18-mavzu. Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tutgan o’rni
BMT ning iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishda tutgan o’rni. “FATF (FATF) – pul mablag’larini yuvishga qarshi kurash bo’yicha moliyalashtirish choralarini ishlab chiqish guruhi”ning xizmat va vazifalari. “Egmont” guruhi va uning asosiy vazifalari. Xalqaro valyuta fondi, Jahon Banki, Interpol va boshqa xalqaro tashkilotlarning xalqaro iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashi. Milliy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlashning xorijiy Kontseptsiyasi.
19-mavzu. Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikning olib borilishi
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishda davlatlararo xalqaro hamkorlik faoliyati. Jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xalqaro hamkorlikning ikki va ko’p tomonlama shartnomalar asosida amalga oshirilishi. Jinoyatchilikka qarshi kurash borasida xalqaro hamkorlikning ikki va ko’p tomonlama shartnomalarning amaliy ahamiyati.
Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
“Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashishning milliy va xalqaro tizimi” fanning predmeti, maqsadi va vazifalari.
Iqtisodiy jinoyatchilikning umumiy tavsifi. Iqtisodiy jinoyatchilikning evolyutsiyasi.
Iqtisodiy jinoyatchilikka oid qonunchilik va iqtisodiy jinoyatchilikning jinoiy-huquqiy tavsifi.
Iqtisodiy jinoyatchilikning kriminologik tavsifi.
Iqtisodiy jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari va oldini olish choralari.
O’zbekistonda iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish siyosati.
Mulkiy jinoyatlar, mulkni o’zlashtirish yoki rastrata qilish yo’li bilan talon-toroj qilish.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga to’siqlar. Soxta tadbirkorlik jinoyati. Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish.
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish tizimini tartibga solishning huquqiy asoslari.
Milliy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlashda xorijiy tajribalar.
Noqonuniy mablag’larni o’zlashtirish va terrorizmga qarshi kurashish bo’yicha xalqaro tashkilotlar faoliyati.
Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar.
Bank-moliya, kredit sohasidagi iqtisodiy jinoyatlar hamda korruptsiyaga qarshi kurashish.
Soliqlar yoki boshqa majburiy to’lovlarni to’lashdan bo’yin tovlash jinoyati tushunchasi. Byudjet mablag’larini talon-taroj qilishga qarshi kurashish.
Sanoat tarmoqlari majmuidagi iqtisodiy jinoyatlar hamda korruptsiyaga qarshi kurashish.
Noqonuniy daromadlarni o’zlashtirish va terrorizmga qarshi kurashish tizimida moliyaviy razvedka.
Moliyaviy piramidalarning iqtisodiy asoslari va belgilari.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va tadbirkorlik sohasida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar.
Xufyona iqtisodiyot fenomeni. Xufyona iqtisodiyotning vujudga kelish sabablari va unga qarshi kurashishda davlat chora-tadbirlari.
Iqtisodiy va korruptsiyaga oid huqubuzarliklarni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishni, terrorizmni moliyalashtirishni oldini olish
Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akadem guruhga bir o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi lozim. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo’llanilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |