O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti


I BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING NAZARIY ASOSLARI


Download 41.03 Kb.
bet4/5
Sana16.03.2023
Hajmi41.03 Kb.
#1278646
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-kurs Kurs ishi tahlil (2)

I BOB. INVESTITSIYA LOYIHALARI SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1 Investitsiya loyihalari samaradorligini baholashning mazmun-mohiyati, nazariy asoslari va o'ziga xos xususiyatlari
Investitsiyalarni iqtisodiy baholash juda muhim jarayon hisoblanib, u o‘z ichiga texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va baholashni qamrab oladi. Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash orqali mablag‘larni samarali joylashtirish yo‘llarining eng optimalini tanlash mumkin.
Har qanday investitsiya loyihasini baholashning mazmuni bugungi xarajatlarni loyihadan olinadigan daromadlar oqlaydimi? - degan savolga javob topishdan iboratdir. Biroq, bu savol shunchalik oddiy bo‘lishiga qaramasdan, agar diqqat bilan ko‘rib chiqilsa, uning ko‘plab qirralari ochiladiki, ba’zan unga bir xil ma’nodagi javobni topish juda mushkul.
Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash usuli – bu turli obyektlarga uzoq muddatga kapital mablag‘larni qo‘yishning maqsadga muvofiqligini aniqlash usuli bo‘lib, bunda qo‘yilgan mablag‘lar kelajakda foyda keltirishi va o‘zini to‘liq qoplashi ko‘zda tutiladi.
Har qanday investitsiya loyihasi, garchi u ko‘pgina ijobiy tavsiflarga ega bo‘lsada, unga qo‘yilgan mablag‘lar, ya’ni qilingan investitsiya xarajatlari loyiha mahsuloti (ish, xizmat) sotishdan kelgan daromadlar bilan qoplanmasa, ko‘rilgan foyda darajasi ko‘zda tutilgan darajada bo‘lmasa, u amalga oshirilmay qoladi.
Investitsiya loyihalarini tahlil qilish va baholashdan asosiy maqsad, aynan ko‘zda tutilgan natijalarga erishishni realligini baholashdir.
Investitsiya loyihasini moliyaviy-iqtisodiy baholashning vazifalari:

  • Investitsiya loyihasi tashabbuskorlarining moliyaviy holatini tahlil qilish va baholash;

  • Investitsiya loyihasida pul oqimlarini tahlil qilish va baholash;

  • Oddiy va diskontlash usullari asosida loyiha samaradorligini aniqlash;

  • Loyiha risklarini tahlil qilish, ichki va tashqi omillarni baholash;

  • Investitsion qarorlar qabul qilish.

Iqtisodiyoti rivojlangan malakatlarda turli loyihalarga qo‘yilgan mablag‘larning foydaliligini (samaradorligini) taqqoslashga asoslangan baholash usullaridan keng foydalanadilar. Bunda investitsiya loyihalaridan ko‘riladigan samara mablag‘larni bankka foiz hisobida qo‘yishdan yoki qimmatbaho qog‘ozlar sotib olishdan keladigan daromad (foyda) bilan taqqoslanadi.
Investitsiyalarni iqtisodiy baholashda loyihadan ko‘riladigan daromadning ko‘pligiga, mehnat resurslarining kam sarflanishiga, loyihaning amalga oshirish muddatining qisqaligiga, loyiha bo‘yicha ishlab chiqariladigan maxsulotning sifatiga, bozorda tutgan o‘rniga, shuningdek, xarajatlarning to‘g‘ri olib borilishigako‘proq e’tibor beriladi. Shu bilan birga, baholashda pul oqimini to‘g‘ri ishlatilishi va nazorat qilinishi ham katta ahamiyatga ega. Bunda kapital xarajatlarni yerni ijaraga olish, u yerda bino va inshoatlar qurish, mashina va jixozlar yaratish yoki sotib olish, mutaxassislar tayyorlash kabi ishlarga sarflanishi, joriy xarajatlar esa, xom ashyo va materiallar sotib olish, suv, energiya, mehnat va boshqa resurslarga sarflanishi e’tiborga olinadi hamda daromadlar asosiy faoliyatdan keladigan daromadlar, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, royalti, davlatning obligatsiyalari orqali keladigan daromadlarga e’tibor qaratiladi. Investitsiya loyihalarini turli usullar bilan baholash mumkin, lekin barcha usullarda eng asosiy e’tibor loyihalarning daromadlilik darajasi hamda ko‘riladigan foydaning hajmini aniqlashga qaratiladi.
Investitsiyalarni iqtisodiy baholashda aniq natijalarga erishish, ya’ni loyihalashtirishni yakunlash, bozorga chiqish va unda o‘z o‘rnini mustahkamlash, belgilangan foydaga erishish, qilingan investitsiya xarajatlarini qoplash kabi natijalarga erishish uchun belgilangan muddat ham ayniqsa muhimdir. Shuningdek, baholashda ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlarining samaradorligi ham hisobga olinadi. Buning muhimligi shundan iboratki, tadqiqot va ilmiy izlanishlar ishining qisqa bo‘lishi bir tomondan mablag‘larning kam sarflanishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan nisbatan kam muddatda loyiha amalga oshirilib, bozorga ertaroq yangi mahsulot olib chiqiladi va hech bo‘lmaganda, qisqa muddat ichida korxona ushbu mahsuloti bilan bozorda monopol mavqega ega bo‘lishi mumkin.
Shuni alohida qayd etish kerakki, har bir loyiha mamlakatda mavjud bo‘lgan siyosiy va ijtimoiy sharoitlarni va ularning o‘zgarishini hisobga olgan holda baholanishi lozim.
Hozirgi paytda investitsiya loyihalarini tuzish va amalga oshirish uzluksiz jarayon bo‘lganligi sababli uni tasvirlashda kompyuter texnikasidan keng foydalanilmoqda. Bunda loyihaning texnik-iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda tashqi iqtisodiy muhitni belgilovchi omillar hisobga olinib, loyihaning matematik modeli tuziladi vash u model asosida loyihaning xarajatlar va daromadlar oqimi aniqlanadi, samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi, ishlab chiqarish natijalarining yillik balansi tuziladi hamda tashqi va ichki omillar ta’siri tahlil qilinadi.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda yirik ishlab chiqarish va moliya korporatsiyalari ana shunday modellardan foydalanadilar. Shuningdek, bunday modellardan investitsiya loyihalarini o‘rganuvchi va samaradorligini aniqlovchi turli maslahatchi firmalar ham foydalanadilar.
Umuman olganda iqtisodiy baholash investitsiya loyihasining potensial qobiliyati, shu loyihaga qo‘yilgan mablag‘larning qiymatini saqlab qolishda va ularning o‘sishi sur’atini yetarli darajasini yaratib berishda foydalaniladi.
Loyihani iqtisodiy baholash o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi:

  • oddiy (yoki statistik) baholash;

  • diskontlashga asoslangan baholash.

Birinchi guruhga quyidagilar kiradi:

  • investitsiya qoplash muddati (Payback Period, PP);

  • investitsiya samaradorligi koeffitsienti (Accountinq Rate of Return, ARR).

Ko‘pchilik hollarda amaliyotda investitsiya samaradorligi koeffitsientini (ARR) o‘rniga foydaning oddiy normasi (return on investments, ROI) koeffitsientidan foydalaniladi.
Lekin bu ikki koeffitsienti hisoblash algoritmi bir xildir.
Ushbu usulning asosiy afzalliklari koeffitsientlarni aniqlashda bajariladigan hisob-kitob ishlarining qulayligi, oddiyligi va tushunarligidadir.
Bu guruh koeffitsientining kamchiliklari shundan iboratki, bunda investitsiyalanadigan loyiha bo‘yicha vaqt omili hisobga olinmaydi.
Ikkinchidan, investitsiya kapitalining qoplanishi ko‘rsatkichiga asos qilinib, foyda olinadi, ammo amaliyotda amortizatsiya ajratmalari ham investitsiya kapitalining qoplanishi uchun manba bo‘ladi.
Shuning uchun investitsiya qoplash muddati koeffitsientini (PP) hisoblashda, albatta amortizatsiya ajratmalarini hisobga olish zarur.
Uchinchidan, bu koeffitsientlar investitsiya loyihasi bo‘yicha bir tomonlama baholashni beradi, ya’ni u foyda va investitsiya summalari miqdoriga asoslangan bo‘ladi.
Investitsiya loyihalarining samaradorligini chuqur tahlil etish uchun ikkinchi guruh iqtisodiy baholash koeffitsientilaridan foydalaniladi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • Sof keltirilgan qiymat (Net Present Value, NPV) yoki sof joriy qiymat;

  • investitsiya rentabelligi indeksi (Profitability Index, PI);

  • foydaning ichki me’yori (Internal Rate of Return, IRR);

  • investitsiyaning diskontlangan qoplash muddati (Discounted Payback Period, DPP).


Download 41.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling