O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya fanidan Keyslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keysning o’ziga xos belgilariga ko’ra tavsifi
Axborot manbalari:
1. O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi. 2013 yil. 26 dekabr. 2. Nurmuхamedova B.I., Xamdamov Sh.K.Davlat moliyasi: Darslik – T.: “Iqtisod-Moliya”, 2020. – 428 b. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-2019 yillar uchun Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qarorlari. Keysning o’ziga xos belgilariga ko’ra tavsifi: 1 Asosiy manbalariga ko’ra ta’limiy 2 Syujetning mavjudligiga ko’ra syujetli 3 Vaziyat bayonining vaqtdagi izchilligiga ko’ra hozirga kelish rejimidagi keys 4 Keys obyektiga ko’ra ko’p subyektli 5 Materialni taqdim etish usuliga ko’ra tahliliy ish 6 Hajmiga ko’ra o’rtacha 7 Tuzilmaviy xususiyatiga ko’ra tuzilmalangan 8 O’quv topshirig’ini taqdim etish usuliga ko’ra Keys-topshiriqli 9 Didaktik maqsadlariga ko’ra Tahlil va baholashga o’rgatuvchi 10 Rasmiylashtirish usuliga ko’ra bosma DAVLATNING BUDJETDAN TASHQARI JAMG’ARMALARI KO’RSATKICHLARINI TAHLIL ETISH VA BAHOLASH KIRISH Bugungi kunda har qanday davlatda tashkil etiladigan turli xil fondlar, xususan, budjetdan tashqari jamg’armalar shu mamlakat iqtisodiyotida eng muhim institutlaridan biri hisoblanadi. Ularning samarali faoliyat ko’rsatishi iqtisodiy o’sishning sifatiga va mamlakat aholisining ijtimoiy farovonlik darajasiga bevosita o’z ta’sirini ko’rsatadi. Aynan shuning uchun ham keyingi yillarda Davlat budjeti masalalariga (o’z o’rnida, muammolariga) katta e’tibor bilan qaralayapti. Mamlakatimizda nafaqat davlat budjeti balki, davlat maqsadli jamg’armalarida to‘planayotgan moliyaviy resurslar iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish va isloh etish hamda ijtimoiy-iqtisodiy sohalar faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, tegishli sohalar vazifalarining bajarilishini ta’minlab kelmoqda. Ayni damda, budjetdan tashqari jamg’armalar oldiga qo’yilgan asosiy maqsad - ijtimoiy yo’naltirilgan va iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan jamiyatni barpo etishdir. Shunday ekan, budjetdan tashqari jamg’armalar mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning sotsial sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Davlatning budjetdan tashqari jamg’armalari mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ekologik va boshqa funktsiyalarini amalga oshirishda moddiy-moliyaviy asosni tashkil etadi va mamlakat moliya tizimining barcha bo’g’inlari bilan budjet- moliya qonunchiligi bilan tartibga solinadigan muayyan munosabatlarga kirishadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling