O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo – texnologiya instituti asosiy organik sintez texnologiyasi kafedrasi
Download 1.59 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshniyozova Farangiz KURS ISHI
15 1-jadval Karbamidni marka normasi uchun ko’rsatkichlar Ko‘rsatkichlar Marka uchun norma A B KS-11 oliy sort 1-sort oliy sort 1-sort II-sort oliy sort Azot massa miqdori (quruq moddaga nisbatan) 46,3 46,2 46,2 46,2 46,0 46,0 Biuret massa miqdori % ko‘p emas. 0,6 1,4 1,4 1,4 1,0 1,2 Azotli ammiak miqdori Karbamid uchun kristal 0,01 0,02 0,01 0,03 - - - - 0,02 0,01 0,03 0,02 Donalar tarkibi 1 dan II gacha II dan IV gacha 1 dan kam - - - - - - 94 70 3 94 50 5 - - - - - - 16 TEXNOLOGIK ISHLAB CHIQARISH USULLARINI TAVSIFLASH VA TANLASH Karbamid ishlab chiqarishning ammiak va uglerod (IV) - oksididan olishning quyidagi jarayonlarga asoslangan texnologik tasvirlari mavjud: - bir o‘tishli jarayon, bunda suyuqlanmadan ortiqcha ammiakni (NH 3 ) xaydash va karbomatni (NH 4 COONH 2 ) atmosfera bosimigacha parchalashdan iborat. Jarayon qizdirish orqali olib borilib, gaz fazasiga ajragan ammiakdan boshqa maqsadlarda xam foydalanilsa bo‘ladi (ammoniy nitrat, ammoniy sulfat, ammoniy karbonat va boshqalar). - bir qism ammiakni siklga qaytarish orqali boradigan jarayon, bunda 1,6 - 1,8 mPa bosimgacha parchalash orqali bir qism ortiqcha ammiak haydaladi va kondensatlanib siklga qaytariladi. Ammiakni to‘liq xaydash va ammoniy karbamatni parchalash atmosfera bosimida olib boriladi, ajralgan ammiak boshqa maxsulotlar olishda ishlatiladi. - ammiak va uglerod (IV) - oksidini aloxida qaytarishga asoslangan jarayon, bunda gaz fazadan bitta komponent ajratib olinadi, bu gaz faza atmosfera bosimida distillyasiya qilishda xosil bo‘ladi. - suyuqlik retsikli, bunda ugleammoniy tuzlar eritmasi yoki suspenziyasi jarayonga qaytariladi. - stripping jarayoni, bunda ammiakni xaydash va karbamatni parchalash ammiak yoki uglerod (IV) - oksidi oqimida, sintez bosimida olib boriladi. - integral jarayoni, bunda ammiak va karbamid ishlab chiqarish texnologik tasvirlari birlashtirilgan bo‘ladi. Xozirgi paytda butun dunyoda karbamid ishlab chiqarishning asosan suyuqlik retsiklli usuli keng ishlatilmoqda. Yuqorida keltirilgan jarayonlarning ba’zi birlari ishlatilib, ba’zilari esa umuman ishlab chiqarishdan chiqarib yuborilgan. Xozirgi vaqtda bir qism ammiakni qaytarish jarayoni ishlab chiqarishlarda ishlatilib kelinmoqda. Qaytaruvchi va integral jarayonlar texnologiyasi qayta ishlab chiqish bosqichida turibdi. 17 Birinchi bo‘lib suyuqlik retsikli texnologiyasi Miller tomonidan ishlab chiqilgan. Bunda Miller, karbamid sintezini ortiqcha ammiakli sharoitda olib borishni taklif qilgan (mol nisbatda NH 3 : CO 2 = 7,5). Ammiakni katta qismi birinchi bosqich distillyasiyadan keyin jarayonga qaytariladi. Ikkinchi bosqich distillyasiyada ajralgan ammiak va uglerod (IV) - oksidi suvga yuttiriladi. Siklga ugleammoniy tuzlari ko‘rinishida qaytariladi [(NH 2 )CO·HNO 3 ]. Keyinchalik bu jarayonga ko‘pgina yangiliklar kiritildi va uning effektivligi oshirildi. Quyida ko‘pgina firmalar tomonidan patent olingan karbamid ishlab chiqarish usullari bilan tanishib chiqamiz. «Stamikarbon» (Gollandiya) usuli shunga asoslanadiki, bunda retsir- kulyasiya qilinayotgan ugleammoniy tuzlari eritmasini hosil qilish birinchi bosqich distillyasiyada bosim ostida amalga oshiriladi. Bu esa reaktorga qaytarilayotgan aralashmada suv miqdorini kamaytirish imkonini beradi. Bu esa Miller texnologiyasiga nisbatan karbamidning solishtirma miqdorini ko‘paytirish imkonini beradi. «Stamikarbon» (Gollandiya) texnologiyasi bo‘yicha karbamid ishlab chiqarishning texnologik rejimi: bosim 19 ÷ 20 mPa, xarorat 180 ÷ 190 0 C, NH 3 : CO 2 : H 2 O mol nisbati 3,8 - 4,0 : 1 : 0,5 - 0,6. Birinchi va ikkinchi distillyasiya uzellarida (12 ÷ 14 va 16 ÷ 19) bosimiga mos xolda 1,7 ÷ 1,8 va 0,2 - 0,3 mPa, xarorat 160 0 C va 140 0 C, ammiakni ulerod (IV) - oksididan yuvish va (ugleammoniy tuzlari eritmasi) hosil qilish yuvish kalonnasi va kondensatorda olib boriladi. Ammiak qurilmada kondensatlanadi va siklga aralashtirgich orqali qaytariladi. Shu qurilmaga ugleammoniy va uglerod (IV) - oksidi xam beriladi. Karbamid eritmasi vakuum - bug‘latgichda 72 ÷ 74% gacha bug‘latilib, so‘ngra ikki bosqichli qoldiq bosimi 4 ÷ 5 kPa bo‘lgan bug‘latish sistemasida 99,7 ÷ 99,8% gacha bug‘latiladi. Bug‘latilgan eritma nasos orqali donadorlash minorasiga beriladi. So‘ngra eritma akustik tebranma granulyator yordamida minora kesim yuzasi bo‘ylab sochib beriladi. Pastdan havo yuboriladi. Havo yordamida karbamid donador xolatiga o‘tadi. Xosil bo‘lgan donador karbamid sovitish uchun minoraning pastki qismida joylashgan mavhum qaynash qatlam qurilmasiga beriladi va 40 - 50 0 C 18 haroratgacha sovitilgan donador karbamid omborga yuboriladi. Donadorlangan karbamid GOST 2081 - 2010 talablariga to‘liq javob beradi. Sharbat kondensati ammiak va uglerod (IV) - oksididan absorbsiya – desorbsiya uzelida tozalanadi. Gaz faza (NH 3 , CO 2 , H 2 O) sistemaga kondensator orqali qaytariladi. Download 1.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling