Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Sud-tibbiyot va psixiatriya ekspertizasi


Download 1.82 Mb.
bet121/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

Sud-tibbiyot va psixiatriya ekspertizasi: inson hayoti va sogʻligiga xavf tugʻdiruvchi inson shaxsiyatiga qarshi qaratilgan harakatlarni aniqlash va ularni tasdiqlash zaruriyati tugʻilganida tayinlanadi. Mazkur ekspertizaning ish faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni Saqlash vazirligiga qarashli sud-tibbiy ekspertiza muassasasida olib boriladi.
Sud-tibbiyot eksperti — Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 16-dekabrdagi 300-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtgan, sud-tibbiyoti boʻyicha maxsus tayyorgarlikka va tegishli guvohnomaga ega boʻlgan oliy maʼlumotli shifokor.
Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) – oʻz ichiga savdo- sotiq, qoʻshma-tadbirkorlik, turli xildagi xizmat koʻrsatish hamda xalqaro hamkorlikning boshqa koʻrinishlarini oʻz ichiga olgan tashqi iqtisodiy hamkorlikning sanoat-xoʻjalik, tashkiliy — iqtisodiy, tezkor – tijoriy amalga oshirish usullari jamlanmasidir.
Texnologik ekspertiza — xom ashyo, yarim xom ashyo, tayyor mahsulotni qayta ishlash texnologiyasini oʻrganish, kerakli asbob-uskuna, moslama modeli, ishlab chiqarish quvvati va tayyor mahsulotning ishlab chiqarish jarayonida texnologik rejimga mosligini aniqlaydi.
Tovar imitator – isteʼmolchilarni chalgʻitish maqsadida tovarlarning koʻrinishi va firma belgilarini haqiqiy (original) mahsulotga almashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan belgilar bilan taʼminlagan holda ishlab chiqarilgan va savdoga chiqargan mahsulot tushuniladi
Tovar siyosati – oʻz ichiga assortiment siyosati,yangi tovar mahsulotlar yaratish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish, eksport dasturidan isteʼmol talabini yoʻqotgan tovarlarni chiqarib tashlash,tovarlar modifikatsiyasi, qadoqlash , tovar belgisi va tovar nomlanishi masalalarini oʻz ichiga olgan tushunchalar majmuasidir.
Tovarning sifati – mahsulotning uning belgilangan maqsadiga muvofiq keluvchi muayyan talablarga mos kelishini taʼminlovchi xususiyatlari yigʻindisidir.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling