O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya fanidan Keyslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys natijalarini yozma tarzda
Yechim algoritmi:
1. Moliyaviy faoliyatga ta’sir etadigan omillar tarkibini aniqlang. 2. Bilvosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhit, bevosita ta’sir ko’rsatuvchi tashqi moliyaviy muhit, ichki moliyaviy muhit tarkibi va tuzilishini tahlil qiling va 1-ilovadagi chizmada aks ettiring. Topshiriq: Moliyaviy faoliyatga ta’sir etadigan omillarni, bilvosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhit, bevosita ta’sir ko’rsatuvchi tashqi moliyaviy muhit, ichki moliyaviy muhitni aniqlang va tahlil qiling. 3. Istiqbolli moliyaviy tahlil asosiy metodlari tizimi va ularning qo’llanish sohasini tahlil qiling va 2-ilovadagi jadvalda aks ettiring. Keys natijalarini yozma tarzda jadvallar kurinishida bajarish tavsiya etiladi. Axborot manbalari: 1. Malikov T.S., Olimjonov O.O. Moliya: Darslik.; – T.: “Iqtisod-Moliya” 2019. – 800 b 2. Malikov T. Moliya. O’quv qo’llanma.– T.:“IQTISOD-MOLIYA”, 2018 y. 3. Afonichkin A.I. Finansovыy menedjment. Metodologiya :uchebnik i praktikum dlya akademicheskogo bakalavriata . – M.: «YUrayt», 2018. 4. Bocharov V., Leontьev V., Radkovskaya N. Finansы. Bazovыy kurs: uchebnik dlya vuzov. – SPb.: Piter, 2009. 5. Polyak G. Finansы: uchebnik dlya studentov vuzov. 3-e izd. – M.: YUNITIDANA, 2009. 6. Ahmedov X. Xo’jalik yurituvchi subyektlarda moliyaviy rejalashtirishni samarali tashkil etish va takomillashtirish. Monografiya.- T.: “Tamaddun”, 2013. Pandemiya sharoitida korxonalarining moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni bartaraf etish. KIRISH Korxonalar faoliyatini moliyaviy rejalashtirish jarayonida moliyaviy reja muddati davomida ichki va tashqi muhitda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatlarni o’rganib chiqish talab etiladi. Bunda bevosita istiqbolli moliyaviy tahlilga e’tibor qaratiladi. Istiqbolli moliyaviy tahlil istiqboldagi davrda korxonanai rivojlantirishning aniq xususiyatlari va mumkin bo’lgan yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda korxona moliyaviy faoliyatini amalga oshirishning samaradorligiga ichki va tashqi omillar ta’sirini o’rganish jarayonini o’zida aks ettiradi. Moliyaviy tahlilning yakuniy natijasi moliyaviy faoliyatning har bir strategik dominant sohalari kesimida moliyaviy rivojlanishning asoslarini va imkoniyatlarini ko’p tomonlama va kompleks tavsiflaydigan korxona strategik moliyaviy pozitsiyasi modeli hisoblanadi. Korxona moliyaviy faoliyati sohasida strategik maqsadlarining asosiy elementlarini ishlab chiqish strategik moliyaviy tahlil natijalariga asoslanadi. Strategik moliyaviy tahlil istiqboldagi davrda korxonani rivojlantirishning aniq xususiyatlari va mumkin bo’lgan yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda korxona moliyaviy faoliyatini amalga oshirishning samaradorligiga omillar ta’sirini o’rganish jarayonini o’zida aks ettiradi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling