O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi
Topshiriq. Jadvallarni to`ldiring
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya fanidan Keyslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-jadval. Soliq to’langunga qadar foyda (zarar) tahlili
- 5-jadval Sof foyda va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlili
Topshiriq. Jadvallarni to`ldiring. 1-jadval Mahsulot sotishdan ko’rilgan yalpi foyda va uni o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarning tahlili № Ko’rsatkichlar Haqiqatda o’tgan yil Shartnoma (erkin bahoda) Haqiqatda hisobot yil 1. Mahsulot sotishdan kelgan sof tushum 2. Sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 3. Sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) 2-jadval Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan kelgan foyda (zarar) va uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarning tahlili № Ko’rsatkichlar Haqiqatda o’tgan yil Haqiqatda hisobot yil Farqi 1. Yalpi foyda 2. Davr xarajatlari 3. Asosiy faoliyatning boshqa daromadlari 4. Asosiy faoliyatning boshqa xarajatlari 5. Operatsion foyda (zarar) 3-jadval. Umumxo’jalik faoliyatidan kelgan foyda (zarar) va uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlili. № Ko’rsatkichlar Haqiqatda o’tgan yil Haqiqatda hisobot yil Farqi Mutloq summada (+,-) Foizda (%) 1. Operatsion foyda (zarar) 2. Moliyaviy faoliyatning daromadlari 3. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar 4. Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa daromadlar 4-jadval. Soliq to’langunga qadar foyda (zarar) tahlili № Ko’rsatkichlar Haqiqatda o’tgan yil Haqiqatda hisobot yil Farqi Mutloq summada (+,-) Foizda (%) 1. Umumxo’jalik faoliyatidan kelgan foyda (zarar) 2. Favqulodda foyda 3. Favqulodda zarar 4. Soliq to’langunga qadar foyda (zarar) 5-jadval Sof foyda va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni tahlili № Ko’rsatkichlar Haqiqatda o’tgan yil Haqiqatda hisobot yil Farqi Mutloq summada (+,-) Foizda (%) 1. Soliq to’langunga qadar foyda (zarar) 2. Foyda solig’i 3. Boshqa soliq va to’lovlar 4. Sof foyda (zarar) Korxona moliyasini boshqarish Keys 2. X loyiha: loyihaga qo‘yish yoki sarflash? Bir-biridan mustaqil bir necha aksiyadorlar mas’uliyati cheklangan shakldagi Industries Ltd kompaniyasiga egalik qiladilar. Ulardan uch nafari: miss Iger, mister Peshient va missis Stediga – kompaniya aksiyadorlik kapitalini tashkil etadigan 200 mingta oddiy aksiyaning 20 mingtadan oddiy aksiyalari tegishli. Hozirgi vaqtda Industries Ltd kompaniyasi faqat bitta aktivga, aynan esa, 100 000 f. st. pul summasiga ega. Kompaniya menejmenti ushbu summani aksiyadorlarga dividendlar sifatida to‘lash (yuqorida qayd etilgan uch nafar aksiyadordan har biriga 10 000 f. st.dan, ya’ni 100 000 f. st.ning 10/1 qismini tashkil etadi) yoki pullarni X loyihasiga investitsiya qilish o‘rtasida ikkilanib turibdi. Ushbu investitsiya loyihasi dastlabki zudlik bilan butun 100 000 f. st. summa qo‘yilishini talab qiladi, yil mobaynida 120 000 f. st. daromad keltiradi, shundan so‘ng yopiladi. Loyiha amalga oshirilgan taqdirda, barcha ishlab topilgan summa keyingi yilda dividendlar sifatida to‘lanadi (miss Iger, mister Peshient va missis Stediga 12 000 f. st.dan). Faraz qilaylik, ayni paytda investorlar uchun muqobil investitsiya loyihalari, shuningdek‚ boshqa kompaniyalar aksiyalarini xarid qilish variantlari mavjud emas. Bundan tashqari, pullarni qarzga olish yoki berish imkoniyati yo‘q. Aksiyadorlar o‘rtasida X loyihasi yuzasidan kelishmovchiliklar paydo bo‘lishi mumkinligini taxmin qilib, kompaniya menejerlari ehtimoliy variantlarni e’lon qilish uchun aksiyadorlar yig‘ilishini chaqirishga qaror qildilar. Yig‘ilishda quyidagi uchta fikr-mulohaza bildirildi: • Miss Iger fikricha, Industries Ltd kompaniyasi investitsiyalarni amalga oshirmasligi, biroq u zudlik bilan dividendlar to‘lashi kerak, chunki garchi miss Igerning pullarni shu zahoti sarflash niyati bo‘lmasada, biror-bir narsa xarid qilish zarur bo‘ladigan holatda kerakli summaga ega bo‘lishi unga yoqimli bo‘ladi. U qo‘shimcha 2000 f. st. dividendlar to‘lov muddati kechiktirilishi o‘rnini qoplaydi deb hisoblamaydi. • Mister Peshient so‘zlariga ko‘ra, X loyihasini amalga oshirish maqsadga muvofiq, chunki har qanday holatda ham uning keyingi yilgacha dividendlarni sarflash niyati yo‘q va 10 000 f. st. o‘rniga 12 000 f. st.ga ega bo‘lishni afzal biladi, shunda ularni sarflashga qaror qiladi. • Missis Stedi ta’kidlashicha, u – X loyihasi tarafdori, biroq zudlik bilan dividendlar to‘lanishi uchun ovoz berishni maqsad qilgan, chunki olti oydan keyin uyga yonma-yon kichik uy qurilishiga to‘lash uchun unga pullar kerak. Kompaniyaning boshqa aksiyadorlari fikrlari ham shunga o‘xshash tarzda taqsimlanishi kutiladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling