Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


-javal. Vinolarning tarkibidagi qand moddasi va spirt boʻyicha tasniflanishi


Download 1.82 Mb.
bet52/123
Sana31.03.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1312536
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123
Bog'liq
Tovarlarni identifikatsiyalash va qalbakilashtirish lotin

2-javal.
Vinolarning tarkibidagi qand moddasi va spirt boʻyicha tasniflanishi

Vinolar guruhi

Etil spirtining hajmdagi ulushi, %

Qand moddalarining umumiy konsentratsiyasi, g/dm3

Natural vinolar

Quruq (yumshoq) vinolar

9-13

Koʻpi bilan 3

Maxsus quruq (yumshoq) vinolar

14-16

Koʻpi bilan 3

Nimquruq (nimyumshoq) vinolar

9-13

5-25

Nimshirin vinolar

9-12

30-80

Maxsus vinolar

Quruq (yumshoq) vinolar

14-20

Ne bolee 15

Oʻtkir vinolar

17-20

30-120

Yarim desert vinolar

14-16

50-120

Desert vinolar

15-17

140-200

Liker vinolar

12-16

210-300

Uzum vinolari rangiga qarab oq, pushti, qizil vinolarga boʻlinadi. Oq vinolar orasidan och somon rangli, och tillarang, tillarang, toʻq tillarang, och kahrabo rangli, kahrabo rangli, toʻq kahrabo rangli vinolar farqlanadi. Pushti vinolar rangi och pushtirang, toʻq pushtirang; qizil vinolar rangi – qizil, toʻqqizil boʻladi.


Sifati va yetilish muddatlariga qarab vinolar yosh, yetilmagan, yetilgan, markali va kollektsiyalanadigan vinolarga boʻlinadi, bunda yetilish muddatining boshlanishi uzum hosilidan keyingi yilning 1-yanvari hisoblanadi.
Yosh vinolar – bu uzumning alohida navlaridan yoki ularning aralashmasidan umumiy qabul qilingan texnologiya boʻyicha ishlab chiqariladigan, uzum hosilidan keyingi yilning 1-yanvarigacha realizatsiya qilinadigan natural quruq (yumshoq) vinolardir.
Yetilmagan vinolar – uzumning alohida navlaridan yoki ularning aralashmasidan umumiy qabul qilingan texnologiya boʻyicha ishlab chiqariladigan, uzum hosilidan keyingi kalendar yilning 1-yanvaridan boshlab realizatsiya qilinadigan ichimliklardir.
Ayrim uzum navlaridan yoki aralash uzumlardan maxsus texnologiya boʻyicha olinadigan, shisha idishlarga quyishdan oldin kamida olti oy davomida albatta yetiltirilgan yaxshi sifatli vinolar yetilgan vinolar deyiladi.
Markali vinolar jumlasiga muayyan tumanlarda oʻsadigan uzumning muayyan navlaridan yoki ularning maxsus tanlangan aralashmasidan maxsus texnologiya boʻyicha tayyorlanadigan, taʼmining nozikligi va xushboʻyligi (buket) bilan ajralib turadigan hamda shisha idishlarga quyishdan oldin kamida 1,5 yil davomida yetiltirilgan, sifati yuqori boʻlgan va oʻzgarmaydigan vinolar kiradi.
Kollektsiyalanadigan vinolar – bu markali vinolar boʻlib, ular statsionar rezervuarda yetilishi tamom boʻlganidan keyin qoʻshimcha ravishda shisha idishlarda kamida uch yil davomida yetiltiriladi.
Nomi kelib chiqishi boʻyicha nazorat qilinadigan vinolar – qatʼiy belgilangan tumandagi muayyan uzum navlaridan maxsus yoki anʼanaviy texnologiya boʻyicha olingan, original organoleptik xosalari bilan ajralib turadigan, nomida koʻrsatilgan aniq bir joyning iqlim sharoitlari bilan bogʻliq boʻlgan yuqori sifatli vinolar natural va maxsus vinolar boʻlishi mumkin.
Oʻynoqi vinolar jumlasiga tarkibida uglerod ikki oksidi koʻp boʻlgan vinolar kiradi. Ular ozgina shirin qoʻshilgan quruq (yumshoq) va desert vino materiallarini germetik (havo oʻtkazmaydigan) idishlarda bijgʻitish yoʻli bilan shampanlash-tirish usulida olinadi. Vinolardagi spirt miqdori kamida 8,5%, qand miqdori — 15,0 – 85,0 g/dm3 boʻladi.
Oʻynoqi vinolarni tasniflashga bir qator belgilar asos qilib olingan: tayyorlash texnologiyasi, rangi, qand miqdori, shampanlashtiril-ganidan keyin qancha vaqt davomida yetiltirilganligi.
Tayyorlash texnologiyasi boʻyicha oʻynoqi vinolar quyidagilarga boʻlinadi:
♦ nom berilmagan "oʻynoqi vinolar";
♦ nom berilgan "oʻynoqi vinolar";
♦ "marvarid vinolar".
Nom berilgan oʻynoqi vinolar oʻzining organoleptik xossalari bilan ajralib turadi. Marvarid vinolar tarkibidagi uglerod ikki oksidi kamligi (qolgan vinolardagi 350 kP oʻrniga kamida 200 kP) bilan ajralib turadi.
Qandlarning umumiy konsentratsiyasiga qarab oʻynoqi vinolar quyidagi markalarga boʻlinadi: bryut — qand koʻpi bilan 15,0 g/dm3, quruq (yumshoq) vino — 20,0—25,0 g/dm3, nimquruq (nimyumshoq) vino — 35,0—45,0 g/dm3, nimshirin vino — 55,0—65,0 g/dm3, shirin vino — 75,0—85,0 g/dm3.
Oʻynoqi vinolar guruhidan faqat tabiiy uzum qandidan foydalanib tayyorlangan natural vinolar ajratiladi. Diabet (qand) kasalligi bilan ogʻriganlarga qand oʻrnini bosuvchi moddadan foydalanilgan vinolar ishlab chiqariladi.
Yetiltirish muddatiga qarab oʻynoqi vinolar quyidagilarga boʻlinadi: yetilmagan; yetilgan – shampanlashtirish tamom boʻlganidan keyin yetilish muddati kamida olti oy boʻlgan vinolar; kolleksiyalanadigan vinolar – vinoning shampanlashtirilgan yili koʻrsatilib, shisha idishlarda kamida ikki yil davomida yetiltirilganidan keyin sotiladigan vinolar.
Shampan vinolari oʻynoqi vinolardan ishlab chiqarish uchun qatʼiy belgilanadigan uzum navlaridan foydalanilishi hamda texnologiyasining xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Ishlab chiqarish texnologiyasining xususiyatlariga qarab quyidagi nomdagi shampan vinolari chiqariladi: kolleksion shampan vinosi, maxsus nomlar berilgan Sovet shampan vinolari, nom berilmagan O’zbekiston shampan vinosi va nom berilgan Oʻzbekiston shampan vinosi (1-rasmga qarang).




  1. Download 1.82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling