O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Moliya fanidan Keyslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol: Kotib “adidas” korporatsiyasining Singapurdagi filialida o‘g‘rilikning oldini olish bo‘yicha qanday jo‘yali fikr bildirgan
- K E Y S Kar’era tanlashda SWOT-tahlildan foydalanish
Fan mavzusi:
Moliya va korporativ strategiya Korporatsiyalarda mahsulot yo‘qolishining oldini olish Muammo: 1976 yilda Singapurda “adidas” firmasining filiali ochiladi. Mazkur filial asosan sport oyoq kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. Ammo, yil yakunida firma bir muammoga duch keladi . Ya’ni, faoliyatni foyda bilan yakunlamaydi. Buning asosiy sababi bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan oyoq kiyimlarning qisman yo‘qolishi, ya’ni, o‘g‘irlanishi hisoblanadi. Firma rahbariyati qanchalik urinmasin buning oldini ololmadi. Yil davomida nazorat qattiq bo‘lishiga qaramay, o‘z natijasini bermadi. Bu muammoni hal etish uchun firma rahbariyati aktsiyadorlarning umumiy majlisini chaqiradi va muaammoni qanday hal etish bo‘yicha barchaning fikrini so‘raydi. Hech kimdan jo‘yali taklif chiqmaydi. Ammo, qo‘qqisdan majlis bayonnomalarini yozib borayotgan kotibning miyasiga bir fikr keladi va ushbu taklifni aytadi. Bu fikr barchaga ma’qul keladi va o‘z samarasini beradi. Ushbu fikrni bildirgan kotib esa “adidas” korporatsiyasining Singapurdagi filiali vakili lavozimiga tayinlanadi. Savol: Kotib “adidas” korporatsiyasining Singapurdagi filialida o‘g‘rilikning oldini olish bo‘yicha qanday jo‘yali fikr bildirgan? (Javob berishda o‘sha davrda veb kameralarning hali rivojlanmaganligini ham e’tiborga oling). Savol: Loyihani qabul qilish uchu menejer qanday yo’l tutishi kerak? K E Y S Kar’era tanlashda SWOT-tahlildan foydalanish Qulay imkoniyat paydo bo‘lganda undan foydalanishga tayyor turish – muvaffaqiyat siridir. (Benjamin Dizraeli) Ertami-kechmi, baribir, har inson o‘z-o‘ziga “Qanday karera (qilish) menga ko‘proq to‘g‘ri keladi?”, - deya savol berishi, tabiiy. Qanday kasbni tanlash masalasiga maslahatlar beruvchi ko‘plab kitoblar mavjud. Temperament, liderlik qobiliyati va amaliy ko‘nikmalarini aniqlash borasida ham turli-tuman testlar bor. Tasavvur qilaylik, barcha kitoblarni o‘qidingiz. Testlarni ham bajardingiz. Va o‘zingizning psixotoifangizni aniqladingiz. Xo‘sh, undan keyin nima bo‘ladi? Undan so‘ng esa hayot o‘z o‘zgarishlarini amalga oshiradi (kiritadi). Masalan, raqobatchi- “kushanda”laringiz Sizni rahbar (boshliq)lik qilishingizga yo‘l berishmaydi. Yoki Siz unchalik qiziqmaydigan ish – shundoqqina yashayotgan uyingizning yonida bo‘lib, unga durustgina haq ham to‘lanayotir. Karerani tanlash xato ham bo‘lishi mumkin. Bunda o‘z-o‘zidan pushaymon bo‘lish va boy berilgan vaqt muvaffaqiyatni yanada ortga surib yuboradi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, karera to‘g‘risidagi nazariy tasavvurlarni hayot haqiqatiga yaqinlashtirishning usuli bor. Buning uchun o‘zimizni, dastlab, shaxs sifatida ko‘rmasdan, balki firma yoki kompaniyadek his qilishimiz darkor. So‘ng esa SWOT-tahlilni amalga oshirib, o‘zimizning kuchli va kuchsiz tomonlarimizni aniqlashimiz, imkoniyatlarimiz va risklarga baho berishimiz kerak. Odatda firmaning taraqqiyot strategiyasini aniqlash uchun shunday tahlildan foydalaniladi. Bunda biznesni rivojlantirish uchun resurslardan oqilona (optimal) foydalanish menejerning oldida turgan eng asosiy masala hisoblanadi. Xuddi shunday tartibda biz o‘z insoniy kapitalimiz resurslarini tahlil qilishimiz va o‘zimizning rivojlanish traektoriyamizga baho berishimiz kerak. Ma’lumki, SWOT qisqartmasi quyidagi to‘rt so‘zning bosh harflaridan olingan: Strength – kuchlilik (kuchli tomonlar); Weakness – kuchsizlik (kuchsiz, zaif tomonlar); Opportunity – qulay imkoniyat; Threat – xavf-xatar (risk). Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling