O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali


Download 351.5 Kb.
bet1/8
Sana04.04.2023
Hajmi351.5 Kb.
#1323277
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Илмий тадқиқот ишини ташкил этиш фанидан назорат ишини бажариш бўйича ус кўрсатма


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI


TABIIY, IJTIMOIY FANLAR VA JISMONIY MADANIYaT” KAFEDRASI


ILMIY TADQIQOT ISHINI TASHKIL ETISH
FANIDAN
Sirtqi bo‘lim 2-bosqich 5230900 -“Buxgalteri hisobi va audit”, 5230700 - “Bank ishi va audit”, 5234100-“Raqamli iqtisodiyot” ta’lim yo’nalishi talabalari uchun
NAZORAT ISHLARINI
bajarish bo`yicha
USLUBIY KO’RSATMA

Samarqand-2022




Tuzuvchilar:

J.S.Saidov“Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi assistenti


Z.Bobomurodov

“Tabiiy, ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat” kafedrasi dosenti

Z.Boboqulov -


TDAU SF “O’simlikshunoslik va meva sabzavotchilik” kafedrasi kata o’qituvchisi. (PhD) (turdosh OTM)









Nazorat ishlarini bajarish bo‘yicha uslubiy ko’rsatma kafedra (2022 yil ___ avgustdagi ____-sonli) majlisida muhokama qilingan va tasdiqlash uchun filial o’quv-uslubiy Kengashiga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri O’.J.Xudayarov
Nazorat ishlarini bajarish bo`yicha uslubiy ko’rsatma filial o’quv-uslubiy Kengashining 2022 yil ___ avgustdagi ___-sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan.
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari F.B.Axrorov

K I R I S H
Taraqqiy etayotgan jamiyat va uning har bir a’zosi ilmiy-texnik rivojlanishning o‘sib borishini bevosita ta’siri qamrovida bo‘ladi. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, sanoat va iqtisodiyotning barcha sohalarini ilm-fan taraqqiyotining yutuqlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jaligini elektirlashtirish va avtomatlashtirish hamda soha energetikasi uchun tayyorlanilayotgan oliy ma’lumotli bakalavr va magistrlar elektrlashtirish loyihalarini ishlab chiqish, texnologik jarayonlarni elektrlashtirish va elektr uskunalarini ekpluatatsiyalash bo‘yicha malakaviy faoliyatlari bo‘yicha ish yuritish bilan bir qatorda elektrlashtirilgan jarayonlar va elektrotexnologik qurilmalarni takomillashtirish bilan bog‘liq u yoki bu shakldagi tadqiqotlar olib borish, elektr energiyasidan foydalanishda energiya tejamkorligiga erishishga oid tajribalar, sinovlar o‘tkazish, uning natijalariga statistik ishlov berish va ilmiy tahlil etish hamda yangilik va ixtirolar yaratish bo‘yicha tayanch bilimlarga ega bo‘lishlari kerak. Boshqacha aytganda, agrar soha energetikasi bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxasis o‘z faoliyati davomida u yoki bu darajada energetik qurilma va elektrotexnologik uskunalarda sinov tajribalar, amaliy tadqiqotlar o‘tkazish usullarini bilishlari va natijalarga statistik ishlov berish bo‘yicha bilimlarni egallashlari va shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan ijodiy foydalana olishlari zarurdir. Yuqorida qayd etilgan bilimlarni egallashlarida, ushbu fanni o‘rganishlarida mazkur qo‘llanma yordam beradi deb o‘ylaymiz. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda ushbu o‘quv qo‘llanma quyidagilarga erishishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi: – talabalar, sirtqi talim yunalishi, magistrantlar va aspiranlarni fanning mohiyati va uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni bilan tanishtirish; – bo‘lajak bakalavrlar, magistrlar va ilm bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni ilmiy tadqiqotlar strukturasi va asosiy usullari, shuningdek, ehtimollik nazariyasi asoslari, matematik modellashtirish usullari, o‘lchash amaliyoti haqidagi bilimlarni egallashlariga ko‘maklashish; – eksperimental tadqiqotlarni rejalashtirish,olib borish va tahlil qilishga o‘rgatish; – patent izlanishlari olib borish tartibini o‘rgatish; – ilmiy tadqiqotlar natijalarini rasmiylashtirishga o‘rgatish va h.k.lar.


Download 351.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling