O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 464.07 Kb.
bet24/97
Sana26.01.2023
Hajmi464.07 Kb.
#1125534
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97
Bog'liq
1 kurs O`zbekiston tarixi UMK

17.Mavzu: Eftaliylar davlati.
Mavzu rejasi:

  1. Eftaliylar davlatining tashkil topishi.

  2. Eftaliylar xukmronligi davrida ijtimoiy va iqtisodiy hayot.

  3. Madaniy hayot.

Adabiyotlar:

  1. Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. –Т.: “ Sharq”, 2010, 349-369 betlar.

  2. History of civilizations of Central Asia .The crossroads of civilizations: A.D. 250

to 750 Volume III.1996, 458-465.

V asrning o’rtalarida O’rta Osiyoga shiddat bilan kirib kelgan ko’chmanchi aholi yozma manbalarda eftal, xeftal, xaytal, xetal, abtal, idal, tetal, i-da, ye-dien kabi qator jarangdor nomlar bilan tilga olinadi. Eftal degan nom ilk bor xetal shaklida V asrga oid arman manbalarida uchraydi. Bu nom aslida Eftalon deb yuritilgan qabila nomidan olingan. Vaxshunvor boshliq Eftaliylar davlati tashkil topgach, bu etnonim qabila nomidan davlat nomiga ko’chgan. CHunki shoxlik taxtiga mingan Vaxshunvar eftalon qabilasi zodagonlaridan biri edi.Stanford universiteti professori Paul Garrison 2007-yilda Afg’onistondan topilgan mis o’ramalrni o’qidi. Ushbu mis o’ramalar milodiy 492-493-yillarga oid deb topildi va ularning eftaliylar davriga oidligi tasdiqlandi. Undan ular buddaviylikka e’tiqod qilganligi va Eroniy nomlarni olganligini ko’ramiz. 47Professor Paul Harrison of Stanford University, who deciphered a copper scroll form Afghanistan in 2007 CE. The scroll is dated from 492-93 CE and is from the period of the Hephthalites. It apparently mentions that they were Buddhists and had Iranian names and includes about a dozen names including that of their overlord or King.


Eftaliylarning O’rta Osiyoga yurishi V asr o’rtalarida boshlanadi. Qisqa vaqt ichida CHag’oniyon, Toxariston va Badaxshon bo’ysundiriladi. Bir zarba bilan So’g’dda xioniylar xukmronligi barxam topadi. V asrning 50-yillarida Eftaliylar davlati nixoyatda kuchayadi. Ularning dastlabki elchisi 456 yilda Xitoyga yetib boradi.
Eftaliylarninr tobora kuchayib borayotgan tajovuzidan xavfsiragan sosoniylar ularga qarshi yurish qiladi. Ikki o’rtadagi jangu jadallar Peruz xukmronlik qilgan davrda (459—484 yillar) ayniqsa avjiga chiqadi. Sosoniylar shoxi eftaliylarga qarshi uch marta yurish qiladi. Dast­labki maxorabadayoq u mag’lubiyatga uchrab asir tushadi. Vizantiya imperatori Zenon tomonidan yuborilgan o’lpon evaziga u asirlikdan ozod etiladi. Peruz chegaradagi Talikon shaxrini eftaliylarga berish va bundan bo’yon Varaxron V tomonidan belgilangan chegara Toshminoradan o’tmaslik shartini o’z zimmasiga oladi. Ammo u bu shartlarni bajarmaydi. Bir oz vaqt o’tgach, ikkinchi marta eftaliylarga qarshi qo’shin tortadi. Peruzning ikkinchi yurishida ittifoqdosh Vizantiyaning elchisi Yevseviy ishtirok qiladi. Ikkinchi yurish xam muvaffakqiyatsiz tugaydi. Ikkinchi marta asirlikka olingan Peruz 30 xachir dirxam o’lpon to’lash majburiyatini oladi. Biroq uning deyarli bo’shab qolgan xazinasidan faqat 20 xachirga yuk bo’ladigan mablag’ topiladi, xolos. SHoxning Kubod ismli yosh o’g’li eftaliylar yurtiga garovga yuborilib, Peruz tutqinlikdan ozod etiladi. Ikki yil davomida ef­taliylarga katta o’lpon to’lab turiladi. O’lponni shox, aholiga og’ir soliq solish yo’li bilan to’playdi. Yozma manbalar bu voqealar Peruz tomonidan Eronning ef­taliylarga sotilib oyoq osti qilingani va bunday mazlumlikdan abadul-abad oriyoniylar yurti xalos bo’la olmasligi alam bilan qayd etiladi.
Belgilangan o’lponni to’lab bo’lgach, Peruz eftaliylar bilan aloqani yaxshilashga xarakat qiladi. Ular bilan quda-andachilik ipini bog’lash maqsadida raqibiga singlisini xotinlikka taklif etadi. Eftaliylarning iltimosiga binoan 300 ta harbiy mutaxassislar yuboriladi. Ammo eftaliylar xokimi Kunxa Eron xarbiylarining bir kismini o’ldirishni, qolganlarini esa urib, mayib kilishni buyuradi. CHunki shox singlisi o’rniga cho’rilaridan birini yuborib, eftaliylar xukmdorining izzat-nafsiga tekkan va bunday xiyla-nayrangi bilan uni nixoyatda ranjitgan edi. SHu boisdan Peruz 484 yilda eftaliylarga qarshi uchinchi marta yurishga otlanadi. Bu galgi urush sosoniylar shoxining xalokati bilan tugaydi. Marv ishg’ol qilinib, Eron ustiga juda og’ir o’lpon yuklanadi. Garchi Peruzning vorislari Kubod (488—531 yillar), Anushervon (531—579 yillar) xukmronlik qilgan davrlarda eftaliylar bilan munosabatlar ancha yumshab tinchlik tusini oladi. Xatto ayrim vaqtlarda Vazantiyaga qarshi Eftaliylarning ittifoqdoshi sifatida xarakat qilingan bulsa-da, sosoniylar yil sayin kumush xisobida muayyan belgilangan bojni muttasil to’lab turadi. SHunday qilib, kibr-xavoli zabardast Vizantiya imperatorlarini bir necha bor tiz cho’ktirgan sosoniylar endilikda yarim ko’chmanchi Eftaliylarning daxshatidan vaximaga tushib, ularning bokiy o’lpondori bo’lib koladi.
Kisqa muddat mobaynida eftaliylar Kobul va Panjob vodiylarini egallaydilar. So’ngra Urumchi, Korashar, Ku­cha, Xuton va Kashgar shaxarlari zabt etiladi. Natijada V asrning ikkinchi yarmi va VI asr boshlarida O’rta Osiyo, SHarqiy Eron, SHimoliy Xindiston va SHarqiy Turkiston yerlarini yagona xududga birlashtirgan Eftaliylar davlati tashkil topadi. Garchi bu davlat siyosiy jixatdan Kushon podsholigiga nisbatan unchalik mustaxkam bo’lmasa-da, ammo maydoni jixatidan undan ulkanroq edi. Bu buyuk davlat SHark mamlakatlari, xususan O’rta Osiyo xalklari tarixida Ayniqsa muxim rol o’ynadi.

Manbalarda quyidagi eftaliy hukmdorlar nomi saqlanib qolgan:




  1. Download 464.07 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling