O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
Tijorat banklari tomonidan qishloq xo`jaligini kreditlashning amaldagi
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni
2.2. Tijorat banklari tomonidan qishloq xo`jaligini kreditlashning amaldagi
holati tahlili Mustaqillik yillarida mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligining asosiy tayanchi bo`lgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga katta e`tibor qaratilmoqda. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan bir qishloq xo`jaligi hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotning qishloq xo`jaligi sektorini rivojlantirish O`zbekiston Respublikasi hukumati iqtisodiy siyosatining asosiy yo`nalishlaridan biridir. Shu sababli, mamlakatimiz hukumati va Markaziy banki tomonidan real sektor korxonlarining faoliyatini 19 Tijorat banklari tomonidan fermer xo`jaliklariga bo`lg`usi hosilni garovga olgan holda kredit berish tartibi to`grisida”gi 1337 sonli nizom 22.06.2012 35 moliyalashtirish va moliyaviy rag`batlantirishga katta e`tibor berilmoqda. Xususan, inflatsiyasining sezilarli darajada pasayishi tijorat banklari kreditlari foiz stavkalarining pasayishiga va shuning asosida iqtisodiyotning real sektoriga ajratilayotgan kreditlar hajmimining yuqori darajada oshishiga olib keldi. Tijorat banklarining kreditlari esa, qishloq xo`jaligi korxonalarining faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalaridan hisoblanadi. Tijorat banklarining kreditlari hisobidan xo`jalik yurituvchi subyektlarning joriy va investitsion xarajatlari moliyalashtiriladi. Agar qisqa muddatli bank kreditlari hisobidan xo`jalik yurituvchi subyektlarning joriy xarajatlari kreditlansa, bankning o`rta va uzoq muddatli kreditlari hisobidan ularning investitsion xarajatlari moliyashtiriladi. Bugungi kunda yurtimiz iqtisodiy ko`rsatkichlarining o`sib borishida “Agrobank” aksionerlik tijorat bankining o‟rni sezilarli darajada yuqori hisoblanadi. Endi quyida qishloq xo`jaligi subyektlarini kreditlash masalasi bilan qishloq xo`jaligida faoliyat ko`rsatayotgan subyektlarning bosh hamkori ATB “Agrobank” faoliyatini ko`rib chiqamiz. 50 dan ortiq bank mahsulotlari va moliya xizmatlarini taklif etayotgan Bank mijozlarning keng doirasiga xizmat koʻrsatmoqda. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, ushbu tijorat bankining aktivlari va kreditlari yildan-yilga ortib bormoqda. Kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish borasida qabul qilingan direktiv hujjatlar ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilgan keng ko'lamli tadbirlar kichik biznes subektlariga ajratilgan kreditlar hajmining 2015 yilga nisbatan 1,3 barobar ko'payishiga, 2017 yilning 1 yanvar` holatiga ko'ra 15,9 trln.so'mdan oshishiga imkon berdi. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling