O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent moliya instituti


-mavzu. Moliyaviy piramidalarning amal qilishi va ularga qarshi kurash


Download 1.44 Mb.
bet45/240
Sana25.01.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1119693
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   240
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi t

16-mavzu. Moliyaviy piramidalarning amal qilishi va ularga qarshi kurash


1. Moliyaviy piramidalarning mohiyati.
2. Moliyaviy piramidalar paydo bo‘lishi sabablari va tarixi.
3. Moliyaviy piramidalarning belgilari va faoliyati bosqichlari.
4. Moliyaviy piramidalarning turlari.
5. Tarmoqli marketing bilan moliyaviy piramida o‘rtasidagi farq.
6. Moliyaviy piramidalarga qarshi kurashish tizimi.


Tayanch so‘z va iboralar: moliyaviy piramida, eng ulkan moliyaviy piramidalar, moliyaviy piramidalar paydo bo‘lishi sabablari, moliyaviy piramidalarning tarixi, moliyaviy piramidalarning belgilari, “sovunli shar”ning yorilishi, moliyaviy piramidalarning faoliyati bosqichlari, moliyaviy piramidalarning turlari, uy mehnati koʻrinishidagi piramidalar, niqoblangan moliyaviy piramida, tarmoqli marketing, moliyaviy piramidalarga qarshi kurashish tizimi, tarmoqli tashkilot, sotuvchi agent.


1. Moliyaviy piramidalarning mohiyati
Moliyaviy piramida - bu yangi ishtirokchilar tomonidan tashqaridan keladigan doimiy mablag 'oqimiga asoslangan tizim. Yangi mablag‘lar oqimi shaklida olingan pullar eski investorlarning majburiyatlarini to‘lashga yo‘naltiriladi. Piramidaning aylanish jarayoni har doim qat‘iyy cheklangan. Yangi mablag‘lar oqimining pasayishi yoki hatto to‘xtatilishi bilan butun piramida qulab tushadi.
Hozirgi kunda chinakam foydali va daromadli loyihalarni moliyaviy piramidalardan ajratib olish unchalik oson emas. Bu piramidalarni yaratuvchilarning turli hiyla-nayranglari, fuqarolarimizning moliyaviy savodsizligi va hech narsa qilmasdan boyib ketish istagi tufayli, bu “teshiklarni” qonunga qo‘shib qo‘yishadi va biz juda yaxshi yashiringan daromadli kompaniyaga ega bo‘lamiz, bu aslida hech narsa emas.
Oddiy fuqarolar haqida nima deyishimiz mumkin, hatto tartibga solish organlari har doim ham mavjud xususiy moliyaviy tizimlarning qonuniyligini darhol aniqlay olmaydilar. Bularning barchasi “moliyaviy daholar” dan foydalanadi.
Moliyaviy piramida odamlar ishonchini qozonish orqali amalga oshiriladigan firibgarlik hisoblanadi. Piramida doimiy tarzda pul mablagʻlarini jalb etishga asoslanadi. Bunda piramidaning ilk ishtirokchilariga foyda keyingi sarmoyachilar hisobidan qoplanadi.
Moliyaviy piramida aynan yaqin qarindoshlarning, tanish bilishlarning tashviqoti bilan sodda kishilar ishtirokida tashkil etiladi. Moliyaviy piramidaga odamlarning tezroq boyish va oson daromad olishga bo‘lgan intilishi sabab bo‘ladi. Moliyaviy piramidalarda avvaliga mo‘maygina mablag‘ tikishingiz zarurligi aytiladi, katta foizlar va‘da qilinadi, bergan pulingiz tezda qaytishiga ishontiriladi, daromad ko‘rish uchun sizdan tanishlaringizni jalb qilishingiz so‘raladi, ular ham o‘z mablag‘larini tikishi lozim bo‘ladi. Moliyaviy piramida pul mablag‘larini doimiy ravishda jalb qilib turgan holda tuzilma ishtirokchilarini daromod bilan ta‘minlab turish demakdir. Uning boshqacha nomi sarmoyaviy piramida deb yuritiladi. Bunda birinchi ishtirokchining daromadi ikkinchi va boshqa ishtirokchilarning pul mablag‘lari hisobidan ta‘minlanadi. Bu daromadlarning manbai ko‘p hollarda ko‘rsatilmaydi. Yoki soxta nomlar bilan deklaratsiya qilinadi. Bu kabi holat firibgarlikdan boshqa narsa emas. Qoidaga ko‘ra moliyaviy piramida tashkilotchilari mijozlarga olam-olam va‘dalar berishadi. Biroq ishtirokchilarning hammasiga va‘da qilingan pullarning qaytarilishining imkoniyati yo‘q. Odatga ko‘ra, moliyaviy piramidalar tijorat muassasi sifatida ro‘yxatdan o‘tadi va qandaydir loyihani moliyalashtirish bahonasida mablag‘ to‘play boshlaydi. Agar loyihaning haqiqiy daromadi mijozlarga berilgan va‘dalardan kam bo‘lsa, yoki umuman daromad ko‘rilmaydigan bo‘lsa, u holda so‘nggi mijozlarning mablag‘lari birinchi mijozlarga beriladi. Buning oxir oqibati loyihaning kasodga uchrashi bilan yakunlanadi. Oddiy so‘z bilan aytganda eng so‘nggi a‘zo bo‘lgan mijozlar qo‘llarini burunlariga tiqqanicha qoladi, ya‘ni bir qo‘shiqdagi “bilmam adashdim yo to‘g‘ri qildim” degan satrlarni xirgoyi qilib yuborganlarini o‘zlari bilmay qolishadi. Ular moliyaviy piramidaga kiritgan sarmoyalaridan mahrum bo‘ladi. Chunki to‘plangan mablag‘lar likvid aktivlarini sotib olishga emas, balki avvalgi sarmoyadorlarga pullarni qaytarishga sarflanadi. Moliyaviy piramida faoliyat qancha uzoq davom etsa, mijozlarga pullarni qaytarish imkoniyatlari ham kamayib boraveradi. 
Ammo, katta pul vaʼda qilingan vaqtda, bepul pishloq faqat qopqonda boʻlishini yodingizga keltirsangiz boʻlgani
Haqiqatan ham havodan qanday qilib pul ishlashingiz mumkinligini tasavvur qilish uchun dunyodagi eng mashhur va eng yirik moliyaviy piramidalarni ko‘rib chiqaylik.
Dunyodagi bugungi kunda faoliyat yuritayotgan eng ulkan moliyaviy piramidalar.
Ba‘zi adabiyotlarda qayd etilishicha, dunyoda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan eng ulkan moliyaviy piramida bu — AQSh dollari.
1944 yilda, dunyodagi aksariyat mamlakatlar kelishuvi asosida, Bretton-Vud konventsiyasi imzolangan edi. Unga koʻra AQSh hukumati barcha mamlakatlarga, har doim va har qanday sharoitda 35 dollarni bir untsiya oltinga almashtirishga vaʼda bergan, buning evaziga esa, AQSh dollari mamlkatlar orasida savdo-sotiq uchun ishlatiladigan xalqaro valyutaga aylantirilgan edi.
Xalqaro bozorda olib-sotish operatsiyalari uchun qaysi mamlakatga dollar kerak boʻlsa, u AQSh dan oltin hisobiga sotib olar, mamlakatlararo olib-sotish uchun kerak boʻlgan mablagʻni davlatlar oʻz hisob raqamlarida AQSh dollari koʻrinishida saqlar edi.
Oradan 27 yil oʻtib, AQSh hech kim bilan kelishmagan holda, oʻz vaʼdasidan voz kechadi. Dollar AQSh hukumatiga kerak boʻlgan hajmda, qoʻshimcha chop etila boshlaydi. Natijada dollar kursi qisqa vaqt ichida bir necha barobarga tushib ketadi, oltin narxi esa koʻtarilib ketadi. Oʻz moliyaviy zahiralarini dollar hisobida saqlayotgan barcha mamlakatlar katta iqtisodiy zarar koʻradi.
Aytmoqchi, ushbu inqroz faqat Germaniyani chetlab oʻtadi. Germaniya 1971 yilning boshida oʻz valyuta zahiralarini (5 mlrd. dollar) toʻliq hajmda oltinga almashtirib, Bretton-Vud tizimidan chiqib olishga ulguradi.
Dollar piramidasi MMM moliyaviy piramidasini juda eslatadi: bir kishi, shaxsiy foyda yoʻlida, oddiy qogʻozda “1000 rubl” deb yozib uni koʻplab miqdorda chop etadi. Barcha OAVlar orqali aholiga “bu ishonchli sarmoya va daromad manbai” deb uqtiriladi. Bunga ishongan odamlar birin ketin oqib kela boshlaydi. Dastlabki bosqichda, vaʼda berilganidek, ushbu “qogʻoz”lar barchadan qaytib sotib olinaveradi. Lekin, bir kuni kelib “koʻza sinadi” va millionlab odamlar qoʻlida hech kimga kerak boʻlmagan oddiy qogʻozni ushlab qolishadi. 
Bugungi kunda AQShning kuchli targʻiboti va siyosati evaziga dollar dunyoda ishonchli valyutalardan biri hisoblanadi, vaholanki, u hech narsa bilan taʼminlanmagan, ayrim maʼlumotlarga qaraganda, dollar hajmi dunyodagi barcha mahsulot hajmidan oʻn barobar ortiqcha. Bir kun kelib dollar narxi keskin tushib ketsa yoki Ahmadboy aytganidek, “biror kor-hol boʻlib qolsa” — hech kim buning uchun javob bermaydi.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling