Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «bank ishi»
III. MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTINING HIMOYASI
Download 73.22 Kb.
|
Bank ishi Malakaviy amaliyot UK (3)
III. MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTINING HIMOYASI
Tayyor bo‘lgan malakaviy amaliyot hisoboti kafedrada ro‘yxatdan o‘tkaziladi (himoya muddatidan kamida ikki hafta oldin) va mas’ul professor-o‘qituvchi yoki kafedra ish yurituvchisi tomonidan ilmiy rahbarga yetkaziladi. Malakaviy amaliyot hisoboti kafedradan ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng bir hafta muddada ilmiy rahbar tomonidan taqriz taqdim etiladi. Taqdim etilgan malakaviy amaliyot hisobotiga taqriz yozailayotganda ilmiy rahbar: - malakaviy amaliyot ob’ektiga doir statistik ko‘rsatkichlarni yangiligiga va 1-ilovada keltirilgan jadvallar bo‘yicha shakllantirilgan xulosalarni yoritish darajasiga; - malakaviy amaliyotni o‘tash yuzasidan ko‘zlangan maqsad va qo‘yilgan vazifalarga to‘liq erisha olganligiga; - malakaviy amaliyot hisoboti va taqdimotining savodli va chiroyli rasmiylashtirilishiga; - taqdim etilgan malakaviy amaliyot hisoboti va taqdimotining belgilangan talabalarga mos kelishiga alohida e’tibor qaratishi lozim. Ilmiy rahbar taqrizi bilan tanishib chiqib talaba unda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etadi va himoyaga tayyorgarlik ko‘radi. Quyidagi holatlarda malakaviy amaliyot hisoboti qoniqarsiz deb topilishi va qayta ishlashga qaytarilishi mumkin: Amaliyot ob’ektining malakaviy amaliyot buyrug‘idagi ob’ektga mos kelmasligi hollarida; Malakaviy amaliyot hisoboti belgilangan talablar bo‘yicha rasmiylashtirilmagan bo‘lsa. Malakaviy amaliyotni himoya qilayotganda talabalar quyidagi umumiy xatoliklarga yo‘l qo‘yishadi: - malakaviy amaliyot dasturida va 1-ilovada keltirilgan jadvallarning asosiy mazmuniga aniq xulosalar shakllantirilmaganligiga; - taqdimot ketma-ketligi buzishi, tez-tez takrorlash, noaniq tahrir, grammatik xatolar; - taqdimotda keltirilgan jadvallar va diagrammalar ma’noli mazmun asosida muallif fikrlari bilan keltirilmagan. Taqrizchi (ilmiy rahbar) ishning afzalliklari va kamchiliklarini aytib o‘tadi va zarur hollarda uni tuzatishni ko‘rsatadi. Taqriz himoya qilish uchun ruxsat berilishi yoki yo‘qligi xulosasi bilan yakunlanadi. Talaba tomonidan taqrizda ko‘rsatilgan xatolar, tuzatish va qo‘shimchalarni malakaviy amaliyotni himoya qilish sanasidan oldin ularni bartaraf etgan bo‘lishi shart. Xulosada taqrizchi tomonidan hisobot qoniqarsiz bo‘lsa va qayta ishlanishi kerak bo‘ladi, tuzatishdan so‘ng, u birinchi taqrizni majburiy taqdim etish bilan qayta-taqrizga taqdim etiladi. Agar talaba sababsiz belgilangan muddatda rahbarga to‘liq ishni topshirmagan bo‘lsa, ilmiy rahbar talaba tomonidan bajarilgan malakaviy amaliyot hisobotini himoyaga tavsiya etmaydi. Malakaviy amaliyot hisoboti himoyasi kafedradan ilmiy rahbar sifatida biriktirilgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Malakaviy amaliyot himoyasiga har bir talabaga 10-15 daqiqa beriladi (10 daqiqagacha talaba chiqishiga va 5 daqiqa savollarga javob berish uchun). 1 https://lex.uz/pdfs/5841063 - 2022 йил 28 январь. Download 73.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling