Toʻqimachilik ipi — egiluvchan, pishiq, ko’ndalang kesimi kichik va uzunligi chegaralanmagan jism boʻlib, maʼlum uzunlikka ega, u toʻqimachilik materiallarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.
Toʻqimachilik tolasi — egiluvchan va pishiq, koʻndalang kesimi kichik va uzunligi chegaralangan jism boʻlib, u toʻqimachilik materiallarni ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.
Uygʻunlashgan tizim – tovarlarni tasniflash va kodlashning yagona xalqaro tovar klassifikatsion tizimidir.Tovarlarning turli belgilari yigʻindisiga asoslangan koʻp maqsadli tovar nomenklaturasi. Uygʻunlashgan tizim bojxona organlari,statistika xizmati va tijoriy faoliyat talablariga javob bera oladi.
Oʻsimliklar karantini – Respublikaning oʻsimlik boyliklariga jiddiy zarar etkazishi mumkin boʻlgan xavfli zararkunandalar, begona oʻtlar, turli xil oʻsimliklar kasalliklari va boshqa karantin ostidagi materiallar olib kelinishi va tarqalishining oldini olish hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan davlat tadbirlari tizimi;
Uslub – tabiat yoki ijtimoiy hayot hodisalarini anglab yetish, oʻrganish, shuningdek, qoʻyilgan maqsadga erishishni taʼminlovchi harakat usuli.
Falsifikatsiya (qalbaki) qilingan mahsulot – tarkibi hujjatlarda belgilangan meʼyorlarga yoki tovarga nisbatan belgilangan talablarga (GOSTlar davlat standartlari, Sanitariya qoidalari va meʼyorlari) rioya etilmagan holda ishlab chiqarilgan va uning yorliqlarida maʼlumotlar notoʻgʻri yoki toʻliq boʻlmagan mahsulotlar demakdir
Fitosanitar nazorati – zararli organizmlar va ular tabiiy kushandalarining tarqalishi, shuningdek ularning rivojlanish surʼati va zararlilik darajasini kuzatib borish hamda aniqlash;
Fitosanitar sertifikati — karantin nazoratidagi material karantin obyektlari bilan zararlanmaganligini tasdiqlaydigan hamda materialning yoʻnalishi, tashish shartlari va ushbu materialdan foydalanish shartlari, materialning idishi va oʻramlarini belgilaydigan hujjat;
Ekologik ekspertiza – tovarning koʻrsatkichlarini baholash, insonlarning xavfsizligiga taʼsir etadigan mahsulotlarning tarkibini, xarakterini va foydalanish davomida atrof-muhitga taʼsirini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |