Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «bank ishi»


Kafedra mudiri prof. J.Ataniyazov


Download 73.22 Kb.
bet2/5
Sana07.01.2023
Hajmi73.22 Kb.
#1083020
1   2   3   4   5
Bog'liq
Bank ishi Malakaviy amaliyot UK (3)

Kafedra mudiri prof. J.Ataniyazov
To’plam “Moliya” fakulteti Kengashining 2022-yil “____” ____________ dagi ___-sonli majlisida muhokama etilib, institut Oʻquv-uslubiy Kengashida koʻrib chiqishga tavsiya qilingan.

Moliya” fakulteti dekani prof. F.Muxamedov


To’plam institut Oʻquv-uslubiy Kengashida muhokama etilib, dars jarayonida foydalanish uchun tavsiya qilingan (2022-yil “___” ___________ dagi ___-sonli bayonnoma).


Kengash raisi prof. S.Mexmonov
Kengash kotibi PhD. I.Choriyev
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BANK ISHI” KAFEDRASI
BANK ISHI” BAKALAVR TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARI UCHUN MALAKAVIY AMALIYOT HISOBOTLARINI TAYYORLASH VA RASMIYLASHTIRISH YUZASIDAN USLUBIY KO‘RSATMA

TOSHKENT -2022

Uslubiy ko‘rsatma “Bank ishi” kafedrasining majlisida muhokama qilingan va nashrga tavsiya etilgan (2022 yil “__” _________ ___-sonli bayonnomasi).


Tuzuvchilar:
i.f.d., prof. A.Omonov;
i.f.n., dots. D.Saidov;
PhD, dots. A.Vasiyev;
A.Raxmatov.


Taqrizchilar:
i.f.n., prof. Z.Umarov;
PhD, dots. I.Jo’rayev.

Toshkent moliya instituti Ilmiy-metodik kengashi tomonidan nashrga va foydalanishga tavsiya etilgan.


Malakaviy amaliyot hisobotlarini tayyorlash va rasmiylashtirish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma / i.f.d., prof. A.Omonov, i.f.n., dots. D.Saidov,
PhD, dots. A.Vasiyev, A.Raxmatov. Toshkent: TMI, 2022. ___–bet.

Uslubiy ko‘rsatmada malakaviy amaliyot hisobotlarini bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar, hisobotni tayyorlash uslubi, rasmiylashtirish tartibi keltirilgan.




KIRISh
Mustaqil O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini belgilar ekan, jahon iqtisodiy jarayonlariga integratsiyalashuvi va o‘zaro manfaatli xalqaro moliyaviy munosabatlarini yo‘lga qo‘yishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Milliy iqtisodiyotimiz raqobatdoshligini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni jahon bozoriga kirib borishini ta’minlash, raqobatbardosh mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishini ta’minlash maqsadida bir qator davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari keng miqyosda amalga oshirilmoqda.
Respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni oʻz vaqtida zarur ixtisosliklar boʻyicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy ta’lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, malakaviy munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirishga doir qator dolzarb masalalar toʻliq echimini topmagan.
Bank tizimidagi islohotlarning samaradorligi yuqori malakali soha kadrlari bilan toʻliq ta’minlanganlik bilan bogʻliq. Talabalar ongini hozirgi zamon nazariy bilimlari bilan boyitish va bu nazariy bilimlarni respublika hududidagi tijorat banklarida amaliyot oʻtash yoʻli bilan mustahkamlash yuqori malakali bank kadrlarini tayyorlashning asosini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi1da 2022 yil va keyingi yillarda iqtisodiyot sohasida amalga oshirish zarur bo‘lgan dasturiy va maqsadli vazifalarga bag‘ishlanib, maqsadlarning uchinchi yirik guruhi “Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash” deb nomlandi.
“Bank ishi” yoʻnalishida ta’lim olayotgan talabalarni banklarda ish jarayonini tashkil qilish, jumladan banklarda kredit munosabatlarini tashkil etish boʻyicha aniq bilim va koʻnikmalarga chuqurroq ega boʻlishlari uchun bank tizimida amalga oshirilayotgan operatsiyalarini amaliyot bilan birga qoʻshib oʻrgatish alohida oʻrin egallaydi.
Malakaviy amaliyot «Bank ishi» bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis kadrlar tayyorlash talabaning o‘quv yili davomida olgan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Malakaviy amaliyot nazariy ma’lumotlar bilan birga amaliy materiallar asosida talabaning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishining dastlabki bosqichi bo‘lishi bilan birga ma’lum bir kursning yakunlovchi qismi hisoblanadi. Malakaviy amaliyot o‘tash «Bank ishi» bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talaba tayyorlashda «Bank ishi» fanining zaruriy elementi hisoblanadi.
Amaliyot jarayonida talaba amaliyot ob’ekti faoliyatiga oid moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda ijodiy fikrlay olishi, o‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritishi, o‘rganilayotgan jarayonga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularga to‘la baho berish, tahlil natijalari asosida vaziyatga to‘g‘ri va xolisona baho berish, o‘rganilayotgan jarayonlarni analitik jadvallar orqali tahlil etish va tegishli qarorlar qabul qilish bo‘yicha amalda bajarish qobiliyatini ifodalashi lozim.
Ushbu uslubiy ko‘rsatmada malakaviy amaliyotini oʻtashga oid umumiy qoidalar, amaliyotning maqsadi, samarali tashkil etish masalalari, amaliyot rahbari va amaliyotchining vazifalari hamda ularning majburiyatlari, amaliyot oʻtash natijalarini rasmiylashtirish tartibi aniq koʻrsatib oʻtilgan.
5230700 – “Bank ishi” ta’lim yoʻnalishi DTS, oʻquv va ishchi oʻquv rejasiga muvofiq malakaviy amaliyotni oʻtash 4-kursda 13 hafta qilib belgilangan.



Download 73.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling