o`rni, ularni moliyaviy ta`minlashda banklarning rolini hamda kreditlashning iqtisodiy-huquqiy asoslari yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobi “O‟zbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xo‟jaligini kreditlashning zamonaviy holati” deb nomlangan. Ikkinchi bobda asosan qishloq xo`jaligini kreditlash tartibi, turlari hamda tahlili yoritilgan. Uchinchi bob “O‟zbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xo‟jaligini kreditlashni rivojlantirish yo‟llari” deb nomlangan. Ushbu bobda qishloq xo`jaligidagi mavjud muammolar, uni kreditlashda banklarda yuzaga kelayotgan muammolar, kamchiliklar hamda moliyalashtirishning yangi mexanizmi taklif sifatida kiritilgan. Mavzu materiallarini yoritishda 4 ta jadval va 16 ta rasmdan foydalanilgan. Bitruv malakaviy ishida mavzuga oid mavjud muammolar hamda ushbu muammolarni bartaraf etish yo‟llari aks etgan. 11 1-BOB. QISHLOQ XO‟JALIGINI BANKLAR TOMONIDAN KREDITLASHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI 1.1. O`zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo`jaligining tutgan o`rni O‟zbekiston Markaziy Osiyoning qulay hududidajoylashgan. Uning hududida azaldan insoniyat uchun nihoyatda kerakli turli xildagi qishloq xo‟jaligi mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Chunki bu hududda tabiiy-iqlim sharoitlar yetarlidir. Jumladan, respublikada yillik samarali harorat 26-30° ni tashkil etib, quyoshli soat 3600° dan ortiq bo„lib, bir yilda bir necha marta hosil olish imkonini beradi. O „zbekistonning jami yer maydoni 44,4 mln. gektar bo„lib, shundan 48,3 foizini turli xildagi qishloq xo„jaligi korxonalari, tashkilotlari hamda dehqon xo'jaliklari foydalanadi: ulaming yig'indisi mamlakat qishloq xo„jaligini tashkil etadi. Uning asosiy maqsadi tarmoqda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan mamlakat aholisining iste'mol tovarlariga, qayta ishlash sanoatining esa xom- ashyoga talablarini qondirishdir. Maqsadni hal etish uchun: - aholi birdaniga, ya'ni qayta ishlanmasdan iste'mol qiladigan sifatli qishloq xo'jaligi mahsulotlarini barcha talablami qondiradigan darajada ishlab chiqarish; - qayta ishlash sanoati korxonalarining qishloq xo'jaligi mahsulotlari, ya'ni xomashyoga talabini qondirishi lozim. O`zbekiston qishloq xo`jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlardan asosiy maqsad sohada mulkdorlar sinfini shalllantirish orqali raqobat muhitini yuzaga keltirishdir. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bugungi kunga kelib qishloq xo`jaligi mahsulotlarining 99 % i nodavlat sektori hisobiga to`g`ri kelmoqda. Qishloq xo'jaligi dunyoning ko'pchilik mamlakatlarida shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo bo'lgan mamlakatlarda milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo'lganligi, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishning o'ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi, qishloq xo'jaligini davlat tomonidan tartibga solish zaruriyatining mavjud ekanligi, qishloq xo'jalik ishlab 12 chiqaruvchilarini moliyalashtirish masalasini ilmiy izlanish obyekti sifatida qator olimlar tomonidan tadqiq qilinishiga sabab bo'ldi. Ayni vaqtda qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarini kreditlash amaliyoti mamlakatlar kesimida bir-biridan tubdan farqlanadi. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlaktlarida qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari Yevropa Ittifoqi byudjeti va maxsus tashkil etilgan fondlar mablag‟lari hisobidan faol tarzda subsidiyalanadi. Bizga ma'lumki har qanday davlatning iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloq xo'jaligi asosiy o'rin tutadi. Qishloq xo'jaligida mamlakat, insonlar hayot manbai hisoblangan oziq-ovqat mahsulotlari hamda sanoat uchun kerakli va zarur xom- ashyolar ishlab chiqariladi. O'z navbatida ushbu tarmoqda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarda band bo'lmagan mehnat resurslarini bandlik bilan ta'minlash hamda ishlab chiqarish tarmoqlarini harakatlantirish imkoniyatiga ega bo'lgan tarmoqdir. Iqtisodiyotning ushbu tarmogini rivojlantirish boshqa sohalarga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Birgina paxta tolasini yetishtirish bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turishimiz hamda uni eksport qilish bo'yicha to'rtinchi o'rinda turishimiz bunga yaqqol misol bo'la oladi. Paxta tolalarini eksport qilishimiz jaxon bozorida o'z o'rnimizni egallashda hamda mamlakatga xorijiy valyuta kirib kelishida muhim omil hisoblanadi. O'z navbatida qishloq xo'jaligini rivojlantirishda yangi-yangi iste'mol tovarlarini qayta ishlovchi korxonalarini tashkil qilishda moliyaviy manbaalar zarur hisoblanadi. Bunday paytda bank kreditlari hamda investitsiyalari asosiy o'rinni egallaydi. Banklar iqtisodiyotning qon tomirlari hisoblanadi. Bank kreditlari yordamida qishloq xo'jaligini rivojlantirish,unda aholi uchun yangi ish o'rinlarini yaratish yangi iste'mol tovarlarini yetishtirishimiz mumkin 3 .Shu sababdan respublikadagi tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta‟minlash,rivojlangan mamlakatlarning bank tizimidagi eng samarali mexanizmlarni qo‟llash.,oliy o‟quv yurtlarida tayyorlanayotgan sohaning kadrlariga alohida e‟tibor qaratish zarur deb hisoblaymiz. 3 www.uzreport.uz “2016-yilda O„zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko„rsatkichlari”. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling