yaratishga men direktorni ishontiraman va musiqiy tanlovda maktabning yakka-yu-
yagona vakili bo‘laolaman. G‘alaba qozonish imkoniyati oshadi”.
Kuchli tomonlar va xavf-xatar (risk)lar. O‘zingizning kuchli tomonlaringiz
xavf-xatar (risk)larga qanday qarshi tura olishini baholang. Masalan, “Shahrimizda
qo‘shiqchilar guruhi ko‘p. Lekin ularning hech biri mening guruhimdagidek emas.
Boshqa guruhlardan farqli o‘laroq men o‘z qo‘shiqlarimni ijro etaman.
Mumtoz
qo‘shiqlarga qiziqishning pasayib ketayotganligiga kelsak,
menimcha, yaxshi
qo‘shiqqa nisbatan doim qiziqish bo‘ladi. Ota-onamning ma’qullamayotganligi,
haqiqatdan ham, bu nihoyatda muhim xavf. Biroq, maktabda
birinchi kontsertni
tashkil qilganimdan so‘ng, hoy-nahoy, maktab direktori menga “Maqtov yorlig‘i”
bersa kerak. Bu esa ota-onamning munosabatini yaxshi tomonga keskin o‘zgartirishi
mumkin”.
Kuchsiz tomonlar va imkoniyatlar. O‘ylab ko‘ring: o‘zingizning
kuchsiz
tomonlaringizni hisobga olgan holda qulay imkoniyatlardan foydalana olishning
uddasidan chiqa olasizmi? Balki,
aksincha, imkoniyatlar Sizning kuchsiz
tomonlaringiz o‘rnini bosib ketar?!
Kuchsiz tomonlar va xavf-xatar (risk)lar. Tahlil qilib chiqing: bor bo‘lgan
risklar
Sizning
kuchsiz
tomonlaringiz
bilan
birgalikda
maqsadingizga
erishmasligingizning ilojini qila oladimi? Yoki bunday salbiy qo‘shiluvchanlik
maqsadga erishishingizni yo‘qqa chiqarolmaydimi?
Shunday qilib, yuqorida
biz SWOT-tahlildan foydalanib, karerani tanlash
borasida qanday mulohaza yuritish kerakligini, misol tariqasida, ko‘rsatdik.
Bu faqat
va faqat – oddiy bir misol, xolos.
Shu bois, biz bu erda tayyor echimni bermadik.
Yuqoridagi to‘rtta pozitsiyani kesishuvchan (chorrahaviy) tahlil qilishda, bu omillar
har birining Siz uchun qanday bosim (kuch)ga ega ekanligini, albatta, hisobga olish
kerak. Zero, kimlar uchundir ota-onalarning fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Boshqa birov esa, ko‘proq do‘stlarining maslahatlariga quloq tutar. Xullas, o‘zi uchun
nimaning muhimligini – har kimning o‘zi belgilaydi.
S
Т
W O
W T