O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti
Mavzu: Xioniylar, Kidariylarning O‘rta Osiyoga kirib kelishi
Download 464.07 Kb.
|
1 kurs O`zbekiston tarixi UMK
16.Mavzu: Xioniylar, Kidariylarning O‘rta Osiyoga kirib kelishi.
Mavzu rejasi: Yerga egalik munosabatlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishi Xioniylar davlati Kidariylar davlati. Adabiyotlar: Shamsutdinov R, Karimov Sh. Vatan tarixi. –Т.: “ Sharq”, 2010, 349-369 betlar. Гумилёв Л. Н. Древние тюрки. — СПб.: 2002, 3-57 стр. III asrda tobora zaiflashib borayotgan Kang’ davlati tasarrufidan birinchilardan bo’lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni maxalliy afrig’iylar sulolasiga mansub xorazmshoxlar idora qila boshlaydi. O’z mustaqilligini tiklab olgan Xorazm davlatining poytaxti dastlab qoraqalpog’istonning xozirgi Ellikqal’a tumani xududida joylashgan qadimgi Tuproqqal’a shaxxar xarobasining o’rnida bo’lgan. Mudofaa jihatidan poytaxt nihoyatda mustahkam qurilgan edi. U atrofi chuqur va keng xandaq bilan o’ralgan baland tagkursi ustiga to’rtburchak shaklida (500x350 m) xom g’ishtlardan bino qilingan. Balandligi qariyb 10 m, uning tashqi devori qator nishon tuynuklar va mulalar bilan mustaxkamlangan. SHaxarning janubida devorning qoq belida mustahkam labirintli darvozaxona bo’lgan. Darvoza qarshisida shahar markazidan kesib o’tkazilgan ko’chaning har ikki tomonlari bo’ylab shaharliklarning turar joylari qanot yozgan. SHaharlar markazidan yuqoriroqda ibodatxonalar majmui, uning shimoli-g’arbiy burchak qismida esa balandligi 25 m li uch minorali xorazmshoxlar qasri qad ko’targan. qacp imoratlari ikki qavatli shoxsaroyi va koshona turar joylarning devoru tokchalari, turli mazmundagi rangdor tasvirlar, qabartma ganchkor naqshlar xamda xaykallar bilan bezatilgan. SHaxarning umumiy maydoni 26 ga. Bu davrda Xorazmda atrofi mustaxkam devorlar bilan o’ralgan mana shunday shaxarlar, istexkomli qishloqlar juda ko’p bo’lgan. Beruniyning yozishicha, 305 yilda xorazmshox Afrig’ o’z qarorgohini Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shaxriga ko’chiradi. Kat qayta tiklanib, uning yonida joylashgan Alfir qasri ichida shox o’ziga yangi saroy qurdiradi. Xuddi shu vaqtlardan boshlab Xorazmning Afrig’iy podshoxlari betiga shox va orqasiga suvoriy tasvirlari tushirilgan kumush tangalar zarb etib, mamlakatning ichki va tashqi savdo munosabatlarida mustaqil bo’lib oladilar. V asr o’rtalarida O’rta Osiyoga shimoli-sharqdan Yettisuv va SHarqiy Turkiston xududlaridan kelgan ko’chmanchi chorvador xion qabilalarining xujumi boshlanadi. Tarixda ular xioniylar nomi bilan shuhrat topadi. Xioniylar qadimgi turkiy xunnu qabilalariga qon-qarindosh bo’lib, shu boisdan g’arbiy muarrixlar ularni «oq xunlar» deb ataydilar, Arman manbalarida ta’riflanishicha, o’sha paytlarda xioniylarning ruxsoriga endigina ajin oralagan o’rta yoshdagi Grumbat ismli podshoxi bo’lgan. Uni g’oyatda dono, bexisob g’alabalari bilan dong’i taralgan zabardast xukmdor bo’lgan. 353 yilda xioniylar So’g’dga bostirib kiradilar. So’ngra ular Eronda tashkil topgan va tobora zo’rayib, o’z tazyiqini O’rta Osiyoda muttassil kuchaytirib borayotgan Sosoniylar davlati bilan to’qnashadi. Ikki o’rtada bo’lib o’tgan dastlabki janglardayoq sosoniylar shoxi SHopur II (309—379 yillar) xioniylardan yengiladi. So’ngra o’zaro sulhga kelishilib, ular o’rtasida ittifoqchilik ipi bog’lanadi. SHunga muvofiq 359 yilda Grumbat va uning o’gli boshliq xioniylar Suriyaning Umda shaxrini qamalga olishda sosoniylar bilan bir safda turib qatnashadilar. Jangda xatto xioniylar shahzodasi xalok bo’ladi. Ammo ko’p vaqt o’tmay Grumbat bilan SHopur II o’rtasidagi munosabatlar yana keskinlashadi. IV asrning 60- yillari oxiri va 70- yillari o’rtasida SHopur II boshliq sosoniylar Amudaryo xavzasiga ikki marta askar tortadilar. Har ikki safar ham ular katta talafot ko’rib xioniylardan yengiladilar. SHunday qilib, IV asrning 70- yillarida xioniylar O’rta Osiyoda uzil-kesil xukmronlikni o’rnatishga muvaffaq bo’ladilar. Sirdaryo bo’ylaridan to Amudaryo xavzasigacha cho’zilgan keng maydonda xioniylarning kuchli davlati qaror topadi. Bu davlat 120 yildan oshiqroqumr kechiradi. V asrning 20-yillarida Xorazm hamda Amudaryo havzasiga SHarqdan Sirdaryo va Orol bo’ylari orqali yana bir ko’chmanchi chorvador aholi—toxarlar kirib keladi. Toxarlar kushonlarning avlodlaridan bo’lib, Kidar ismlli xukmdor ularga yo’lboshchi edi. SHu boisdan manbalarda ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Tez orada kidariylar Amudaryo havzasi hamda g’arbiy va Janubiy So’g’d yerlarini ishg’ol qilib, Xioniylar davlatining janubiy qismida o’z xukmronligini o’rnatadi. Amudaryoning so’l tomonida joylashgan Balx shah;ri esa bu yangi davlatning poytaxtiga aylanadi. Aftidan, kidariylar xioniylar bilan ittifoqchi sifatida h.arakat qilgan va o’z tajovuzkorliklarini Xuroson tomon kengaytirishga intilgan. V asrning 60-yillariga qadar ular sosoniylarning SHarqdagi asosiy dushmani bo’lib qolgan. Marv vohasida kidariylar bilan sosoniylar shohi Varaxran V (420—438 yillar) o’rtasida sodir bo’lgan jangda shoxning qo’li baland kelib, o’z dushmani ustidan g’alaba qozonadi. Bu voqeadan so’ng kidariylar mamlakati bilan sosoniylar davlati o’rtasida chegara belgilanib Talikon yaqinida toshdan chegara minorasi o’rnatiladi. CHegarani nazorat ostiga olib, uni muttasil kuzatib turish maqsadida Varaxran V xatto Xuroson valiysi qarorgohini Balx shaxriga ko’chiradi. Biroq bu bilan chegara xavfi barxam topmaydi. Shimoli-sharqiy chegaralarni kidariylar xujumidan mudofaa qilish zaruriyati sosoniylarning yana bir shoxi Yazdijirdni (438 457 yillar) ham uzoq yillar davomida dushman bilan muttasil shiddatli jang qilishga majbur etadi. Kidariylar ustidan shox goh g’alaba qozonadi, goh mag’lubiyatga uchraydi. 456 yilda bo’lib o’tgan navbatdagi harbiy to’.qnashuvlardan birida katta talafot berib, sosoniylardan qaqshatqich zarbaga uchragan kidariylar o’zlarini qayta o’nglab ololmaydi. Ayni shu vaqtda ular shimoldan O’rta Osiyo tomon siljigan yana bir ko’chmanchi chorvador aholi eftaliylar bilan to’qnashadi. Natijada O’rta Osiyoda xukmronlik barqarorligini mustaxkamlab olishga ulgurmagan kidariylar mamlakatni tark etib, janubga Shimoliy Xindistonga tomon chekinishga majbur bo’ladi. Ular Xindistondagi Gupta davlatini o’ziga bo’ysundirib, u yerda 75 yil xukmronlik kilishadi. SHimoliy xind yerlarini egallagach kidariylar 477 yilda hatto Ganxara viloyatidan Xitoyga o’z elchilarini ham yuborishadi. Download 464.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling