O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” fakulteti


Download 29.43 Kb.
bet4/5
Sana10.02.2023
Hajmi29.43 Kb.
#1187319
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xitoy (1) (1)

Davlat tuzumi


Xitoy Xalq Respublikasi. Amaldagi konstitutsiyasi 1988-yil 4-dekabrda qabul qilingan; 1988, 1993, 1999-yillarda ayrim tuzatishlar kiritilgan. Konstitutsiyaga koʻra, Xalq vakillari Umumxitoy majlisi (XVUM) davlat hokimiyatining oliy organi. XVUM davlat boshligʻi — XXR raisi (2012-yildan Si Jinping) va uning oʻrinbosarlarini saylaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni XVUM amalga oshiradi. XVUM provinsiya, muxtor rayon, markazga boʻysunuvchi shaharlar va qurolli kuchlar tomonidan saylanadigan deputatlardan iborat. XVUMning doimiy ishlovchi organi Doimiy qoʻmitadir. XVUM vakolat muddati 5 yil Ijroiya hokimiyatni Davlat kengashi (hukumat) amalga oshiradi. U XVUM va uning doimiy qoʻmitasi oldida hisob berib turadi. Davlat kengashining vakolat muddati 5 yil

Tabiat hodisalari


Vaqti-vaqti bilan Xitoyda tayfunlar boʻlib turadi, 2021-yil 25-iyulda Xitoyning sharqidagi Chjensyan provinsiyasiga In-fa tayfuni yopirildi. Tayfun episentri yaqinida shamol tezligi soniyasiga 38 metrgacha yetgan[1].

Aholisi


Xitoy — koʻp millatli davlat. Jami aholining 95 % i xitoylar; qolgan qismi turli til guruhi va oilalariga mansub boʻlgan 56 xalqdan iborat. Xitoylarning koʻpi mamlakatning sharqiy qismida yashaydi. Xueylar (7 mln.ga yaqin) ham xitoy tilida soʻzlashadi. Xitoyning shimoli-gʻarbida turkiy tillar guruhiga mansub xalqlar — uygʻurlar, qozoqlar, qirgʻizlar, salorlar va boshqa, shimoliy va shimoli-sharqidagi dasht va chala choʻllarda mongol guruhiga kiruvchi xalqlardan mongollar, dunsyanlar, tular, shimoli-sharqida tungus manjur xalqlari, gʻarbi (Tibet) va janubi-gʻarbida tibet-birma xalqlari, janubida tai tillarida soʻzlashuvchi xalqlar va boshqa yashaydi. Sintszyanning janubi-gʻarbida pomir tojiklari xam bor.
Dindor xitoylar buddizm (shimoliy tarmogʻi), daosizm va konfutsiychilikka eʼtiqod qiladi. Tibetlar va mongollarning dini — buddizm-lamaizm. Xueylar va turkiy guruhga kiruvchi xalqlarning koʻpchiligi islom dinining sunna mazhabiga eʼtiqod qiladi (pomir tojiklari ismoiliya mazhabida). Rasmiy til — xitoy tili. Yirik shaharlari: Shanxay, Pekin, Tyantszin, Lyuyda, Uxan, Chunsin va boshqa

Download 29.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling