O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” fakulteti
Download 29.43 Kb.
|
Xitoy (1) (1)
Xitoy aholisining soni
Xitoy aholisi soni 1961 yildan beri birinchi marta kamayib ketdi. Qayd etilishicha, Xitoy aholisining soni 2022 yilda 850 ming nafarga qisqargandi. Bu tarixiy burilish bo‘lib, mamlakatning iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xitoy Milliy Statistika byurosi mamlakat aholisining 1 milliard 411 million kishi ekanligini ma'lum qildi. Tug'ilish koeffitsienti ming kishiga 6,77, o'lim darajasi esa ming kishiga 7,37 deb belgilangan Xitoyning bu yil Hindistonga "eng gavjum mamlakat" unvonini boy berishi kutilmoqda. Shuningdek, o‘tgan yili Xitoyda tug‘ilish darajasidan ko‘ra, o‘lim darajasi yuqoriroqni tashkil etgan. Ya’ni mamlakatda 9,56 million odam tug‘ilib, 10,41 million odam vafot etgan. “Odamlar mamlakat aholisining kamayishi haqida tashvishlanmasligi kerak, chunki umumiy ishchi kuchiga bo‘lgan talab yana oshib ketadi”, deyiladi Xitoy Milliy statistika byurosi xabarida. Xitoyda bir bola cheklovi oldingi yillarda olib tashlangan bo'lsa-da, oilalar yashash narxi kabi sabablarga ko'ra yangi farzand ko'rishdan uzoqlashmoqda. Ma’lumot uchun, Xitoy hukumati 2015 yilda 2 nafar farzand, 2021 yilda esa 3 nafar farzand ko‘rishga ruxsat bergan edi. Kunimizda mamlakatda bola tug‘ilishi hokimiyat tomonidan rag‘batlantirilmoqda. Hozirgi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda 1,4 milliard odam yashaydi. Xitoy Milliy Statistika Byurosi tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlar Xitoy iqtisodiyotining ham pasayganiga ishora qildi. Shunga ko'ra, Xitoy iqtisodiyoti 2022 yilda 3 foizga o'sdi. O'sish yillik 5,5 foizlik ko'rsatkichdan past bo'ldi. Xitoy 2020 yilda yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) epidemiyasi boshlanishi bilan 2,3 foizga o'sdi. O‘tgan yili mamlakatda qat’iy amalga oshirilgan “nol kasalllanish holati” siyosati iqtisodiy faoliyatni to‘xtatib qo’ydi. Xitoy Xalq Respublikasi aholisi 2021-yil boshiga 1,411 milliard kishini tashkil etgan. Xitoy Xalq Respublikasi aholini roʻyxatga olish natijalarini eʼlon qildi. Unga koʻra, mamlakat aholisi 2021-yil boshiga 1,411 milliard kishini tashkil etgan. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasida aholini roʻyxatga olish jarayonlari 2023-yil 1-25-noyabr kunlari oʻtkazilishi belgilangan. Aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish tadbiri 2021-yil 1-25-noyabr kunlari Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi. Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-aprel holatiga koʻra, respublikaning doimiy aholisi soni qariyb 34,7 million kishini tashkil etmoqda. Download 29.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling