O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali
Download 351.5 Kb.
|
Илмий тадқиқот ишини ташкил этиш фанидан назорат ишини бажариш бўйича ус кўрсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tipologik belgilari Keys-stadi turi
- Ilmiy tаdqiqоt ishini tаshkil etish” fani bo’yicha nazorat ishlarini bajarish hamda ozlashtirish uchun qoyilgan talablar
Taqdimot tayyorlash jarayonida talaba adabiyotlar bilan ishlash, turli manbalardan olgan materiallarini umumlashtirish va xulosa qilishga o'rganadi.
Taqdimot tayyorlash uchun talaba, avvalo, fanni nazariy jihatdan puxta o'zlashtirishi kerak. Tanlab olingan mavzuni yoritish uchun kirish, 3-4 reja tuziladi va shu reja asosida mavzu yoritiladi. Nazorat ishi taqdimot ko'rinishida bo'lsa, u Power Point dasturida tayyorlanadi va unda titul varog'i, mavzu, reja va slaydlardan iborat bo'lishi kerak. Nazorat ishini bajarishda talaba o'rganiyotgan mavzuning mohiyati va mazmunini faqatgina asosiy matnda nazariy jihatdan yoritmasdan, balki mavzu bo'yicha amaliy ma'lumotlardan sxema, grafik, diagramma, jadvallar ko'rinishida tarqatma materiallar tayyorlashlari va ularni tahlil qilish talablari qo'yilgan. Chunki, har qanday mavzuning nazariy qismi amaliy topshiriqlar bilan to'ldirilganda dars samarasi yanada yuqori bo'ladi. Talabalar shuningdek, ayrim mavzular yuzasidan keys stadilar tayyorlashlari talab etilgan. Keys-stadida (inglizcha case – vaziyat, holat, study -o’rganish) bayon qilingan va ta’lim oluvchilarni muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq tarzdagi echimi variantlarini izlashga yo’naltiradigan aniq real yoki sun’iy ravishda yaratilgan vaziyatning muammoli-vaziyatli tahlil etilishiga asoslanadigan o’qitish usulidir. Keys-stadi-o’qitish, axborotlar, kommunikatsiya va boshqaruvning qo’yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish va Keys-stadida bayon qilingan amaliy muammoli vaziyatni hal qilish jarayonida prognoz qilinadigan o’quv natijalariga kafolatli etishishni vositali tarzda ta’minlaydigan bir tartibga keltirilgan optimal usullari va vositalari majmuidan iborat bo’lgan o’qitish texnologiyasidir. Keys-stadilarni tayyorlash tipologiyasi
“Ilmiy tаdqiqоt ishini tаshkil etish” fani bo’yicha nazorat ishlarini bajarish hamda o'zlashtirish uchun qo'yilgan talablar: bir mavzuni yoritishda talaba faqatgina ilmiy adabiyotlardan emas, balki ham ilmiy maqolalar, ham axborot vositalari, ham internet tarmoqlaridan birgalikda foydalanishi lozim; o'rganilayotgan mavzu bo'yicha rivojlangan davlatlar tajribalari qay darajada ekanligiga e'tibor berilishi lozim; ilmiy loyiha va referat reja asosida va talab darajasida tayyorlangan bo'lib, har bir reja bo'yicha talaba o'z fikr mulohazalarini bayon etishi shart; nazorat ishini bajarishda har bir mavzu rejalar asosida yoritilishi shart, bitta savol uning javobi, keying savol uning javobi va hokazo, tartibiga rioya qilish zarur. mavzuni yoritishda keltirilgan ma'lumotlar aniq va to'g'riligiga ishonch hosil qilish uchun manbasi ko'rsatilishi shart; fan o’qituvchisining ko’rsatmasi asosida har bir talaba savollar to’plamidan iborat o’z variantini aniqlab oladi. Bu topshiriqlar talabalariga yo’l-yo’riqlar berish davrida amalga oshiriladi. har bir variantda o’qitiladigan fanning turli boblariga oid 3 tadan savollar kiritilgan. nazorat ishi savollariga javoblar uchun zarur ma’lumotlarni saqlovchi darsliklar ro’yxati keltirilgan. nazorat ishi daftarda (kamida 12 varaqli) bajariladi. Uning sirtqi varag’ida talabaning ismi, familiyasi, ta’lim yo’nalishi, bosqichi, nazorat ishi bajariladigan fan nomi, yashash uyi manzili yoziladi. nazorat ishi talabaning o’z dastxatida bajarilishi lozim. talaba bajargan nazorat ishini nazariy amaliy ta’lim va attestasiyalarga chaqiriladigan muddatga qadar bo’limga yuborilishi lozim. nazorat ishi savollariga talaba tomonidan qoniqarsiz javoblar yozilganda (2 baho) baholanadi va uni qayta ishlash uchun qaytariladi (yoki qo’shimcha javoblar bilan to’ldiriladi). - fan bo’yicha nazorat ishini bajarmagan talaba nazariy amaliy ta’lim va attestasiyalarga ruxsat etilmaydi. Download 351.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling