O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «iqtisodiy tahlil» kafedrasi


Moliyaviy barqarorlik tahlilining mazmun mohiyati


Download 46.89 Kb.
bet3/3
Sana01.03.2023
Hajmi46.89 Kb.
#1242483
1   2   3
Bog'liq
8.Moliyaviy barqarorlik va uning tiplari

1.Moliyaviy barqarorlik tahlilining mazmun mohiyati.
Moliyaviy mustahkamlik korxonalar moliyaviy resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanish bilan aniqlanadi. Korxonaning moliyaviy barqarorligiga korxonalarning butun xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyatining hamma yo‘nalishlari ta’sir ko‘rsatadi. Unga ham ichki, ham tashqi omillar, shart-sharoitlar ta’sir etadi. Ichki omillar sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: · korxonada ishlab chiqarishning barqarorligi; · ishlab chiqarishni tashkil qilish; · ishlab chiqarishni boshqarish; · korxona ustav jamg‘armasining hajmi; · korxona xarajatlari va daromadlarining nisbati; · o‘zlik mablag‘larining manbalari va korxona majburiyatlarining nisbati; · korxona aylanma mablag‘lari tarkibi. Korxonalar o‘z faoliyati davomida boshqa xo‘jalik subyektlari bilan iqtisodiy aloqalarda bo‘lar ekan, korxonalar moliyaviy barqarorligiga tashqi omillar ham ta’sir etadi.. bunday omillar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: · korxonaning tovarlar bozoridagi holati; · korxonaning eksport va import aloqalari; · korxonaning boshqa korxonalar bilan ishga doir aloqalarda aktivligi; · bank organlari, debitor va kreditor korxonalar bilan aloqalar; · respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy siyosat, soliq, narxnavo va moliya, bank siyosati, texnika, texnologiya siyosati.
Moliyaviy mustahkamlikka korxona ichidagi va undan tashqaridagi vaziyat, omillar, shart-sharoitlar ta’sir ko‘rsatadi, bundan ko‘rinadiki, moliyaviy mustahkamlikning darajasi korxonalarning hozirgi va kelgusidagi faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib talabalar oldiga shunday muammoli savolni qo‘yish mumkin. Moliyaviy mustahkamlik bir qancha omillar, shart-sharoitlar ta’sirining yakuni bo‘lib, u o‘z navbatida, korxona faoliyatining ko‘p tomonlariga ta’sirini ko‘rsatadi. Moliyaviy mustahkamlik tahlilini boshlamasdan oldin yana bir muammoni hal qilish lozim. Bu moliyaviy mustahkamlik atamasining mazmuni haqidagi muammodir. Ushbu muammoli savolni yechish maqsadida quyida iqtisodchi olimlarning fikrlari bilan tanishish lozim. Moliyaviy mustahkamlikning mazmuni shundan iboratki, moliyaviy mustahkamlikni o‘lchash, baholash uchun foydalaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini chegaralab olish lozim. Bunga ko‘ra, V.G.Artemenko, M.V.Bellendirlarning fikricha moliyaviy mustahkamlik korxona moliyaviy resurslarini shakllanish, taqsimlanish va foydalanish samaradorligini ifodalaydi. Ma’lumki, korxonalar moliyaviy resurslarining shakllanish, taqsimlanish va foydalanish samaradorligi ularning umuman moliyaviy holati bo‘lsa, moliyaviy mustahkamligi korxonalar faoliyatini faqat bir shaklini, yo‘nalishini ifodalaydi. A.D.Sheremet, R.S.Sayfulinlarning fikricha moliyaviy mustahkamlik va to‘lashga qodirlik bir mazmunga ega bo‘lib, to‘lashga qodirlik moliyaviy mustahkamlikning tashqari ko‘rinishini ifodalaydi deb ta’kidlanadi. A.N.Li va S.I.Shevchenkolar ham xuddi shu fikrga ega. Ular o‘z maqolalarida moliyaviy mustahkamlik koeffitsiyentining tahlili to‘g‘risida to‘xtalib, to‘lashga qodirlik ko‘rsatkichini tahlil etganlar. Haqiqatda moliyaviy mustahkamlik va to‘lashga qodirlik har xil mazmunga ega bo‘lib, bu moliyaviy ko‘rsatkichlar turli usulda aniqlanadi. Undan tashqari A.N.Li va S.I.Shevchenkolar moliyaviy mustahkamlikni moliyaviy barqarorlik deb qabul qilishgan. Bu ham bizning fikrimizcha notug‘ri. Moliyaviy barqarorlik bu – korxonalarning moliyaviy holatini zaruriy bir xil darajada turishini, pasaymasligini ifodalaydi. Moliyaviy mustahkamlik to‘g‘risida gap borar ekan, yana ikkita narsaga e’tibor berish lozim.
Korxona barqarorligini eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu
moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichidir. Agar korxonada daromadlar
xarajatlardan ortadigan bo‘lsa, moliyaviy baraqarorlikka erishishi
mumkin bo‘ladi. Agar korxona mablag‘larni erkin tasarruf eta olsa,
ulardan samarali foydalansa, doimiy ishlab chiqarish va sotishning
mukammal siklik aylanish uzluksizligi ta’minlansa, bunday korxonani
moliyaviy barqaror deyishimiz mumkin.
Korxona moliyaviy holatini qisqa va uzoq muddatga baholash
mumkin. Qisqa muddatli oraliqda korxonaning to‘lovga qodirligiga uzoq
muddatli o‘rganishda esa uning moliyaviy barqarorligiga ko‘proq
ahamiyat qaratiladi. Firma va kompaniyalar moliyaviy jihatdan barqaror rivojlanmas ekan, uning bankrotlikka uchrash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu sababli,
moliyaviy barqarorlikni makro va mikro ko‘lamda tadqiq etish doimo
iqtisodchilarning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan.
Moliyaviy tahlilda moliyaviy barqarorlikning alohida olingan
korxonalarda, firma va kompaniyalarda o‘rganishga, qisqa, o‘rta va uzoq
davriylikda baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yishga, uni o‘stirishning aniq
chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi.
Moliyaviy barqarorlikni baholash bir qancha ko‘rsatkichlar
tizimidan foydalaniladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin.
- firma va kompaniyalarning to‘lov qobiliyati;
- korxona o‘z mablag‘larining qaramlik koeffitsiyenti;
- aktivlarning qaramlik koeffitsiyenti;
- foizlarni qoplash koeffitsiyenti.
Korxonada moliyaviy resurslarni to‘g‘ri shakllantirish, ularning
taqsimlanishi, foydalanish samaradorligi moliyaviy barqarorlikni
ta’minlashning muhim omillari hisoblanadi. Ya’ni, moliyaviy
barqarorlik korxona moliyaviy resurslarni qay darajada mohirona
boshqarayotganligini ifodalaydi.
2. Moliyaviy barqarorlik tahlilining maqsadi va vazifalari.
Aktivlarni joylashtirish nafaqat korxona faoliyat natijaviyligiga balki uning moliyaviy holatiga ham bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Passivlarni joylashtirishdagi eng birinchi talablar bu xususiy sarmoyani jami sarmoya tarkibidagi ulushining yuqoriligi bilan xususiy sarmoyaning qarz sarmoyasiga qaram bo‘lmasligi shartlari bilan belgilanadi. Ya’ni, korxona avvalo moliyaviy jihatdan mustaqillikka ega bo‘lmog‘i, uning to‘g‘ri nisbatini saqlashi lozim.
Moliyaviy barqarorlikning muhim sharti zaxira va xarajatlarni moliyalashtirish yuzasidan o‘z va qarz mablag‘lari yetarliligi yoki yetishmasligi ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilishda ham xuddi shu bog‘liqlikni ko‘rish mumkin. Xususiy sarmoya yetarli bo‘lmagan hollarda uzoq va qisqa muddatli majburiyatlarni jalb etish biznesning, tadbirkorlik faoliyatining doimiy sharti hisoblanadi. Shu sababli‚ aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan majburiyatlardan foydalanishda albatta foyda omiliga va uning doimiy davomligini ta’minlashga muhim ahamiyat qaratish lozim.
Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari qatoriga moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti, moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti, o‘z sarmoyasining harakatchanlik koeffitsiyenti, qarz mablag‘larining jamlanganlik koeffitsiyenti, hamda qarz va o‘z mablag‘lari nisbati koeffitsiyentlari kiradi.
Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish maqsadi korxonaning o‘z majburiyatlarini qoplay olish va uni uzoq muddatga saqlab qolish darajasini baholashga qaratilgan.
Moliyaviy barqarorlik tahlilining vazifalari:
Korxona moliyaviy barqarorligini mutlaq va nisbiy ifodalarining o‘zgarishlarini baholash;
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish; Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda aktivlar va passivlarni
joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish; Moliyaviy barqarorlikni o‘stirish choralarini ko‘rish;
Turli holatlarda resurslardan samarali foydalanishning istiqboldagi o‘zgarishlarga ta’sirini baholash, moliyaviy barqarorlikni prognozlash.
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: Ichki omillar: aktivlarning optimal tarkibini shakllantirish va ularni
to‘g‘ri boshqarish; moliyaviy resurslar va ularning tarkibini optimallashtirishni to‘g‘ri boshqarish; jalb qilingan kapitalni optimal nisbatlash va boshqarish.
Tashqi omillarga: mamlakatdagi iqtisodiy muhit (holat); bozordagi raqobat va kurash; makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (valyuta kurslari o‘zgarishi, soliq va kredit qiymatidagi o‘zgarishlar, tashqi iqtisodiy faoliyat rivoji); siyosiy holat (iqtisodning tartiblanishi, rag‘batlantirilishi, huquqlarning himoyalanishi); inflyatsiya holati.
Moliyaviy barqarorlikni tahlil etishning axborot ta’minotiga asosiy va qo‘shimcha manbalarni kiritish mumkin. Asosiy manbalariga: buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot shakllari kiradi.
Qo‘shimcha manbalarga: ta’sis hujjatlari, auditorlik nazorati natijalari, statistik manbalar va boshqa manbalar kiradi.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki moliyaviy barqarorlikning muhim sharti zaxira va xarajatlarni moliyalashtirish yuzasidan o‘z va qarz mablag‘lari yetarliligi yoki yetishmasligi ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilishda ham xuddi shu bog‘liqlikni ko‘rish mumkin. Xususiy sarmoya yetarli bo‘lmagan hollarda uzoq va qisqa muddatli majburiyatlarni jalb etish biznesning, tadbirkorlik faoliyatining doimiy sharti hisoblanadi. Shu sababli‚
aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan majburiyatlardan foydalanishda
albatta foyda omiliga va uning doimiy davomligini ta’minlashga muhim
ahamiyat qaratish lozim.
Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari qatoriga moliyaviy
mustaqillik koeffitsiyenti, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti,
moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti, o‘z sarmoyasining harakatchanlik
koeffitsiyenti, qarz mablag‘larining jamlanganlik koeffitsiyenti, hamda
qarz va o‘z mablag‘lari nisbati koeffitsiyentlari kiradi.
Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish maqsadi korxonaning o‘z
majburiyatlarini qoplay olish va uni uzoq muddatga saqlab qolish darajasini baholashga qaratilgan. Moliyaviy barqarorlik tahlilining vazifalari: Korxona moliyaviy barqarorligini mutlaq va nisbiy ifodalarining o‘zgarishlarini baholash;
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish;
Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda aktivlar va passivlarni
joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
Moliyaviy barqarorlikni o‘stirish choralarini ko‘rish;
Turli holatlarda resurslardan samarali foydalanishning istiqboldagi
o‘zgarishlarga ta’sirini baholash, moliyaviy barqarorlikni prognozlash hisoblanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


  1. M.Y. raximov, n.n. Kalandarova darslik 2017y.

  2. Kazakova N.A. Finansoviy analiz. Uchebnik. M.: Yurayt, 2018. – 470 s.

  3. Jilkina A.N. Finansoviy analiz. Uchebnik. M.: Yurayt, 2018. – 285 s.

  4. Raximov M. Iqtisodiyot sub`ektlari moliyaviy holatining tahlili. O‘quv qo‘llanma. T.; Iqtisod-Moliya, 2015. -392 b.

  5. Raximov M. Iqtisodiyot sub`ektlari moliyaviy holatining tahlili. Uslubiy qo‘llanma. T.; Iqtisod-Moliya, 2015. -156 b.

  6. Pardayev M.Q., Isroilov J.I., Isroilov B.I. Iqtisodiy tahlil. O‘quv qo‘llanma. T.:Print Line Group, 2017.-533 b.


Internet saytlari
Lex.uz
Ziyonet.uz
Library.com
Download 46.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling