O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


SWOT-tahlilni qanday o‘tkazish kerak?


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/27
Sana17.02.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1208693
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Moliya fanidan Keyslar

SWOT-tahlilni qanday o‘tkazish kerak? 


1-qadam. Echishingiz lozim bo‘lgan muammoni, iloji boricha, aniqroq 
ifodalang. Masalan, dizaynerlik karerasi Sizga yarashadimi? Siz vrach bo‘laolasizmi? 
Balki qo‘shiqchilik san’atini tanlarsiz? ... 
2-qadam. Quyidagi to‘rt qismdan iborat bo‘lgan jadvalni tayyorlang. 
3-qadam. Jadvalning har bir qismi to‘ldirishni boshlang. 
1. Ko‘zlagan maqsadingizga, masalan, qo‘shiqchilar guruhida yakka xonanda 
bo‘lishga, erishishda Sizga yordam berishi mumkin bo‘lgan o‘zingizning kuchli 
tomonlaringizni yozib chiqing. Jadvalning bu qismini to‘ldirishda Sizga quyidagi 
savollar yordam berishi mumkin: 
 Qanday afzalliklar (qobiliyat, ko‘nikma, tanish-bilish, aloqalar, ma’lumot va 
b.) menda bor-u, boshqalarda esa – yo‘q? 
 Boshqalarga nisbatan men nimani yaxshiroq qila olaman? 
 Qanday shaxsiy resurslarga (moliyaviy, vaqt, akamning yordami va b.) 
egaman? 
 Boshqa odamlar (ota-onam, do‘stlarim, o‘qituvchilarim va b.) mening nimamni 
kuchli tomonim sifatida e’tirof etishadi? 
 Eng avvalo, men o‘zimning qaysi yutuqlarim bilan faxrlana olaman? 
S = Kuchli 
Mening kuchli
tomonlarim 
O = Imkoniyatlar 
Qulay tashqi
sharoitlar 
W = Kuchsiz 
Mening kuchsiz
tomonlarim 
T = Xavf-xatar (risk)lar 
Noqulay tashqi sharoitlar 
S = Kuchli 
Mening kuchli tomonlarim 
Men torni yaxshi cherta olaman
 Men musiqa maktabini “A’lo” bahoga tugatganman; 
 Menga qo‘shiq yozish yoqadi; 
 Men omma oldida chiqish qilishni yaxshi ko‘raman; 
 Do‘stimning juda yoqimli ovozi bor va u mening qo‘shiqlarimni 
kuylamoqchi; 
 Men tartibli insonman; 
Sinf rahbarimning fikricha, men yaxshi tashkilotchiman. 


2. Jadvalning 2-qismiga o‘z maqsadingizga erishishda Sizga xalaqit qiluvchi 
o‘zingizning kuchsiz tomonlaringizni aks ettiring. Bunda Sizga quyidagi savollar 
yordam berishi mumkin: 
 O‘zimni noqulay his etganligim uchun men qanday topishiriqlarni bajarishdan 
qochishga harakat qilaman? 
 Atrofimdagilar nimalarimni mening kuchsiz tomonlarim deb hisoblashadi? 
 Qanday bilim, ma’lumot va ko‘nikmalar menda etishmaydi? 
 Menda qanday salbiy odatlar (tez-tez kechikib yuraman, toqatim hamma 
vaqtda ham etarli bo‘lavermaydi, ishni oxirigacha etkazavermayman, “stress” 
holatlarni yomon o‘tkazaman) bor? 
 Ko‘zlagan maqsadlarimga erishishda qanday belgilarim menga to‘sqinlik 
qilishi mumkin? 
 Qanday resurslar (vaqt, pul, kuch va b.) menda etishmaydi? 
3. Endi maqsadingizga erishishda ko‘mak berishi mumkin bo‘lgan qulay 
imkoniyatlarni sanab chiqaylik. Quyidagi savollarga bunga yordam beradi: 
 Qanday tashkilotlar menga yordam berishi mumkin va nima bilan? 
 Odamlarning qay birlari menga yordam beraoladi va qanday qilib? 
 Qanday tadbirlar ko‘zlangan maqsadga erishishda yordamlashishi mumkin? 
 Faoliyatning shu turiga talab bormi? 
 Men qiziqayotgan tarmoq tobora rivojlanib, o‘smoqdami? 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling