3. Moliyaviy piramidalarning belgilari va faoliyati bosqichlari
Moliyaviy piramida belgilari:
ro‘yxatdan o‘tish uchun badal haqqi, ishtirokingiz uchun pul to‘lashni so‘rashadi;
biznesga kirish uchun katta miqdorda pul tikish talab qilinadi;
qisqa vaqt ichida katta daromad vaʼda beriladi;
katta daromad yangi sarmoyalarga pul tikish, katta daromad keltirilishi bilan izohlanadi;
o‘ylashga vaqt yo‘qligi, pul tikuvchilarni shoshiltirishadi;
litsenziya yo‘qligini bu ish uchun litsenziya kerak emasligi bilan ishontirishadi;
ma‘lumotlarni sir saqlash haqida ariza, kelishuv shartlari va ikir-chikirlarni sir saqlashni so‘rashadi;
rahbariyat va kompaniya duch kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklar haqida ma‘lumot yo‘qligi;
tashkilot faoliyati ishonchli uygʻotadigan reklama qilinadi
boshqalarni jalb qilish uchun sovgʻa va mukofotlar vaʼda beriladi
Barcha moliyaviy piramida faoliyati uchun umumiy bosqichlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Yaratilish. Bunda piramidaning boshliqlari paydo boʻladi, uning asosiy gʻoyasi, nomi, brendi yaratiladi va rivojlantirish strategiyasi tuziladi.
Reklama. Piramida mashhur artistlar va obroʻli kishilar yordamida imidji paydo qilinadi va faol reklama qilinadi, nashrlarda buyurtma berilgan maqolalar paydo boʻladi.
Oʻsish. Faol reklamadan keyin piramida sarmoyadorlari soni tez oʻsib boradi. Piramidaning dastlabki muvaffaqiyatli sarmoyadorlari haqida mish-mishlar keng tarqaladi. Bu esa piramidaning yanada oʻsishiga olib keladi.
Portlashi (“sovunli shar”ning yorilishi). Bir kun kelib piramidaga qoʻshiluvchilar soni tugaydi, yokin toʻlanadigan foizlar soni kiritiladigan yangi sarmoyalar miqdoridan oshib ketadi va moliya piramidasi tanazzulga uchraydi. Toʻlovlar toʻxtatiladi, aktsiyalar “qulaydi”, dorivor chumolilar, munchoq va “sehrli dorilar” lar hech kimga kerak boʻlmay qoladi.
Oqibatlari. Piramida yakunida minglab yoki millionlab kishilar oʻz sarmoyalarini, garovga qoʻyilgan uy va avtomobillarini yoʻqotishadi. Baʼzilar bunga chiday olmay suiqasd uyushtirishadi. Piramida boshliqlari qochib ketadi yoki qamoqxonaga oʻtirishadi. Baʼzi holatlarda sarmoyadorlarga mablagʻlarining bir qismi qaytariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |