O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” fakulteti


Koronavirus: Xitoy iqtisodi yana oʻsishni boshladi, ammo qanday qilib?


Download 29.43 Kb.
bet3/5
Sana10.02.2023
Hajmi29.43 Kb.
#1187319
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xitoy (1) (1)

Koronavirus: Xitoy iqtisodi yana oʻsishni boshladi, ammo qanday qilib?
Xitoy iqtisodi rekord pasayishdan soʻng joriy yilning ikkinchi choragida 3,2 foizga oʻsgan. Bu haqda BBC xabar berdi.
Dunyoning ikkinchi iqtisodi boʻlgan Xitoyda koronavirus sabab karantin amal qilgan birinchi chorakda oʻsish surʼati keskin tushib ketgan edi. Ammo shu hafta eʼlon qilingan yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmiga doir raqamlar Xitoy iqtisodi aprel — iyun oylarida yana oʻsishni boshlaganini koʻrsatyapti. Xitoy oʻz iqtisodini qaytadan ishga tushirarkan, dunyo ushbu raqamlarni yaqindan kuzatmoqda. Oxirgi raqamlar ekspertlar bashorat qilganidan kattaroq. Bu Xitoy amalda texnik retsessiya sifatida bilingan ketma-ket ikki chorakdagi negativ oʻsishni chetlab oʻtishini anglatadi.
Joriy yilning ilk choragida Xitoydagi iqtisodiy oʻsish surʼati 6.8 foizga tushgan, bu yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblash boshlanganidan buyon eng katta tushish boʻlgan. Xitoy virusni jilovlash maqsadida qattiq choralarga koʻl urarkan, koʻpgina fabrika va bizneslar yopilib qolgan. Hukumat iqtisodni jonlantirish uchun qator choralar koʻrgan, jumladan, soliq imtiyozlari bergan. 
Manbaning yozishicha, hozirda Xitoydagi fabrikalar jonlanib qolgan, hukumat eʼlon qilgan choralar ish berayotir. Ammo chakana savdo Xitoy hukumati umid qilganichalik jonlanmayapti. Chakana savdo raqamlari ikkinchi chorakda ham tushgan, odamlarni pul sarflashga undash oson boʻlmayapti. Iqtisod qaytadan oyoqqa turishni boshlarkan, AQSH bilan keskinlik ham, ayniqsa, Gongkong masalasida ortmoqda.
May oyida Xitoy koronavirus bois 2020-yil uchun iqtisodiy oʻsish moʻljalini eʼlon qilmasligini aytgan edi. Xitoy 1990-yildan buyon birinchi marta oʻzi uchun yalpi ichki mahsulot oʻsish rejasini eʼlon qilmagan.
Xitoy milliy statistika idorasiga koʻra, joriy yilning birinchi yarmida mamlakatda iqtisodiy oʻsish surʼati 1,6 foizga pasaygan.
Xitoy iqtisodiyoti birinchi chorakda koronavirus pandemiyasi boshlanishi natijasida tanazzulga uchragan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18,3 foizga oshdi. Ushbu natija 90-yillarning boshlarida, choraklik YaIM statistikasi nashr etila boshlangandan beri eng yuqori choraklik o‘sish ko‘rsatkichi hisoblandi.
E'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, sanoat sohasidagi o‘sish va SOVID-19 infeksiyasining past darajasi sabab 2020 yilning oxirlarida mamlakat iqtisodiyoti inqirozgacha bo‘lgan davrdan oshib ketgan.
«Esda tutish kerakki, SOVID-19 epidemiyasi hali ham dunyo bo‘ylab tarqalmoqda va xalqaro vaziyat qiyin bo‘lib, yuqori darajadagi noaniqlik va beqarorlik saqlanib qolmoqda. Ammo amaldagi tiklanish tendensiyasi yil davomida davom etishiga aminmiz», dedi Xitoy Milliy statistika byurosi vakili Lyu Ayxua.
Birinchi chorakda YaIM o‘sishidagi asosiy ulushni sanoat ishlab chiqarishi egallab, uning ulushi YaIM oshishida 24,5 foizni tashkil etgan. Sanoat o‘sishiga eksportning tiklanishi ham sabab bo‘lgan.
Shuningdek, mart oyida chakana savdo 34,2 foizga o‘sgan.
Ushbu ko‘rsatkichlarni birinchi navbatda Xitoy mahsulotlariga, shu jumladan, elektronika va mebellarga bo‘lgan global talab ta'minlagan. Bundan tashqari, keng ko‘lamli infratuzilma loyihalari va ko‘chmas mulkka investitsiyalar iqtisodiy faollikning o‘sishiga yordam bergan.
Tahlilchilarning prognozlariga ko‘ra, Xitoy eksportiga bo‘lgan talab 2021 yil oxiriga qadar pasayib ketishi ham mumkin.
Avvalroq, 2020 yilgi pandemiya cheklovlariga qaramay, Xitoy o‘tgan yil davomida iqtisodiy o‘sishga erishgan yagona yirik iqtisodiyot bo‘lgani ma'lum qilingandi. Brukings instituti hisob-kitoblariga ko‘ra, taxmin qilinganidan ikki yil oldin, ya'ni 2028 yilga kelib, Xitoy dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga aylanishi mumkin.
Xitoyning yalpi ichki mahsuloti birinchi chorakda 4,8 foizga o’sdi, bu iqtisodchilar prognozidan yuqori. Chakana savdo yiliga 3,5 foizga kamaydi, bu 2020 yil iyul oyidan beri birinchi pasayish, mart oyida ishsizlik darajasi esa 5,8 foizni tashkil etdi.
Mart oyida Xitoyning iste’mol xarajatlari yangi COVID blokirovkalaridan keyin keskin kamaydi. Birinchi chorakda chakana savdo o’tgan yilning shu davriga nisbatan 3,5 foizga kamaydi. Bu 2020-yil iyulidan beri birinchi pasayishdir, deb yozadi Bloomberg Xitoy Milliy statistika byurosi maʼlumotlariga tayanib.
Birinchi chorakda YaIM o‘sishi 4,8 foizni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishi 5 foizga o’sdi, bu o’rtacha prognoz 4 foizdan yuqori. Birinchi chorakda investitsiyalarning o’sishi 9,3% gacha sekinlashdi. 2021-yilning oxirgi choragi bilan taqqoslaganda, iqtisodiyot 1,3 foizga o‘sdi, bu esa o‘sish sur’ati sekinlashganini ko‘rsatadi.
Mart oyida ishsizlik darajasi 5,8% ni tashkil etdi, bu 2020 yil may oyidan beri eng yuqori daraja. NatWest Group kompaniyasining xitoylik iqtisodchisi Liu Peyqyan agentlikka ishsizlikning ortib borishi uzoq muddatda iqtisodiyotga ta’sir qilishini aytdi.

Download 29.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling