O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti kredit-iqtisod fakulteti
Download 1.65 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbekiston tijorat banklari tomonidan qishloq xojaligini kreditlashni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-BOB O‟ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QISHLOQ XO‟JALIGINI KREDITLASHNING ZAMONAVIY HOLATI........................................................
- 3-BOB O‟ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QISHLOQ XO‟JALIGINI KREDITLASHNI RIVOJLANTIRISH YO‟LLARI…………………………... 47
- XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………………..…. 65 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI…….…….……. 68 ILOVALAR……………………………………………………………. 73
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
3
1-BOB QISHLOQ XO‟JALIGINI BANKLAR TOMONIDAN KREDITLASHNING NAZARIY-HUQUQIY ASOSLARI 7 1.1. O`zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo`jaligining tutgan o‟rni 7 1.2. Banklar tomonidan qishloq xo‟jaligini kreditlashning nazariy-huquqiy asoslari…………………………………… 11 1-bob bo‟yicha xulosa…………………………………..…… 20 2-BOB O‟ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QISHLOQ XO‟JALIGINI KREDITLASHNING ZAMONAVIY HOLATI........................................................ 21 2.1. Qishloq xo‟jaligi korxonalarini kreditlashning tartibi va o‟ziga xos jihatlari.………………………………………… 21 2.2. Tijorat banklari tomonidan qishloq xo`jaligini kreditlashning amaldagi holati tahlili………………………...……………. 30 2.3. Chet el liniyalari hisobidan qishloq xo‟jaligini kreditlashning tahlili……………………………………………….………… 40 2-bob bo‟yicha xulosa….…………………………..……….. 45 3-BOB O‟ZBEKISTON TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN QISHLOQ XO‟JALIGINI KREDITLASHNI RIVOJLANTIRISH YO‟LLARI…………………………... 47 3.1. Qishloq xo‟jaligini kreditlashni rivojlantirish bilan bog‟liq bo‟lgan muammolari............................................................... 47 3.2. Qishloq xo‟jaligini kreditlashni rivojlantirish yo‟llari........... 53 3-bob bo‟yicha xulosa….…………….………………….….. 64 XULOSA VA TAKLIFLAR………………………………………..…. 65 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‟YXATI…….…….……. 68 ILOVALAR……………………………………………………………. 73 7 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Har qanday davlatning iqtisodiyoti ma`lum tarmoq, soha va xizmatlar yig`indisidan iboratdir. Milliy iqtisodiyotimizda ushbu tarmoq, soha va xizmatlar ichida qishloq xo`jaligi eng asosiy sohalardan bo`lib, insoniyatning hayoti, turmush darajasi ko`p jihatdan uning rivojlanishi bilan belgilanadi. Qishloq xo`jaligida insonlar hayoti manbai hisoblangan oziq-ovqat, sanoatning ko`plab tarmoqlari uchun xomashyo ishlab chiqariladi. Qishloq xo`jaligi mamlakatda mavjud bo`lgan va boshqa tarmoqlar qamrab olishi qiyin bo`layotgan, foydalanilmayotgan ishchi kuchi resurslarini, tabiiy ishlab chiqarish resurslarini harakatlantirish imkoniyatiga ega bo`lgan tarmoqdir. Shuning uchun ham, o‟z vazifasining birinchi kunlaridan boshlab, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan agrar sohani isloh qilish, aholi farovonligini ta`minlashning asosiy yo`nalishi bo`lgan xalq iste`moli tovarlarini ishlab chiqarishga katta ahamiyat berildi. Zero, prezidentimiz aytganlaridek: “Qishloq xo‟jaligini isloh qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta‟minlash masalalari, hech shubhasiz, biz uchun eng muhim vazifalardan biri bo‟lib qoladi. Eng avvalo, agrosanoat kompleksi va uning lokomotivi, ya‟ni haraktga keltiruvchi kuchi bo‟lgan ko‟p tarmoqli fermer xo‟jaliklarini izchil rivojlantirishga katta e‟tibor qaratilmoqda” 1 . O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi. Hujjatda 2017-2021 yillar oralig`ida O`zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi rejasi ishlab chiqilgan. Harakatlar strategiyasining uchinchi bo`limi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo`nalishlari“da quyidagi yo`nalish mavjud: “Qishloq xo`jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish” ushbu yo`nalishda asosan: 2 1 Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon,demokratik O‟zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” “O‟zbekiston” nashriyoti, 2016,15-bet 2 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi farmoni 07.02.2017y. PF-4947 8 - qishloq xo`jaligi tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, - paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo'shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog' olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog' va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish; - fermer xo'jaliklari, eng avvalo, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar ko'rsatish bilan shug'ullanayotgan ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarini rag'batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; - qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor oziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish bo'yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish; - qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlari ko'rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish; - global iqlim o'zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo'jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha tizimli chora-tadbirlar ko'rish. Zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va fermerlarni yuqori unum bilan ishlaydigan qishloq xo„jaligi texnikasi bilan ta‟minlash hisobidan qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishida intensiv usullarga o„tish ushbu sohani barqaror va samarali rivojlantirishda eng muhim yo„nalish hisoblanadi. Download 1.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling