O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali
Download 351.5 Kb.
|
Илмий тадқиқот ишини ташкил этиш фанидан назорат ишини бажариш бўйича ус кўрсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat ishi uchun tanlangan mavzuni mustaqil o’zlashtirish
- Nazorat ishlarni baholash tartibi
- Nazorat ishlarini baholash mezonlari Baho
- FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI Asosiy adabiyotlar
Nazorat ishi uchun tanlangan mavzuni mustaqil o’zlashtirish Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o’quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o’zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko’rsatish lozim. Nazorat ishini bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o’quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzu bo’yicha taqdimot va slaydlar, keys stadilar tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o’zlashtirish qiyin bo’lsa, savollar paydo bo’lsa, adabiyotlar etishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o’qituvchidan maslahatlar oladilar. Mustaqil o’zlashtirilgan mavzu bo’yicha tayyorlangan matn bo’limdan tegishli tartibda ro’yxatdan o’tkazilib, kafedraga yo’naltiriladi va tegishli tartibda talaba tomonidan himoya qilinadi. Nazorat ishlarni baholash tartibi Talabalarning reyting asosida baholash tizimida nazorat ishining bajarilishi yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Albatta, nazorat ishining talabalar tomonidan bajarilish muddati, yozma yoki Ilmiy loyiha ishlariga qo‘yilgan talabga qay darajada javob berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan qanday foydalanganligi baholash me’zonida nazarda tutiladi. “Ilmiy tаdqiqоt ishini tаshkil etish” fanidan nazorat ishlarini baholashda: talabalarning shaxsiy individual xususiyatlari, bilim, ko’nikma va malakalarini shakllanishi, auditoriya va auditoriyadan tashqarida olingan bilimlari, shuningdek ijodiy qobilyatlarini hisobga olgan holda yondashish maqsadga muvofiq. Nazorat ishlarini 5 ballik baholash mezoniga amal qilinadi.
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI Asosiy adabiyotlar: Хоdiеv B.YU., Bеkmurоdоv А.SH., Bоltаbаеv M.P., Gоlish Jl.B., Gimrаnоvа О.B.. Ilmiy-tаdqiqоtchilik fаоliyatigа tаyyorgаrlik аsоslаri. / O’quv- uslubiy qo’llаnmа. - Tоshkеnt. Ekоnоmikа. 2010.- 138 b. Radjabov A. Ilmiy tadqiqot asoslari./ O’quv qo’llаnmа. - Tоshkеnt. Tafakkur-bo’stoni. 2012.- 208 b. Mirziyoеv SH.M. Erkin vа fаrоvоn dеmоkrаtik O’zbеkistоn dаvlаtini birgаlikdа bаrpо etаmiz. Tоshkеnt, «O’zbеkistоn» NMIU, 2016. - 59 b. Mirziyoеv SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan quramiz. Tоshkеnt, «O’zbеkistоn» 2017. - 488 b. Umurzоqоv O’.P., Tоshbоеv А.J., Toshboyev A.A. Fermer хo’jаligi iqtisоdiyoti. O’quv qo’llаnmа. «Iqtisоd - mоliya», T.: 2007 – 240 6. Виноградова Н.А.научно-исследовательская работа студента: Технология написания и оформления доклада, реферата, курсовой и выпускной квалификационной работы: - 13-е изд. стер. – М: «Академия», 2017. – 128 с. Download 351.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling