O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti


 Tijorat banklari tomonidan qishloq xo`jaligini kreditlashning amaldagi


Download 1.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/28
Sana29.12.2022
Hajmi1.65 Mb.
#1072029
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Bog'liq
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni

2.2. Tijorat banklari tomonidan qishloq xo`jaligini kreditlashning amaldagi 
holati tahlili 
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligining asosiy 
tayanchi bo`lgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga 
katta e`tibor qaratilmoqda. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining yetakchi 
tarmoqlaridan bir qishloq xo`jaligi hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotning qishloq 
xo`jaligi sektorini rivojlantirish O`zbekiston Respublikasi hukumati iqtisodiy 
siyosatining asosiy yo`nalishlaridan biridir. Shu sababli, mamlakatimiz hukumati 
va 
Markaziy 
banki 
tomonidan 
real 
sektor 
korxonlarining 
faoliyatini 
19
Tijorat banklari tomonidan fermer xo`jaliklariga bo`lg`usi hosilni garovga olgan holda kredit 
berish tartibi to`grisida”gi 1337 sonli nizom 22.06.2012 


35 
moliyalashtirish va moliyaviy rag`batlantirishga katta e`tibor berilmoqda. Xususan, 
inflatsiyasining sezilarli darajada pasayishi tijorat banklari kreditlari foiz 
stavkalarining pasayishiga va shuning asosida iqtisodiyotning real sektoriga 
ajratilayotgan kreditlar hajmimining yuqori darajada oshishiga olib keldi. Tijorat 
banklarining kreditlari esa, qishloq xo`jaligi korxonalarining faoliyatini 
moliyalashtirishning asosiy manbalaridan hisoblanadi. Tijorat banklarining 
kreditlari hisobidan xo`jalik yurituvchi subyektlarning joriy va investitsion 
xarajatlari moliyalashtiriladi. Agar qisqa muddatli bank kreditlari hisobidan 
xo`jalik yurituvchi subyektlarning joriy xarajatlari kreditlansa, bankning o`rta va 
uzoq muddatli kreditlari hisobidan ularning investitsion xarajatlari moliyashtiriladi.
Bugungi kunda yurtimiz iqtisodiy ko`rsatkichlarining o`sib borishida 
“Agrobank” aksionerlik tijorat bankining o‟rni sezilarli darajada yuqori 
hisoblanadi. Endi quyida qishloq xo`jaligi subyektlarini kreditlash masalasi bilan 
qishloq xo`jaligida faoliyat ko`rsatayotgan subyektlarning bosh hamkori ATB 
“Agrobank” faoliyatini ko`rib chiqamiz. 50 dan ortiq bank mahsulotlari va moliya 
xizmatlarini taklif etayotgan Bank mijozlarning keng doirasiga xizmat 
koʻrsatmoqda. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun yanada 
jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda. Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, 
ushbu tijorat bankining aktivlari va kreditlari yildan-yilga ortib bormoqda.
Kichik 
biznesni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va 
tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish borasida qabul qilingan direktiv 
hujjatlar ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilgan keng ko'lamli tadbirlar 
kichik biznes subektlariga ajratilgan kreditlar hajmining 2015 yilga nisbatan 1,3 
barobar ko'payishiga, 2017 yilning 1 yanvar` holatiga ko'ra 15,9 trln.so'mdan 
oshishiga imkon berdi. Xizmat koʻrsatishning keng tarmogʻi bank mijozlar uchun 
yanada jozibali va qulay boʻlishiga koʻmaklashmoqda.


36 

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling