Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Yogʻning rangi va konsistensiyasiga qarab aniqlash


Download 1.82 Mb.
bet40/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

3. Yogʻning rangi va konsistensiyasiga qarab aniqlash. Bu oʻrinda mazkur usul haqida uzoq soʻz yuritishga toʻgʻri kelmaydi, chunki unga asos boʻlgan maʼlumotlar yuqorida batafsil bayon etildi. Shubhasiz, yogʻning rangi, ayniqsa uning erish nuqtasi qulay holatlarda goʻshtning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun gʻoyat muhim belgi boʻlib xizmat qilishi mumkin. Biz yogʻning erish nuqtasida, masalan, ot goʻshtini mol go’shtidan yoki choʻchqa goʻshtini it goʻshtidan osongina ajratish mumkinligini koʻrdik. Yogʻning rangi hayvonning yoshini va qisman jinsini (albatta mutlaqo emas) ham koʻrsatib beradi.
4. Glyukogenni aniqlash yoʻli bilan farqlash. Kimyoviy tadqiqotlar ot goʻshti tarkibida koʻp miqdorda uglevodlar, xususan glikogen boʻlishini koʻrsatdi. 100 g yogʻsizlantirilgan quruq ot goʻshtida 5%gacha glikogen (1,5 dan 4,7gacha) va 2% gacha glyukoza (0,8 – 1,9), 100 g yangi ot goʻshtida esa 1,0%gacha glikogen (0,37 dan 1,1 gacha) va 0,5%gacha glyukoza (0,2 – 0,5) boʻlishi mumkin. Ayni vaqtda buqa goʻshti (mol goʻshti) tarkibida glikogen miqdori quruq moddada 0,0 – 0,8 va glyukoza miqdori 0,2 – 1,0, yangilik holatida glikogen miqdori 0,0 – 0,2 va glyukoza miqdori 0,05 – 0,25 boʻladi. Koʻrib turganimizdek, glikogen miqdoridagi farq ancha boʻlib, identifikatsiya belgisi sifatida xizmat qilishi mumkin.
5. Orqa oyoqlarga qarab farqlash. Oxirgi vaqtlarda Respublikamizda nutriya, quyon va boshqa mayda oʻtxoʻr hayvonlar goʻshti koʻpgina isteʼmolchilarga yoqib qolganligidan, bu mayda hayvonlarning nimtalanmagan goʻshtini mushuk, it va shu kabilarning nimtalanmagan goʻshtidan identifikatsiyalash uchun ularni realizatsiya qilish vaqtida orqa oyoqlaridan biri kesib olinmagan boʻlishi shart. Mana shu orqa oyoqlarga qarab quyon, nutriyani tez va ishonchli tarzda identifikatsiyalash mumkin.
Goʻshtning sifatini qalbakilashtirish quyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin: yangi goʻshtni eski goʻsht bilan almashtirish; natural goʻshtni normal boʻlmagan goʻsht bilan almashtirish; goʻshtning bir qismini suv, qon bilan almashtirish; goʻsht hajmini havo bilan oshirish; goʻshtni sabzi va boshqa sariq boʻyoqlar bilan boʻyash; goʻshtni soda bilan rangsizlantirish; begona qoʻshimchalarni qoʻshish.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling