O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
-mavzu. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish
Download 1.44 Mb.
|
Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi t
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish.
- Tayanch so‘z va iboralar
- 1. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish
- 2. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish
- 3. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish
- 1. Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanish.
12-mavzu. Xo‘jalik faoliyati sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish
1. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish. 2. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish. 3. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish. Tayanch so‘z va iboralar: tovar, oziq-ovqat iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish, xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish; etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish. 1. Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish Iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq harakatlarni sodir etish mazkur jinoyatning tushunchasini o‘zida aks ettiradi. Tahlil etilayotgan jinoyatning bevosita obyektini tovar mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash, tashish, o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi. Aybdor shaxs iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni tovar bozoriga chiqarish yoki sotish orqali jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazadi. Jinoyatning predmeti iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlar hisoblanadi. Iste ’molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlar deganda mahsulotlarning iste‘mol va foydalanish xossalarini belgilab beradigan hamda uning odamlar hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta‘minlaydigan mezonlarga javob bermasligi tushuniladi. Tovar - bu sotish (almashtirish) uchun mo‘ljallangan faoliyat mahsulotidir. Tovarlar belgilangan vazifasi, qo‘llanilishi, sifati va texnikaviy tavsiflari, narxi va boshqa jihatlariga ko‘ra taqqoslanadi. Bunday tovarlar oziq-ovqat mahsulotlari ham bo‘lishi mumkin. Oziq-ovqat deganda oziq-ovqat xomashyosidan tayyorlangan hamda tabiiy yoki qayta ishlangan holida iste‘mol qilinadigan mahsulotlar tushuniladi. Mazkur jinoyat obyektiv tomondan iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda ifodalanadi. Ishlab chiqarish deganda iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tushuniladi. Saqlash deganda iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni butunligicha aybdorning egaligida, yonida, binoda, maxfiy yerda va boshqa joylarda bo‘lishi bilan bog‘liq har qanday qasddan qilingan harakatlar tushuniladi. Tashish deganda iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tish bilan bog‘liq har qanday qasddan qilingan harakatlar tushuniladi. O‘tkazish deganda iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni xaridorlar bilan muayyan xizmat yoki haq evaziga bajarilgan ishlar evaziga ularni almashtirish hamda ularni har qanday usulda tarqatish tushuniladi. Ishlarni bajarish deganda shaxs yoki jamoaning uy-ro‘zg‘or va hayotiy yoki xizmat qilish sharoitlari uchun muhim bo‘lgan u yoki bu narsani qayta ishlash va yaratish bo‘yicha muayyan faoliyatni amalga oshirish tushuniladi. Masalan, uy-joylar qurish, ta‘mirlash ishlarini amalga oshirish va boshqalar. Xizmatlar ko ‘rsatish deganda iste‘molchilarning talabi yoki ularning ixtiyori bo‘yicha, ularning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan muayyan harakatlarni amalga oshirish tushuniladi. Mazkur belgiga ega bo ‘lgan tovarlarni shaxs O‘zbekiston Respublikasi hududi yoki uning bir qismidagi muomala doirasida, ya‘ni respublikaning ma‘muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelgan yoki mos kelmaydigan hududlarda amalga oshirishi mumkin. Jinoyat kodeksi 186-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat formal tarkibli bo‘lib, iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqargan, saqlagan, tashigan yoxud o‘tkazgan, ishlar bajargan yoki xizmatlar ko‘rsatgan vaqtdan boshlab oqibat kelib chiqqanligidan qat‘iy nazar, tugallangan hisoblanadi. Sub‘yektiv tomondan mazkur jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyat kodeksi 186-moddasining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarning sub‘yektiv tomoni esa iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishga nisbatan qasd va kelib chiqqan oqibatga nisbatan aybdorning aybi ehtiyotsizlikda ifodalanadi. Agarda aybdorning aybi kelib chiqqan oqibatga nisbatan qasd shaklida ifodalansa, ya‘ni oqibatning kelib chiqishini xohlasa qilmish kelib chiqqan oqibatga ko‘ra kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyat sub‘yektiv tomoniningzaruriy belgisi jinoyatni sodir etishdan ko‘zlangan maqsad hisoblanadi. Jinoyatning maqsadi iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishdir. Mazkur maqsadning aniqlanmasligi qilmishni Jinoyat kodeksi 186-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishni istisno etadi. Jinoyatning sub‘yekti 16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxslar hisoblanadi. O‘sha harakatlar badanga o‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 186-moddasi ikkinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Mazkur belgi iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlardan foydalanishi, iste‘mol qilishi oqibatida bitta odamning badaniga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatning kelib chiqishini nazarda tutadi. Agar bunday qilmish natijasida ikki yoki undan ortiq shaxs badaniga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilgan bo‘lsa, bunday qilmish shu modda to‘rtinchi qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. O‘sha harakatlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 186-moddasi uchinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Mazkur belgi iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlardan foydalanishi, iste‘mol qilishi oqibatida bitta odamning o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatning kelib chiqishini nazarda tutadi. O‘sha harakatlar odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 186-moddasi to‘rtinchi qismi “a” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Mazkur belgi iste‘molchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlardan foydalanishi, iste‘mol qilishi oqibatida ikki yoki undan ortiq odamning o‘limi bilan bog‘liq bo‘lgan oqibatning kelib chiqishini nazarda tutadi. O‘sha harakatlar boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 186-moddasi to‘rtinchi qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Boshqacha og ‘ir oqibatlar deganda ikki yoki undan ortiq shaxsning badaniga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishi, odamlarning ommaviy zaharlanishi, epidemiya tarqalishi va boshqa oqibatlar ko‘rinishidagi sog‘liqqa zarar yetkazilishi tushuniladi. 2. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish deganda O‘zbekiston Respublikasi hududida ushbu harakatlar sodir etilgan vaqtda etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va muomalaga kiritish bo‘yicha o‘rnatilgan tartiblarni buzgan holda etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va muomalaga kiritish tushuniladi. Tahlil etilayotgan jinoyatning bevosita o‘bekti etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish tartibini ta‘minlovchi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Jinoyatning predmeti: 1) etil spirti; 2) alkogolli mahsulotlar; 3) tamaki mahsulotlari hisoblanadi. Etil spirti - bu organik birikmalar tarkibiga kiruvchi vodorod va uglerodning birikmasidan tashkil etilgan suyuqlikdir. Etil spirti sanoatda tarkibida qand (shakar) bo‘lgan moddalardan enzimlar va achitqilar ta‘sirida paydo bo‘ladi. Alkogol mahsuloti - konyak spirti yoki tozalangan etil spirtidan, vino materiallari va (yoki) tarkibida spirt bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan, hajmidagi etil spirtining ulushi bir yarim foizdan ortiq bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotidir. Tamaki mahsuloti - tamakidan yoki uning o‘rnini bosuvchi narsadan tayyorlangan har qanday mahsulotdir. Tamaki mahsulotlari odatda katta bargli paslenov oilasiga kiruvchi bargli o‘simlikdan tayyorlanadi, biroq ular uning o‘rnini bosuvchi narsalardan ham tayyorlanishi mumkin. Tahlil qilinayotgan jinoyat o‘bektiv tomondan etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarishda yoki muomalaga kiritishda ifodalanadi. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish deganda ixtisoslashmagan korxonalar (maishiy yoki kichik sexlar sharoitida) tomonidan qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmasdan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladigan tegishli litsenziyasiz etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish tushuniladi. Mazkur jinoyatga huquqiy baho berishda O‘zbekiston Respublikasi Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 186-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikdan farqlash lozim. Agarda fuqaro xonaki usulda hozirlanadigan o‘tkir spirtli ichimliklarni sotish maqsadida tayyorlasa yoki uni sotsa, qilmish ma‘muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. Aytish kerakki, O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 5-oktabrdagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste‘mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”23gi qonunining 11-moddasiga ko‘ra, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Qoida tariqasida alkogolli va tamaki mahsulotlari O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy ravishda ishlab chiqarilganligini tasdiqlash maqsadida maxsus aksiz markalari bilan markalanadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va sotilayotgan alkolli hamda tamaki mahsulotlari aksiz markalari bilan markalanishi shart. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2002-yil 25 oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat va ma‘muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi 26-sonli qarorining 9-bandiga muvofiq, etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish deganda uni haq evaziga sotish yoki tijorat maqsadida boshqa moddiy qimmatliklarga ayirboshlash, shuningdek garovga qo‘yish, qarz evaziga o‘tkazish tushuniladi. Albatta, mazkur harakatlar etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritishni tartibga soluvchi qonun va normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga zid ravishda amalga oshirilgan bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasining 2011 yil 5 oktabrdagi “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste‘mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasiga muvofiq, alkogol va tamaki mahsulotlarini: yigirma yoshga to‘lmagan shaxslarga; ta‘lim, sport muassasalari va diniy muassasalardan besh yuz metrdan kam radiusda joylashgan savdo o‘bektlari tomonidan; ular texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, qonun hujjatlarida belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmasa; aksiz markalari bilan tamg‘alanmagan holda (pivodan tashqari) yoki aksiz markalari qalbaki bo‘lganda; ularning ishlab chiqaruvchisini aniqlash imkonini beradigan tarzda aniq tamg‘alanmagan bo‘lsa; donalab, qutisiz (o‘rovsiz) — tamaki mahsulotiga nisbatan; ularni ishlab chiqarish uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lsa; ularni yetkazib berish huquqiga ega bo‘lmagan yoki yetkazib berishni qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirgan mahsulot yetkazib beruvchidan olingan bo‘lsa, realizatsiya qilish mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 16-martdagi PQ-605-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalari”ga asosan etil spirti va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladigan litsenziya va aksiz markalari va muvofiqlik belgisi markalangan alkogolli mahsulotlarga davlat soliq xizmatining hududiy organlari tomonidan beriladigan identifikatsiyalash mavjud bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiradilar. Alkogolli mahsulotlar bilan muomala qilish shartlari. Alkogolli mahsulotlar bilan faqat: shaharlarda - alohida kiritiladigan va kamida 25 kvadrat metrli; qishloq joylarda kamida 15 kvadrat metrli savdo zali maydoni bo‘lgan (faqat alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish- ga mo‘ljallangan); chekka tog‘li tumanlarda - alohida savdo seksiyasi bo‘lgan, alkogolli mahsulotlarni saqlash va sotishning sanitariya normalari va qoidalariga (shu jumladan nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash shartlariga, moddiy boyliklar to‘liq darajada saqlanishi ta‘minlanishiga) muvofiq bo‘lgan ombor binolari va asbob-uskunalari bo‘lgan turg‘un savdo shaxobchasida savdo qilish mumkin. Jinoyat kodeksi 1861-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortishning ikkita sharti belgilangan. Xususan, ancha miqdordagi etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish Jinoyat kodeksi 1861-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikni keltirib chiqardi. Ancha miqdorni tashkil etmagan bunday qilmishlar Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1861-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni keltirib chiqaradi. Agar shaxs etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganligi yoki muomalaga kiritganligi uchun ma‘muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida shunday harakatlarni takror ravishda sodir etgan bo‘lsa, uning harakatlari Jinoyat kodeksi 1861-moddasi birinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Jinoyat etil spirti, alkogolli mahsulot yoki tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarilishi yoki muomalaga kiritilishi paytidan boshlab tugallangan hisoblanadi. O‘sha harakatlar: a) ko‘p miqdorda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; g) xizmat lavozimini suiiste‘mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 1861-moddasi ikkinchi qismining tegishli bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi. Xizmat lavozimini suiiste‘mol qilish deganda etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish bo‘yicha vakolatga ega bo‘lgan yoki ular bo‘ysunuvi bo‘yicha yuqori turuvchi yoxud teng bo‘lgan darajadagi mansabdor shaxslar yoki xizmatchilarning o‘zlariga berilgan vakolatlardan qasddan foydalanishi tushuniladi. O‘sha harakatlar: a) juda ko‘p miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 1861-moddasi uchinchi qismining tegishli bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi. Etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini ko‘p miqdorda yoki juda ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoxud muomalaga kiritishga hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiiste‘mol qilish yo‘li bilan homiylik qilish Jinoyat kodeksi 1861-moddasi to‘rtinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Homiylik qilish - bu etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish uchun shaxslarga qulay sharoitni yaratib berish, ularni rag‘batlantirish hamda ushbu faoliyat bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni qonuniy ta‘qiblardan himoya qilishdir. Tahlil etilayotgan jinoyatning sub‘yektiv tomoni aybning qasd shaklida ifodalanadi. Jinoyat motivi va maqsadi turlicha bo‘lishi mumkin, biroq ular qilmishni kvalifikatsiya qilishga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Ko‘rilayotgan jinoyatning sub‘yekti 16 yoshga to‘lgan shaxslar bo‘lishi mumkin. Jinoyat kodeksi 1861-moddasi ikkinchi qismi “g” bandi va to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan jinoyat bo‘yicha jinoyat sub‘yektining umumiy belgilarini aniqlash bilan birga, uning normada ko‘rsatilgan qo‘shimcha belgilarini ham aniqlash talab etiladi. 3. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish bilan bog‘liq harakatlarni sodir etish mazkur jinoyatning tushunchasini o‘zida aks ettiradi. Ta‘kidlash joizki, keyingi vaqtlarda dori vositalari va tibbiy buyumlarni g‘ayriqonuniy ravishda boylik orttirish maqsadida qalbakilashtirish hollari kuzatilmoqda (lineks, trixopol, tinidazol, suprastin, biseptol, lazeks, serebrolizin, sumamed va boshqalar shular jumlasidan). Bu esa, o‘z navbatida, aholi salomatligi uchun xavf tug‘diradi. Qalbakilashtirilgan dori vositalari o‘zlarining mikrobiologik tomonidan o‘ta ifloslanganligi, ayrim hollarda esa ta‘sir etuvchi moddalarining umuman yo‘qligi, shuningdek, zararli moddalar aralashtirilganligi bilan haqiqiylaridan farqlanadi. Shu nuqtai nazardan tahlil etilayotgan jinoyatning bevosita o‘bekti dori vositalari yoxud tibbiy buyumlar ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘i mazkur jinoyatning qo‘shimcha o‘bektini tashkil etadi. Jinoyatning predmeti sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlar hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25 apreldagi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonunining 2-moddasida dori vositalari va tibbiy buyumlarning tushunchalari berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, dori vositalari - kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo‘lgan bir yoki bir nechta dori moddalari (substansiyalar) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun qo‘llashga ruxsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, tashxis qo‘yish va sterilizatsiya vositalari, shuningdek dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun mo‘ljallangan dori moddalari (substansiyalar) kiradi. Tibbiy buyumlar - kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun tibbiyotda qo‘llaniladigan buyumlar. Ular jumlasiga bog‘lash va tikish materiallari, shpritslar, qon va infuzion eritmalarni quyishga mo‘ljallangan sistemalar, bemorlarni parvarishlashda qo‘llaniladigan ashyolar va materiallar kiradi. Yuqorida qayd etilgan jinoyat predmetlari mazkur jinoyat tarkibini tashkil etish uchun albatta sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan bo‘lishi shart. Sifatsiz dori vositalariyoki tibbiy buyumlar deganda farmakologiyaga mos kelmaydigan dori vositalari yoki tibbiy buyumlar tushuniladi. Farmakopeya - bu dori vositalarining sifatini, ularni tayyorlash, sifat-miqdor jihatidan nazorat qilishni, saqlash shart-sharoitlarini va nomlanishini belgilaydigan davlat standartlari to‘plamidir. Qalbakilashtirilgan dori vositalari yoki tibbiy buyumlar deganda haqiqiy dori vositalari yoki tibbiy buyumlardan foydalanmay yoki qisman foydalanib tayyorlangan yoki yasalgan dori vositalari yoki tibbiy buyumlar tushuniladi. Mazkur jinoyat o‘bektiv tomondan sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazishda ifodalanadi. Ishlab chiqarish deganda sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon tushuniladi. Dori vositalarini ishlab chiqarish - dori vositalarini ularni ishlab chiqarish hamda sifatini nazorat qilishni tashkil etish qoidalariga muvofiq ko‘plab hosil qilish, shu jumladan to‘liq texnologik turkum yoki uning ayrim bosqichlari: dori vositalarini sintez (biosintez) qilish, ekstraksiyalash, tozalash, ularga ishlov berish, ularni qadoqlash, idishga joylash, o‘rash va ularni markalash bosqichlari bo‘yicha hosil qilishdir. Tayyorlash deganda dori vositalarining kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo‘lgan bir yoki bir necha dori moddalari (substansiyalari) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilish tushuniladi. Tibbiy buyumlarni tayyorlash deganda bog‘lash va tikish materiallari, shpritslar, qon va infuzion eritmalarni quyishga mo‘ljallangan sistemalar, bemorlarni parvarishlashda qo‘llaniladigan ashyolar va materiallarni qonunga xilof ravishda yasash tushuniladi. Olish deganda ularning sotib olinishini, to‘lanmagan qarz evaziga olinishini va har qanday usulda ularni o‘z ixtiyoriga o‘tkazish tushuniladi. Saqlash deganda sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni butunligicha aybdorning egaligida, yonida, binoda, maxfiy yerda va boshqa joylarda bo‘lishi bilan bog‘liq har qanday qasddan qilingan harakatlar tushuniladi. Tashish deganda sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tish bilan bog‘liq har qanday qasddan qilingan harakatlar tushuniladi. O ‘tkazish deganda sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni xaridorlar bilan muayyan xizmat yoki haq evaziga bajarilgan ishlar evaziga ularni almashtirish hamda ularni har qanday usulda tarqatish, shu jumladan sotish tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25 apreldagi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra dori vositalari faqat dorixona muassasalari orqali sotilishi belgilab qo‘yilgan. Dori vositalari va tibbiy buyumlarning sifatini nazorat qilish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, standartlashtirish va sertifikatsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining vakolatlariga kiradi. Quyidagilar majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi: a) davolash, kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish vositalari, shifobaxsh oziq-ovqat va parafarmatsiya mahsulotlari; b) dorilarni tayyorlashda qo‘llaniladigan dori vositalari (substansiyalari) va biologik faol yordamchi moddalar; v) ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining yangi kombinatsiyalari; g) yangicha qadoqlangan, yangi shakl va tarkiblardagi yoki yangi texnologiya bo‘yicha tayyorlanayotgan dori vositalari; d) generik dori vositalari (generiklar) tibbiy buyumlar. Jinoyat kodeksi 186 -moddasining birinchi qismi bo‘yicha javobgarlikka tortish sharti shaxs shunday qilmishlari uchun avval Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 1651-moddasi bilan javobgarlikka tortilgan bo‘lishi va ushbu qilmishlarni ma‘muriy javobgarlikka tortilgandan so‘ng bir yil muddat davomida takror ravishda sodir etganligi hisoblanadi. Tahlil etilayotgan jinoyatning sub‘yektiv tomoni aybning qasd shaklida ifodalanadi. Jinoyatning maqsadi sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish hisoblanadi. Shu sababli jinoyat maqsadi jinoyat tarkibining zaruriy belgisiga kiritilganligi bois, mazkur maqsadning aniqlanmasligi qilmishni Jinoyat kodeksi 1863-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishni istisno etadi. Ko‘rilayotgan jinoyatning sub‘yekti 16 yoshga to‘lgan shaxslar bo‘lishi mumkin. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish: a) ko‘p miqdorda; b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; g) mansab mavqeini suiiste‘mol qilish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa; d) badanga o‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa; y) dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning sifati va davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 1863-moddasi ikkinchi qismining tegishli bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi (Jinoyat kodeksi 1863- moddasining ikkinchi qismi “a”, “b”, “v” va “g” bandlarida nazarda tutilgan belgilari yuqoridagi moddalarning sharhlarida berilgan). Aybdorning qilmishini Jinoyat kodeksi 1863-moddasining ikkinchi qismi “d” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun ko‘rsatilgan harakatlar badanga o‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lganligini aniqlash kerak. Bunda aybdorning jinoyat sodir etishga bo‘lgan ruhiy munosabati ushbu oqibatlarga nisbatan ehtiyotsizlik shaklida ifodalangan bo‘lishi lozim. Agar aybdorning qilmishida jabrlanuvchining badaniga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazishni xohlab shunday harakatlar sodir etganligi aniqlansa, qilmish sog‘liqqa qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi tegishli moddalar bilan kvalifkatsiya qilinadi. Qoidaga ko‘ra dori vositalari yoki tibbiy buyumlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart. Shu sababli ko‘rsatilgan qilmishlar dori vositalari yoki tibbiy buyumlarning sifati va davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan sodir etilgan bo‘lsa, bunday qilmish Jinoyat kodeksi 1863-moddasining ikkinchi qismi “y” bandi bilan kvalifikatsiya qilinadi. Bunday holda bu kabi qilmishni Jinoyat kodeksi 228-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish: a) juda ko‘p miqdorda; b) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa; v) odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 1863-moddasi uchinchi qismining tegishli bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi. Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish: a) odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa; b) boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, qilmish Jinoyat kodeksi 1863-moddasi to‘rtinchi qismining tegishli bandlari bilan kvalifikatsiya qilinadi. Ta‘kidlash lozimki, Jinoyat kodeksining 186 -moddasi uchinchi qismi “v” bandi va to‘rtinchi qismi “a” va “b” bandlari bo‘yicha jinoiy javobgarlik, faqat odam o‘limi yoki boshqa og‘ir oqibatlar ehtiyotsizlik oqibatida yetkazilgan taqdirdagina kelib chiqadi. Odamlar o ‘limi deganda ko‘rsatilgan harakatlar oqibatida ikki yoki undan ortiq odamlarning halok bo‘lishi tushuniladi. Boshqa og‘ir oqibatlar alomati har bir muayyan holatda ishning tafsilotlari majmuidan kelib chiqqan holda tergov va sud tomonidan hal qilinadi. 13-mavzu. Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlarga qarshish kurashish 1. Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda shug‘ullanish. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling