О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat agrar universiteti “Tasdiqlandi”


Download 53.28 Kb.
bet1/8
Sana31.03.2023
Hajmi53.28 Kb.
#1312504
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Силабус АКТ zooinjeneriya 2021 лотин




О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA О‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI

Tasdiqlandi”


О‘quv ishlari bо‘yicha prorektor,
professor_________ S.Islamov
2021 yil “ ____” ________


QISHLOQ XО‘JALIGIDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR
FAN SILLABUSI



Bilim sohasi:

400000 –

Qishloq va suv xo‘jaligi



Ta’lim sohasi:



410000 –



Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi



Ta’lim yo‘nalishi:

5410600-



Zooinjeneriya (asalarichilik)

Kafedra mudiri, dotsent Z.K.Kusharov

Fan о‘qituvchilari, katta o’qituvchi G.Bo’riboyeva

Toshkent – 2021 yil




FAN SILLABUSI
Toshkent davlat agrar universiteti


Fan tо‘g‘risida ma’lumot
Fan shifri: (ТФЕМ2202)
Fan nomi: Qishloq xо‘jaligida AKT
Semestr/Yil: IV semestr/ 2021-2022 о‘quv yili
Kafedra: Axborot texnologiyalari va matematika
Soatlar/kreditlar miqdori: 2 ECTS (30 auditoriya soati)

Ma’ruza

Amaliy mashg‘ulot

Laboratoriya

Mustaqil ta’lim

Jami

10

20




30

60



Fan bо‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi:
Auditoriya vaqti: Dars jadvaliga asosan
Talablar:
Fan uchun mas’ul kafedra: Axborot texnologiyalari va matematika kafedrasi
Instruktor tо‘g‘risida ma’lumot
Instruktor: katta o’qituvchi G.Bo’riboyeva
Kafedra joylashgan joyi: Iqtisod binosi, 8 kavat,810-xona
Telefon: 97-4217988
E-mail: gulchehra.islomova@yandex.ru



  1. Fan tavsifi

Agrar sektorni kompleks rivojlantirish asalarichilik tarmog‘ini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Buning uchun asalarichilik tarmog‘idagi hamkor korxonalar faoliyatini muvofqlashtirishda katta hajmdagi axborotlar majmuyi zarur bo‘ladi. Chunki asalarichilik tarmog‘idagi barcha agrotexnik jarayonlarni obi-tobida amalga oshirish uchun zaruriy qarorlar qabul qilishda axborotlarni izlash, to‘plash, saqlash, qayta ishlash zarurati vujudga keladi. Masalalarning murakkabligi va mazmuniga qarab, boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilishda iqtisodiy tahlil, ekspert baholash kabi usullardan foydalaniladi.
Ushbu kurs yordamida talabalar asalarichilikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini kо‘rsatishning yaxlit tizimini yaratish, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etishning imkoniyatlari, afzalliklari, dasturiy va texnologik ta’minoti, zamonaviy texnik vositalar, operatsion tizimlar va zamonaviy dasturlarda axborotlarni qayta ishlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari bilan chuqur hamda har tomonlama о‘rganadilar.
Shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va unda bulutli texnologiyalarni qо‘llash, axborot tizimlari va texnologiyalari xavfsizligini ta’minlashning strategik yо‘nalishlari, raqamli iqtisodiyotning blokcheyn texnologiyalari bilan amallarni bajarish, biznes-muhitlarda biznes axborot tizimlarining faoliyat yuritishi, elektron biznes va biznes anatilika xisobotlarini tayyorlash va samarali foydalanish bо‘yicha har tomonlama bilimlarga ega bо‘ladilar.

  1. Fanning maqsadi

Ushbu Sillabus asosida fanning maqsadlarini tavsiflaydi. Bu talabalarga “Paketli asalarichilik yoki Qishloq xо‘jaligida axborot kommunikatsion texnologiyalar” bо‘yicha bilimlarining nazariy asoslarini, fanning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, ushbu soha bо‘yicha amaldagi qonunlar va uning tamoyillarini о‘rgatish hamda ularni tadbiq etish kо‘nikmasini hosil qilish.
Maqsadlar talabalarga quyidagilarni о‘rganish imkonini beradi:

    • mustaqil fikrlashni namoyish etish;

    • mustaqil ishlashga tayyorlash;

    • axborotlarni qayta ishlash uchun texnik ta’minot, zamonaviy operatsion tizimlar funksiyalari bilan tanishish va dasturiy vositalarda iqtisodiy masalalarni yechishni о‘rganish;

    • tarmoq texnologiyalari bilan tanishish va internet xizmatlaridan oqilona foydalanish;

    • iqtisodiyotni turli sohalarida raqamli iqtisodiyot texnologiyalaridan foydalanish asoslarini о‘rgatish va ularda ishlash;

    • elektron xukumat elementlari bilan ishlashda amaliy kо‘nikmalar va nazariy bilimlar bilan har tomonlama tanishtirib chiqish;

    • elektron biznes turlari bilan tanishish va elektron savdo amallarini bajarishni о‘rganish;

    • katta hajmdagi kelib tushayotgan axborotlarni samarali qayta ishlash uchun intellektual tizimlari va biznes-analitikadan foydalanish.


  1. Download 53.28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling