MOLIYA FANIDAN KEYS TO’PLAMLARI
Fan mavzusi: Davlat byudjeti
Keys mavzuning nomi: Byudjet daromadlari tarkibida soliqalarning o`rni.
Keysning asosiy maqsadi: Byudjet daromadlarida resurs to’lovlari
va mol-
mulk solig’ining salmog’ini oshirish yo’llarini aniqlash.
Kutilayotgan natijalar:
- resurs to’lovlari va mol-mulk solig’idan kelib tushadigan
daromadlarni yanada ko’roq miqdorda byudjetga tushishini ta’minlash yo’llarini
izlab topish;
- Byudjet daromadlarida resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i solig’ining
ulushini ko’paytirish yo’llari bo’yicha takliflar berish.
Keysni muvaffaqiyatli yechish uchun talabalar quyidagi natijalarga erishishlari
lozim:
- Byudejet daromadlari tarkibini o’rganish;
-Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’iga
oid kerakli axborotni
topadi;
- Byudjet daromadlari rejasini va ijrosini tahlil qilish asosida resurs to’lovlari
va mol-mulk solmog’ini oshirish yo’llarini ko’rsatish;
- Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’idan kelib tushadigan
daromadlarni byudjetga tushirishning takomillashgan yo’llarini izlab topish.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun oldindan talabalar
quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:
- Davlat byudjeti daromadlari tarkibini bilishi;
- byudjet daromadlarining soliqli va soliqsiz daromadlarini farqlay olishi;
- to’g’ri va
egri soliqlar farqlay olishi;
- resurs to’lovlari va mol-mulk solig’iining to’lovchilari tarkibini bilishi;
- jadval ma’lumotlarini tahlil qilishni.