O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


-rasm. 1991-2016 yillarda O‟zbekistonda g‟alla hosildorligi o‟sishi


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/28
Sana29.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1072029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28
Bog'liq
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni

2-rasm. 1991-2016 yillarda O‟zbekistonda g‟alla hosildorligi o‟sishi 
dinamikasi (sentner)
6
 
Yuqoridagi rasm ma‟lumotlarini tahlil qiladigan bo‟lsak, 2016-yilda g‟alla 
hosildorligi 55 tsentnerni tashkil etgan bo‟lib, 1991-yilgi hosildorlikka nisbatan 
32,8 tsentnerga oshganligini ko‟rishimiz mumkin.
Baliqchilik. Bu tarmoq bo‟yicha 70 ta yangi loyiha tashkil etilishi natijasida 
123 gektar tabiiy va 43 gektar sun‟iy ko‟llarda baliqchilik xo‟jaliklari faoliyati 
yo‟lga qo‟yildi.10 mln. 812 ming baliq chavoqlari yetishtirildi va 500 ming 
donadan ortiq baliq chavoqlari tashlandi.Ushbu loyihalar natijasida 123 ta yangi 
ish o‟rni yaratildi.Joriy yilning yakuni bilan mamlakatimizda o‟tgan yilning shu 
davriga nisbatan go‟sht ishlab chiqarish 106 ,sut ishlab chiqarish 106,4,tuxum 
ishlab chiqarish 107 foiz o‟sishi ta‟minlandi
7

1.2. Banklar tomonidan qishloq xo`jaligini kreditlashning nazariy, 
huquqiy asoslari 
Agrar sohadagi islohotlarni amalga oshirishda ishlatiladigan moliyaviy 
manbalar nafaqat respublikamizda balki dunyoning ko`pchilik mamlakatlarida 
dolzarb muammolardan biri bo`lib qolmoqda. Respublikamizdagi mavjud va xorij 
tajribasi asosida qishloq xo`jaligini moliyalashtirishning quyidagi manbalari 
mavjudligini e`tirof etish mumkin:
6
O‟zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‟jaligi vazirligi rasmiy veb sayti,www.agro.uz 
7
O‟zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‟jaligi vazirligi rasmiy veb sayti,www.agro.uz 


16 
1. Qishloq xo`jaligi korxonalarining o`z mablag`lari 
2. Tijorat banklarining kreditlari 
3. Davlat budjetidan beriladigan subsidiyalar 
4. Xalqaro moliya-kredit tashkilotlarining qimmatli qog`ozlarini
sotishdan olingan mablag`lar 
5. Qishloq xo`jalik korxonalarining qimmatli qog`ozlarini sotishdan
olingan mablag`lar. 
Qishloq xo`jalik tuzilmalarining ishlab chiqarish jarayonida quyidagi
xarajatlar uchun mablag`lar zarur bo`ladi: 
1. Yerdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida irrigatsiya va
melioratsiya holatini yaxshilash xarajatlari
2. Ekin maydonlariga texnik ishlov berish uchun (haydash, kultivatsiya va 
boshqa) xarajatlar 
3. Ekin ekish uchun urug`lik yoki ko`chat olish xarajatlari 
4. Xo`jalik faoliyati uchun zarur bo`lgan asosiy vositalarni (bino, inshoot,
texnika va qurilmalar) saqlash xarajatlari
5. Mineral o`g`it uchun xarajatlar 
6. Xo`jalik ishchi va xodimlarining ish haqi xarajatlari 
Bu sanab o`tilgan xarajatlari moliyaviy mablag`lar hisobiga amalga 
oshirilishi mumkin. 
Umumiy ko`rinishda qishloq xo`jalik korxonalari uchun zarur mablag`lar 
manbalarini 2 turkumga bo`lib o`rganish mumkin: 
1.Xo`jaliklarning o`z mablag`lari 
2.Jalb qilingan mablag`lar 
Korxonaning o`z mablag`lari quyidagi manbalar hisobiga shakllanadi: 
- Qishloq xo`jaligi korxonasining asosiy mahsulotlarini sotishdan olingan 
daromadlar 
- Qishloq xo`jaligi korxonasining asosiy bo`lmagan faoliyati natijasida 
olingan foyda (moliyaviy operatsiyalar, asosiy vositalarni sotishdan tushgan 
tushumlar, malakaviy-tadqiqod ishlarini bajarishdan olingan foyda va boshqalar)


17 
- Ta`sischilar va aksionerlarning mablag`lari
- Foyda hisobidan shakllantirilgan har xil kapital va fondlar(qo`shimcha va 
zaxira kapitali, jamg`arma va ijtimoiy soha fondlari) 
- Amortizatisya ajratmalari (asosiy vositalarni eskirish summasi) 
- Kutilmagan daromadlar (asosiy vositalarni qayta baholash natijasida 
olingan daromad, zararni qoplash uchun sug`urta to`lovlari)
- Yuqori tashkilotlardan berilgan moliyaviy mablag`lar
- Budjet ajratmalari va davlat grantlari (dotatsiya, subvensiya, subsidiyalar)
Qishloq xo`jaligi tuzilmalarining moliyaviy ahvolini o`rganib chiqish shuni 
ko`rsatadiki, ularning o`z mablag`lari doimiy ravishda yetishmaydi. Buning asosiy 
sabablaridan biri qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish jarayoning uzoqligi (yerni 
ekish uchun tayyorlashdan to mahsulotni yig`ib olgungacha bo`lgan vaqt); 
ikkinchidan, iqtisodiyotning o`tish davrida qishloq xo`jalik korxonalari aosiy 
qismining zarar bilan ishlayotganligidir.
Hozirgi davrda qishloq xo`jaligi korxonlari faoliyatini moliyalashtirish 
uchun jalb qilingan mablag`larni quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
1. Bank mablag`lari
2. Har xil budjetdan tashqari fondlar mablag`lari (masalan, bandlik 
jamg`armasi)
3. Fond bozori mablag`lari
Qishloq xo`jaligi korxonalari jalb qilishi mumkin bo`lgan asosiy manba 
bank mablag`lari hisoblanadi. Ular banklardan uzoq va qisqa muddatli kreditlash, 
shu jumladan, lizing va faktoring operatsiyalari orqali mablag`larni jalb qila oladi.
Buni bajarish uchun bank tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, 
bank faoliyatini umumiqtisodiyot kompleksiga kiruvchi vazirliklar va idoralar 
faoliyati bilan keng ko`lamda muvofiqlashtirishni talab etmoqda.Bunga erishish 
maqsadida Markaziy Bank, Moliya Vazirligi va tijorat banklari bilan birgalikda 
banklarning kapital bazasini mustahkamlash, qishloq joylarda xususiy banklar va 
minibanklar sonini ko`paytirish chora-tadbirlari ko`rildi.
Hozirgi kunda kichik va xususiy biznes subyektlarini, dehqon hamda fermer 


18 
xo`jaliklarini 
moliyalashtirishda 
tijorat 
banklarining 
tajribasi 
asta-sekin 
takomillashdi va takomillashib bormoqda.
Davr talabi esa ilgari qabul qilingan me`yoriy xujjatlarni bugungi kun 
talabiga moslashtirish, yangilash hamda kreditlashning yangi mexanizmlarini 
tadbiq etish orqali hozirgi mavjud resurslarni yo`naltirishdan iborat.
O`zbekiston qishloq xo`jaligida ishlab chiqarish asosan fermer xo`jaliklar, 
dehqon xo`jaliklari hamda boshqa qishloq xo`jalik korxonlalari shakllarida tashkil 
etilgan.
Qishloq xo`jaligida tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkiy munosabatlarni 
rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa, bozor 
iqtisodiyoti erkin xususiy mulksiz rivojlanishi mumkin emasligiga e`tibor 
kuchaytirildi.
Yuqorida ta`kidlab o`tganimizdek, iqtisodiyotning qishloq xo`jaligi 
tarmog`ida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmida kichik tadbirkorlik subyektlari 
98-99% ulushni egallaydi, bu shundan dalolat beradiki davlatimiz qishloq xo`jaligi 
sohasida ishlab chiqarilgan deyarli barcha mahsulotlar aynan kichik biznes 
subyektlari faoliyati natijasidir.
O`zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikning rag`batlantirilishi mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining hal qiluvchi strategik omillaridan biri 
hisoblanadi. Xukumatimiz tomonidan chiqarilgan bir qator qarorlar natijasida 
boshlangan kichik biznes va tadbirkorlikni tashkil etish va uni rag`batalantirish 
jarayoni keyingi yillarda iqtisodiyotimizda muhim o`zgarishlarga olib keldi. 
O`zbekistonda kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, mikrofirmalar, kichik 
korxonalardan tashkil topgan.
Xususiy tadbirkorlik - kichik biznesning eng ko`p sonli qismidir. Respublika 
qonunchiligiga muvofiq, yuridik shaxs maqomidan xoli va ishchilarni yollash 
xuquqisiz mustaqil mehnat faoliyati bilan shug‟ullanayotgan jismoniy shaxslar, 
shuningdek, hamkorlikda tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan oilaviy 
tadbirkorlik, dexqon xo‟jaliklari va oddiy shirkat ishtirokchilari xususiy tadbirkor 
deb yuritiladi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 39-moddasiga 


19 
muvofiq: “O`z mulkida, xo`jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida 
mol- mullka ega bo`lgan hamda o`z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk 
bilan javob beradigan, o`z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega 
bo`la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara 
oladigan,sudda da`vogar va javobgar bo`la oladigan tashkilot yuridik shaxs 
hisoblanadi” 
8
. Yuridik shaxslarning foyda olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi 
qilib olgan turlari tadbirkorlik subyektlari hisoblanadi.
Kichik biznes va tadbirkorlik aholi orasida ish yuritish va tadbirkorlik 
ko`nikmalarini rivojlantirish, uning bozor munosatlariga moslashganlik darajasini 
oshirishda potensial samarali vositadir. Fuqarolarga nafaqat o`z ishchi kuchi, balki 
o`z mulki, jumladan, ishlab chiqarishga mo`ljallangan mulk egasi bo`lishga imkon 
yaratib, u o„rta sinf - jamiyatning progressiv taraqqiyotini ta‟minlashga qodir, 
demokratiya va ijtimoiy barqarorlikda manfaatdor ijtimoiy qatlamning shakllanishi 
uchun asos yaratadi.
Amaldagi qonun hujjatlariga binoan kichik biznes subyektlari bo„lib 
quyidagilar hisoblanadi:
Mikrofirmalar – ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo„lgan xodimlarining 
yillik o„rtacha soni 20 kishidan, xizmat ko„rsatish sohasi va boshqa ishlab 
chiqarishga aloqador bo„lmagan tarmoqlarda10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va 
umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar.
Kichik korxona – yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va 
asbobsozlik, yog„ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari 
sanoatida band bo„lgan xodimlarining yillik o„rtacha soni 100 kishidan, 
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg„i-energetika va kimyo sanoati, qishloq 
xo„jaligi mahsulotlari yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat 
ishlab chiqarish sohalarida 50 kishidan, fan, ilmiy xizmat ko„rsatish, transport, 
aloqa, xizmat ko„rsatish sohasi (sug„urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va 
umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‟lmagan 
sohalarda 25 kishidan oshmagan korxonalar. 
8
O`zbekiston Respublikasi Fuqarlik Kodeksi – Toshkent, O`zbekiston, 2002-yil, 34-bet 22 


20 
Dehqon xo„jaligi – oilaviy mayda tovar xo`jaligi bo`lib, oila a‟zolarining 
shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun 
oila boshlig„iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo„jaligi mahsuloti 
yetishtiradi va realizatsiya qiladi. Dehqon xo`jaligidagi faoliyat tadbirkorlik 
faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo`jaligi a`zolarining istagiga ko`ra 
yuridik shaxs tsahkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga 
oshirilishi mumkin. Dehqon xo`jaligi o`z faoliyatida yollanma mehnatga doimiy 
asosda foydalanishi mumkin emas
9
.
Fermer xo„jaligi – ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda 
qishloq xo„jaligi tovari ishlab chiqarishi bilan shug„ullanuvchi mustaqil xo„jalik 
yurituvchi subyekt
10
. Fermer xo`jaligining boshlig`i shu xo`jalikning muassisi – 
fermerdir. O`n sakkiz yoshga to`lgan, qishloq xo`jaligida tegishli malaka yoki 
tajribasiga ega bo`lgan shaxs fermer bo`lishi mumkin.
Boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarda fermer xo`jaligi 
nomidan ana shu xo`jalik boshlig`i ish ko`radi. Fermer xo`jaligini tashkil etishda 
muayyan shartlar bajarilishi talab etiladi. Fermer xo`jaligini tashkil etish shartlari: 
Fermer xo`jaligi aksariyat hollarda ortiqcha mehnat resurslari bo`lmagan yerlarda 
va hududlarda tashkil etiladi.
Chorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo`jaligi 
kamida 30 shartli bosh chorva moli bo`lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer 
xo`jaligiga ijara beriladigan yer uchastkalarining eng kam o`lchami bir shartli bosh 
chorva molga hisoblanganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg`ona 
va Xorazm viloyatlaridagi sug`oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, boshqa 
viloyatlar va Qoraqalpog`iston Respublikasidagi sug`oriladigan yerlarda kamida 
0,45 gektarni, sug`orilmaydigan (lalmikor) yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil 
etadi.
Dehqonchilik 
mahsuloti 
yetishtirishga 
ixtisoslashtirilgan 
fermer 
9
“Dehqon xo`jaligi to`g`risida” O`zbekiston respublikasi qonuni, 30.04.1998. N 604-I, 1-modda 
10
“Fermer xo`jaligi to`g`risida” O`zbekiston Respubliklasi qonuni, 30.04.1998. N 602-I, 3-
modda 


21 
xo`jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o`lchami 
paxtachilik va g`allachilik uchun kamida 10 gektarni, bog`dorchilik, uzumchilik, 
sabzavotchilik va boshqa ekinlarni yetishtirish uchun kamida 1 gektarni tashkil 
etadi.
Yer uchastkalari berilganda fermer xo`jaligi o`z zimmasiga qishloq xo`jalik 
ekinlarining hosildorligi (3 yil uchun o`rtacha hosil hisobida) yerning kadastr 
bahosidan kam bo`lmasligini ta`minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer 
uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo`yiladi.
Oilaviy tadbirkorlik – jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan 
holda amalga oshiriladigan birgalikdagi faoliyat turi bo`lib, er-xotin tomonidan 
ularga birgalikdagi umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan umumiy mol-
mulk negizida amalga oshiriladi. Oilaviy tadbirkorlik er-xotinning va ularga 
ko`maklashadigan oila a`zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Oilaviy 
tadbirkorlik subyekti qonun xujjatlarida belgilangan tartibda er-xotindan 
qaysisining nomiga ro`yxatga olingan bo`lsa, u oilaviy tadbirkorlik subyekti 
nomidan ishni olib boradi. Yakka tartibdagi tadbirorni davlat ro`yxatiga olish 
vaaqtida beriladigan guvohnomada yakka tartibdagi tadbirkorlik oilaviy 
tadbirkorlik shaklida amalga oshirilishi ko`rsatiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro`yhatiga olinganligi haqidagi 
guvohnomada tadbirkorlik faoliyati oilaviy tadbirkorlik shaklida yuritilishi 
to`g`risida yozuv bo`lmagan hollarda, oilaviy tadbirkorlik subyekti boshlig`i 
ro`yhatga oluvchi organga ushbu guvohnomaning “Izohlar” grafasiga bu haqda 
belgi qo`yish uchun murojaat qilishi mumkin. Ushbu belgini qo`yish ariza asosida 
amalga oshiriladi.
Shaxsiy yordamchi xo`jalik – shaharcha, qishloq, ovullarda yashovchi 
fuqarolarga meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qilish huquqi asosida uy-joy 
qurish uchun berilgan uchastkalarning bir qismi – tomorqada oila a`zolarining 
shaxsiy mehnati asosida oila ehtiyojlari uchun dehqonchilik va chorvachilik 
mahsulotlarini yetishtirish hamda oila ehtiyojidan ortiqchasini dehqon bozorlarida 


22 
sotish bilan shug`ullanadigan oilaviy xo`jalik tushuniladi
11
.
Tijorat banklari tomonidan qishloq xo`jaligi tarmog`ini kreditlashning 
huquqiy asoslari:
- O„zbekiston Respublikasi “Markaziy banki to„g„risida”gi Qonun. T. 
“O„zbekiston”. 1995.
- O„zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati haqida”gi Qonuni. 
T. “O„zbekiston” 1996.
- O„zbekiston Respublikasining “Mikromoliyalash to„g„risidagi” Qonuni
- “Kichik tadbirkorlik subyektlarni milliy valutada kreditlash tartibi 
to`grisida” gi Nizom (Adliya vazirligi 27-dekabr, 2013-yilda 2546-son bn 
ro`yxatga olingan, Markaziy bank 23-noyabr, 2013, 22/9 son)
- O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 yanvardagi PQ- 
1047 sonli “Oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqishni kengaytirish va ichki bozorni 
to„ldirish bo„yicha qo„shimcha choralari to„g„risida”gi Qarori
- “Tijorat banklari tomonidan fermer xo„jaliklarini er uchastkasini ijaraga 
olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi to„g„risida”gi Nizom 
O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro„yxatdan o„tkazildi 2004 yil 31-
dekabr 1345-1- son
- O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004 yil 16 aprelda 
1337-son bilan davlat ro„yxatga olingan “Tijorat banklari tomonidan fermer 
xo„jaliklariga bo„lg„usi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi 
to„g„risida”gi Nizom
- O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2007 yil 14 aprelda 1675- 
son bilan ro„yxatga olingan va O„zbekiston Respublikasi Markaziy bank 
Boshqaruvi tomonidan 2007 yil 13 martda 288-V-son bilan tasdiqlangan “Qishloq 
xo„jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta va g„alla 
etishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan kreditlash tartibi to„grisida”gi 
11
Tijorat banklari tomonidan shaxsiy yordamchi va dehqon xo`jaliklariga chorvachilikni 
rivojlantirish uchun imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi to`g`risida” Markaziy bank qarori, 
2006-yil, 8-aprel, N 636 


23 
Nizom (yangi tahrirda)
Shu bilan birga yana bir qator hujjatlarni keltirish mumkin. Yangi 
chiqarilayotgan prezident farmonlari, fermer hamda dehqon xo`jaliklari 
to`grisidagi qonunlar shular jumlasidan. Banklar kredit salohiyatini oshirish hamda 
ularni bunda qo`llab quvvatlash maqsadida ko`plab reja va dasturlar ishlab 
chiqilmoqda. Xususan, bank tizimini isloh qilish 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-
sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank 
tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting 
ko„rsatkichlariga erishishning ustuvor yo„nalishlari bo„yicha kompleks chora-
tadbirlar» Dasturi hamda O„zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar 
Mahkamasining respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid boshqa 
qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda amalga oshirildi.
Bunda asosiy e‟tibor:
– tijorat banklarining kapitallashuv va resurs bazasini yanada oshirish, 
mazkur sohaga xususiy kapitalni keng jalb etish, aktivlar sifatini yaxshilash hamda 
banklarning moliyaviy barqarorligi va likvidliligini yanada mustahkamlash;
– respublika tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va bank nazorati 
tizimini bank nazorati bo„yicha Bazel qo„mitasining yangi (Bazel III) talablari 
asosida takomillashtirish ishlarini davom ettirish;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini moliyaviy qo„llab-
quvvatlash, aholi bandligini oshirish, birinchi navbatda, yoshlar va ayollar 
bandligini oshirishga qaratilgan biznes loyihalarni moliyalashtirishga kreditlar 
ajratish hajmini kengaytirish;
– bank sohasida qo„shimcha imtiyoz va preferensiyalar joriy qilish hisobiga 
tadbirkorlik sub‟ektlariga bank xizmatlarini ko„rsatish borasida eng qulay shart-
sharoitlarni yaratish;
– kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini moliyaviy 
qo„llab-quvvatlash, aholi bandligini oshirish, birinchi navbatda, yoshlar va ayollar 
bandligini oshirishga qaratilgan biznes loyihalarni moliyalashtirishga kreditlar 
ajratish hajmini kengaytirish;


24 
– bank sohasida qo„shimcha imtiyoz va preferensiyalar joriy qilish 
hisobiga tadbirkorlik sub‟ektlariga bank xizmatlarini ko„rsatish borasida eng 
qulay shart-sharoitlarni yaratish;
– mamlakat bank tizimi va tijorat banklari faoliyatining etakchi xalqaro 
reyting tashkilotlari yuqori reyting baholariga erishilishini ta‟minlash va 
muntazam ravishda yangilab borish;
– 
xalqaro andozalar va tamoyillar hamda mamlakatimizda bozor 
munosabatlari rivojlanishining hozirgi holatidan kelib chiqqan holda moliya-bank 
sohasining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish bo„yicha vazifalarning 
sifatli ijro etilishini ta‟minlashga qaratildi.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling