O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti
Download 1.44 Mb.
|
Ozbekiston respublikasi oliy va orta maxsus talim vazirligi t
2. Byudjet intizomini buzish
Qonunga ko‘ra byudjet intizomini buzish deganda byudjet mablag‘larini byudjetda yoki byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tash- kilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘llash, shunday muassasalar va tashkilotlarda xarajatlar qismi bo‘yicha byudjetdan ajratil- gan mablag‘larning limitlardan ortib ketishi, shtat-smeta intizomini buzish, shunday qilmish uchun ma‘muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etish tushuniladi. Byudjet intizomini buzishning ijtimoiy xavfi mazkur jinoyat sodir etilishi natijasida byudjetda asossiz taqchillik paydo bo‘lishini, yordamga muhtoj muassasa va tashkilotlarni talab qilingan vositalar, mablag‘lar bilan ta‘minlamaslik uchun haqiqiy asos paydo bo‘ladi. Sharhlanayotgan jinoyatning sodir etilishi davlat mablag‘larini samarali, to‘liq natija bilan va o‘z o‘rnida ishlatishga yo‘l bermaydi. Buning natijasida aholining alohida qatlamlari orasida boqimandalik, norozilik kayfiyati shakllanadi, bu esa O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan islohotlarning jamiyat tomonidan idrok qilinishiga salbiy ta‘sir o‘tkazadi, ularni obro‘sizlantiradi. Jinoyat kodeksi 1841-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatning bevosita o‘bekti chiqim limitiga rioya qilish, byudjet mablag‘larini qonuniy va maqsadli sarf etishning o‘rnatilgan tartibiga rioya qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. Byudjet intizomini buzish predmeti deb, byudjet mablag‘lari, ya‘ni davlat byudjetiga kirgan va qonunda o‘rnatilgan tartibda bu mablag‘larni oluvchiga ajratilgan moddiy va pul mablag‘lari tan olinishi lozim. Byudjet mablag‘larini ajratish deganda oluvchiga moddiy va pul mablag‘larini bevosita yo‘naltirish hamda unga tegishli bo‘lgan vositalarni maqsadli ishlatish sharti bilan byudjetga o‘tkazishga ruxsat tushuniladi. Jinoyat kodeksi 1841-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatning o‘bektiv tomoni: byudjet mablag‘larini byudjetda yoki byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo‘llashda; shunday muassasalar va tashkilotlarda xarajatlar qismi bo‘yicha byudjetdan ajratilgan mablag‘larning limitlardan ortib ketishida; shtat-smeta intizomini buzishda ifodalanadi. Byudjet mablag‘larini byudjetda yoki byudjetdan moliyalanadigan muassasalar va tashkilotlarning smetalarida nazarda tutilmagan xarajatlarga yo ‘llash deganda byudjet mablag‘larini sarflash navbatining o‘rnatilgan tartibini buzish yoxud ularni maqsadga muvofiq bo‘lmagan tarzda iste‘mol qilish tushuniladi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling