O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti


Download 41.03 Kb.
bet2/5
Sana16.03.2023
Hajmi41.03 Kb.
#1278646
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-kurs Kurs ishi tahlil (2)

XULOSA. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

39




FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI. . . . . . . . . . .

41




ILOVALAR . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .




Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Investitsiyalar iqtisodiyotning o‘sishini, ishlab chiqarishning rivojlanishini ta’minlovchi muhim omildir. Shuning uchun ham bozor munosabatlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston hukumati investitsiya jarayonini takomillashtirishga doimiy e’tibor berib kelmoqda.
Milliy iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatga bardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida mamlakatdagi barcha mavjud sarmoyalar safarbar qilina boshlandi, shuningdek, xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el sarmoyasi ishtirokini kengaytirish yo‘lga qo‘yildi. Shu maqsadda respublika hukumati tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelishi uchun qulay investitsiya muhitini yaratishga qaratilgan investitsiya siyosati o‘tkazilmoqda.
Biror bir hududga investitsiya kiritishdan avval, ushbu hududning investitsiya muhitini o‘rganish, unga baho berish, investitsiya loyihasini o‘rganish, investitsiya loyihasi samaradorligini tahlil qilish va baholash, loyihaga ta’sir etuvchi risklarni miqdoriy va sifat jihatdan tahlil qilish, shuningdek, risk ehtimollarini oldini olish, loyiha samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish lozim. Ana shu maqsadda, respublikamizdagi tijorat banklarining loyihaviy moliyalashtirish faoliyati davr talabiga mos holda rivojlanib, nafaqat bank xodimlari, balki investitsiya faoliyatining barcha ishtirokchilari investitsiya loyihalarini moliyaviy-iqtisodiy tahlil qilish usullari, moliyalashtirish manbalari, investitsiya risklarini tahlil qilish, baholash va boshqarish usullari hamda loyiha samaradorligini oshirish bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishlari o’ta muhim zarurat bo’lib bormoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev: “…bu islohotlar natijasida xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishimiz kerak. Odamlarimiz yetarli daromad topishi uchun eng qulay biznes va investitsiya muhitini shakllantirib, yangi-yangi korxonalar va ish joylarini ko‘paytirishimiz zarur”1, – degan edilar.
Investitsiyalarni iqtisodiy tahlil etish va baholashning dolzarbligi mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish va samaradorligini oshirish bilan bog‘liq moliyaviy muammolarni bartaraf etishdagi vazifalar ijrosini ta’minlash va yuqorida tilga olingan jiddiy muammolar yechimlarini topish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Iqtisodiyotni tartibga solish va boshqarishning bozor vositalari orasida investitsiyalar eng muhim o‘rinni egallaydi. Investitsiyalarni iqtisodiy tahlil etish va baholashning asosiy vazifasi davlatning moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan talabini qondirish bilan birgalikda, davlat va erkin bozor munosobatlariga asoslangan iqtisodiyotning subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar uyg‘unligiga erishishdan iboratdir. Bu borada davlatning qanday moliya siyosati yuritayotganligi va moliya sohasidagi chora tadbirlari qanchalik samarali ekanligi ko‘p jihatdan iqtisodiy islohotlarning xarakteri va dinamikasini belgilaydi. Oqilona tashkil etilgan, yaxshi balanslashgan moliya tizimi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hamda shu asosda barqaror iqtisodiy rivojlanishiga erishishning asosiy omillaridan biridir. Shu sababli ushbu kurs ishi investitsiya loyihalari bo‘yicha iqtisodiy tahlil va baholashning zaruriyati, investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning diskontlash usullaridan biri hisoblanuvchi sof joriy qiymat (NPV) usuli bo‘yicha dolzarb masalalarni tadqiq etishga qaratilgan.

Download 41.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling