Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti oziq-ovqat va
Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo`nalishlari
Download 209.61 Kb.
|
2019-Ko\'p tarmoqli fermer samaradorligi-Viloyat
4.2. Ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo`nalishlariFermer xojliklarining agrar sohada xo’jalik yuritishning yangi shakli sifatida shakllanib borishi, bir tomondan, haqiqiy mulk egalarining vujudga kelish imkonini beradi, ikkinchi tomondan, mulkchilikning boshqa turlariga asoslangan qishloq xo’jaligi korxonalari bilan ma’lum darajada raqobat muhitini shakllantirishga zamin yaratadi. Zero, bozor iqtisodiyoti sharoitida aynan fermer xo’jaliklari faoliyatini jonlantirish orqali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda yuksak natijalarga erishish mo’ljallangan. Fermer xo’jaliklari dehqonchilik tarmog’i bilan birgalikda chorvachilikda ham rivojlanib bormoqda. Hozirgi kunda fermer xo’jaliklarining yalpi mahsulotlarini qariyb 70% ni chorvachilik mahsulotlari tashkil qiladi. Respublika hukumatining chorvachilik tarmog’ini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish borasida olib borgan ishlari natijasida fermerlar tasaruffidagi chorvachilik mollari bosh soni yil sayin ko’payib bormoqda. Fermer xo’jaliklarida yirik shoxli moldan tortib to asalari uyasigacha mavjud. Bir so’z bilan aytganda, fermerlar chorvachilikning barcha sohasi bo’yicha shug’ullanib kelishmoqda. Bu dehqonchilik sohasiga ham ta’luqlidir. Shuning uchun fermer xo’jaliklarining ixtisoslashuvi to’g’risida ayrim nazariy fikrlarni bayon etish kerak. Yuqoridagi tahlillar asosida fermer xo’jaliklarini 2 ta yirik gurujga ajratish mumkin. Bular: ■ ixtisoslashgan fermer xo’jaliklar; ■ ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklar. Ixtisoslashgan fermer xo’jaligi deb bir, ikki va uchtadan ko’p bo’lmagan tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchi xo’jaliklari aytiladi. Ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi deb uchtadan ko’p tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchi xo’jaliklar aytiladi. Shu bilan bir qatorda, faqatgina bitta turdagi qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi fermer xo’jaliklari bo’lishi ham mumkin. Bunday xo’jalik tor doirada ixtisoslashgan xo’jalik deb ataladi. Ixtisoslashgan hamda ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarining ijobiy va salbiy tomonlari mavjud. Ixtisoslashgan fermer xo’jaligida texnika vositalaridan, mehnat resurslaridan, aylanma mablag’lardan, kapital ko’yilmalaridan unumli foydalaniladi. Bundan tashqari, fermer xo’jaligi boshlig’ini fikri va uning bilimi tor doiradagi tarmoqlarning rivojlanishi va uni samaradorligini oshirishga qaratiladi. Shu bilan bir qatorda, tor doiradagi ixtisoslashgan xo’jaliklarda yil davomida mavjud resurslardan bir tekisda foydalanishni imkoni yo’q, ularning xo’jalik yuritish faoliyati ma’lum tavakkalchilikka ya’ni, risqqa asoslanadi, Chunki, ob— havo yomon kelsa, tor doirada ixtisoslashgan xo’jaliklar oladigan daromaddan mahrum bo’lishi mumkin. Shuning uchun, dehqonchilik tarmog’i bilan shug’ullanuvchi fermerlar chorva mollarini saqlash va umuman chorvachilik bilan shug’ullanishga majbur bo’lishadi. O’z navbatida chorvachilik bilan shug’ullanuvchi fermer xo’jaliklari em—xashak ekinlarini ekishiga majbur bo’lishadi. Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari tabiat injiqliklariga, talab va taklifni o’zgaruvchanligiga ko’proq chidamli bo’lib hisoblanadi. Bunday xujaliklarda mehnat resurslaridan yil davomida bir tekisda foydalanish, ularni har birini bilimi, mutaxassisligiga qarab ish bilan ta’minlash, chorvachilik va dehqonchilik tarmoqlarini ratsional qo’shib borishi uchun imkoniyat yaratiladi. Ana shu yuqorida aytilgan ijobiy va salbiy oqibatlarni xisobga olib, fermerlar o’zlari uchun optimal tarmoqlarni tanlashi kerak. Yana shu narsani alohida ta’kidlamoqchimizki, fermer xo’jaliklari faqat qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug’ullanmasdan, balki ularni qayta ishlaydigan kichik sanoat korxonalarini ham rivojlantirish lozim. Bular jumlasiga meva, sabzavot, go’sht, sut mahsulotlarini qayta ishlaydigan kichik tsexlarni qurishni keltirsak bo’ladi. Fermer xo’jaliklarini ixtisosini, ularni hajmini belgilashda tabiiy sharoitlarni, mehnat resurslari bilan ta’minganlanganligini, suv bilan ta’minlanganligini, yer resurslarni unumdorligini, mehnat resurslarini shakllangan ko’nikmalari va shu kabi boshqa omillarni xisobga olish lozim. Lekin hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida u yoki bu tarmoqni rivojlantirish uchun, birinchi navbatda, shu tarmoqdan olinadigan foyda olinadi, pul — material sarflarini qoplash xarajati ham baland, 1 kishi soat hisobiga ko’p foyda olinmoqda, shu boisdan bo’lajak fermer xo’jaliklarga sutchilik yo’nalishdagi yirik shoxli mollarni boqish tavsiya etiladi. Dunyo tajribasi shundan dalolat beradiki, shahar atrofida joylashgan fermer xo’jaliklari sabzavot, meva va shu kabi notransportabel va tez buziluvchan mahsulotlar ishlab chiqarishni, shahar atrofidan uzoqda joylashgan fermer xo’jaliklari esa burdoy, arpa, sholi, poliz va shu kabi transportabel mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo’lga ko’yish maqsadga muvofiq. Fermer xo’jaliklarini mustaqilligi to’g’risida shu narsani aytmoqchimizki, ularning mustaqilligi qonun bilan kafolatlangan bo’lib, ularning xo’jalik faoliyatiga davlat organlari va boshqa korxona, tashkilotlarning aralashuviga yo’l qo’yilmaydi. Xo’jaliklar tarkibidagi fermer xo’jaliklari rasman alohida xo’jalik yurituvchi sub’yekt sanalsada, haqiqatda ular qonunda belgilab qo’yilgan mustaqillikdan foydalana olmaydi. Shu boisdan ham xo’jaliklar tarkibidagi fermer xo’jaligi ular ichki xo’jalik bo’linmalarining (pudrat, ijara) bir ko’rinishi, xolos. Shunday ekan, xo’jaliklar tarkibidagi bunday bo’linmalarning mustaqil fermer xo’jaliklari bilan bir qatorga qo’yish kerak emas, balki faqatgina mustaqil balans, xisob raqami va er ajratganlik to’g’risidagi davlat aktiga ega fermer xo’jaliklarinigina xisobga olish zarur. Bizning respublikamizda to’plangan tajribalar kelgusida quyidagi tipdagi fermer xo’jaliklari tashkil topib borishi mumkinligini ko’rsatmoqda: ■ faqat bitta oila a’zolarinng mehnatiga asoslangan oilaviy fermer xo’jaliklari. Chet mamlakatlarda bunday turda xo’jalik yuritishning «to’liqsiz, vaqtda band bo’linadigan fermerlik», deb yuritishadi va ularning oziq—ovqat mahsulotlari etishtirishdagi salmog’i ancha yuqori. AQSh da jami fermer xo’jaliklarining 63 foizi ana shu kategoriyaga kiradi. ■ asosan oila a’zolarining mehnatiga va shu bilan birga yollanma mehnatga ham tayanuvchi oilaviy fermer xo’jaliklari. Bu turdagi xo’jaliklarda ham mol—mulk oilaga tegishli bo’ladi, chetdan jalb etilganlar faqat ma’lum haq evaziga yollanib ishlashi mumkin. Nisbatan yirik hajmli, birgina oila a’zolarining mehnati bilan uddalash kiyin bo’lgan ishlab chijarishni tashkil etishda bunda xo’jaliklar yaxshi samara berishi mumkin. ■ ikki yoki undan ortiq; oilalarni (asosan qarindoshlik xususiyatiga ko’ra) mol—mulki va yer maydonini birlashtirish asosida yuzaga keluvchi hamkorlikdagi fermer xo’jaliklari. Bunday xo’jaliklar asosan yirikroq hajmdagi ishlab chiqarishni yuritish maqsadida tuziladi. Hamkorlikdagi fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasi bo’lmish foydani taqsimlashda, ularni xo’jalikga qo’shgan hissasi (yer, kapital va mehnat resurslari bo’yicha) asos bo’lib xizmat qilishi mumkin. Fransiyada fermerlar hamkorligining bu ko’rinishini BXYuB (Birgalikda xo’jalik yuritish birlashmalari) deb atashadi. Unda a’zolar soni minimal ikkita, maqsimal o’nta qilib belgilangan. BXYuB ning 90% dan ortig’ida a’zolar soni 2— 3 tadan oshmaydi va asosan qarindoshchilik belgilariga ko’ra birlashish odat tusiga kirgan. BXYuBlar o’rtacha 74 ga erga ishlov beradi. BXYuB larga a’zo bo’lgan oilalar o’z er uchastkasi va mulkiga bo’lgan egalikni saqlab qoladi, daromadni taqsimlashda esa a’zolarning xo’jalikdagi mulkiy hissi va mehnatda qatnashuv darajasi hisobga olinadi. Odatdagi oilaviy xo’jaliklardan farq qilib bunday xo’jaliklarda a’zolar o’rtasidagi mehnat, boshqaruv, daromadlarning taqsimlash munosabatlari, huquqiy jihatdan nizom asosida mustahkamlab qo’yilgan bo’ladi. Frantsiyada 37 ming BXYuB lar faoliyat ko’rsatgan. Ular 2780 ming ga yerga ishlov berib, o’z saflarida 92 ming tovar ishlab chiqaruvchilarni birlashtirgan. Fermer xo’jaligi mustaqilligi to’g’risida fikr yuritar ekanmiz yerga nisbatan mulkiy munosabat to’g’risida ham bir qancha fikrlarni bayon etishimiz mutmkin. O’zbekistonning tabiiy-iqtisodiy sharoiti uning xususiy mulk ob’ekti sifatida chiqishga imkon bermaydi. Bizda sug’oriladigan erlar cheklangan, aholining o’sish sur’atlari esa yuqori. Shunday sharoitda yerga xususiy mulkchilik joriy etilib, yer atrofida oldi—sotdi munosabatlar shakllansa, ma’lum vaqtdan keyin bu o’zining salbiy tomonlarini ko’rsatadi. Jumladan, bu holat shunga olib keladi, bir guruh yirik er egalari xech qanday xarajat qilmasdan yer maydonlaridan keladigan renta hisobiga nihoyatda yuqori daromad ola boshlaydilar. Xuddi shunday holatni chet mamlakatlar tajribasida qo’rish mumkin. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, yer davlat mulki sifatida qolsa ham dehqonlarga keng xo’jalik yuritish mustaqilligi berish orqali yuqori natijalarga erishish mumkin. Dunyoning ko’pgina mamlakatlarda, jumladan, Yaponiyada — 100%, Isroilda —90%, Xitoyda— 100% er davlat mulki xisoblanadi. Dehqonlarga er meros qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka yoki uzoq muddatli ijaraga beriladi. Kuzatishlar shundan dalolat beradiki, yer davlat tasarrufida bo’lsa ham bu mamlakatlarda qishloq xo’jaligi samaradorligi juda yuqori. Bizning respublikamizda «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi qonunga ko’ra «Fermer xo’jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari 50 yilgacha bo’lgan, lekin 10 yildan kam bo’lmagan muddatda ijaraga beriladi». Yer ijarasining afzallik tomonlari shundaki, bunda dehqon yer uchun ijara xaqini o’z vaqtida to’lab qo’yib, undan mutlaqo o’z xoxishiga ko’ra foydalanishi mumkin. Bunda davlat qonuniy ravishda yer egaligini o’zida saqlab qolgani holda erdan foydalanish huquqini fermerga o’tkazadi. Hozirgi vaqtda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida yer ijarasi keng yoyilgan. Masalan, AQSh qishloq xo’jaligida yer munosabatlarining o’ziga xosligi shundaki, ishlab chiqarish bir vaqtni o’zida ham fermerlarni xususiy yerlarida, ham ijaraga olingan yerlarda yuritiladi. AQSh bo’yicha 1989 yili fermerlar ixtiyoridagi jami qishloq xo’jaligidagi yaroqli yerlaming 34%i ulami xususiy mulki bo’lib, qolgan 66% ni ijaraga olingan yerlar tashkil etgan. O’zbekistonda yerni uzoq muddatga ijaraga berishni tadbiq etilishi dehqonlarning yerga bo’lgan munosabatini tubdan yaxshilaydi, dehqon yerni hosildorligini oshirish, meliorativ holatini yaxshilash bo’yicha mablag’ sarflashdan cho’chimaydi, chunki u yerdan uzoq muddatli ijara asosida foydalanilishini biladi. Natijada dehqonning yerga bo’lgan munosabati yaxshilanib boradi. Fermer xo’jaliklari ijaraga nafaqat yerni, balki texnika vositalarni ham olishi mumkin. Chet mamlakatlarida keng tarqalgan texnikani ijaraga berishni «Lizing» xizmati deb atashadi. Fermerlar texnikani uzoq muddatga ham olishlari mumkin, ammo aksariyat fermerlar 5 yil muddat bilan ijaraga olishni afzal ko’radilar. Ko’pchilik mamlakatlarda «lizing» xizmatining barqaror bozori vujudga kelgan. qisqa muddatli ijarani — «reyting», o’rta muddatlisini _ «xayring» va uzoq muddatlisini — «lizing» deb ataladi. Ko’p hollarda «Lizing» kompaniyalari bevosita texnika vositalari ishlab chiqaruvchi firmalarga qarashli bo’ladi, Yaponiyada davlat bank muassasalari bilan hamkorlikda firmalardan texnikalarni sotib olish va ularni «Lizing» kompaniyalari orqali ijaraga berish bilan shug’ullanadi. Mamlakatimizda «Lizing» xizmatini yo’lga qo’yish hozirda hukumatimizni ham diqqat markazida turibdi. Xususan, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Yangi ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish bilan birgalikda, lizing operatsiyalarini, ya’ni ijaraga ishlatishni ham kengroq rivojlantirish kerak». Masalan, bizga texnika olib kelishda manfaatdor bo’lgan Ameriqa «Keys» firmasi bilan «Lizing» kompaniyasini tuzish mumkin. Xuddi shunday yo’nalishdagi hamkorlikni MDH davlatlarida kuzatish mumkin. Masalan, 1991 yil Rossiyada «Rossiya agrar texnologiyasi» yopiq turdagi aktsionerlik jamiyati tuzilgan bo’lib, uning tarkibiga «Rossiya uyi» sanoat — tijorat kompaniyasi, «Rosinkombank», Rossiyaning ko’pgina yirik agrokombinatlari, Ameriqa va Isroil firmalari konsortsiumi, Frantsiya va Finlyandiyaning 25 dan ortiq firmalari va banklari kiradi. Albatta, AQSh va boshqa xorijiy davlatlarda qo’llanayotgan tadbirlarni bizning fermerlarimizga tadbiq etish qiyin, buning uchun yetarli shart — sharoitlar bo’lmog’i lozim. Lekin ularning tajribalarni ayrim tomonlarni olish va undan foydalanish foydadan xoli bo’lmaydi. Download 209.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling