О„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “tasdiqlayman” Toshkent moliya instituti
Telefon raqami 7 ta raqamdan iborat. Telefon raqamlarining: a) turli hil bo‟lishi; 16
Download 446.64 Kb. Pdf ko'rish
|
Sirtqi uchun
15. Telefon raqami 7 ta raqamdan iborat. Telefon raqamlarining:
a) turli hil bo‟lishi; 16. Qutida faqat ranglari bilan farqlanuvchi 22 ta shar bor: 9 ta ko‟k, 5 ta sariq va 8 ta oq. Qaysi hodisaning ehtimoli kattaroq: qutidan sariq sharning chiqishimi yoki o‟yin kubi tashlanganda 5 ochko tushishimi? 17. 10 ta biletdan ikkitasi yutuqli. Tavakkaliga olingan 5 ta bilet orasida bittasi yutuqli bo‟lish ehtimolini toping. 18. b, o, k, i, t harflarining har biri 5 ta kartochkalardan biriga yozilgan. Kartochkalarni tasodifan bir qatorga terganda “kitob” so‟zining hosil bo‟lish ehtimolini toping. 19. O‟qishni bilmaydigan bola alifbening kesilgan “A”, “A”, “A”, “N”, “N”, “S” harflarini ixtiyoriy ravishda terib chiqdi. Bunda “ANANAS” so‟zining hosil bo‟lish ehtimoli qanday? 20. Yashikda 3 ta oq va 7 ta qora shar bor. Yashikdan tavakkaliga 2 ta shar olinadi. Olingan ikkala sharning ham qora bo‟lish ehtimolini toping. 21. R radiusli doiraga nuqta tashlanadi. Bu nuqta doiraga ichki chizilgan kvadrat ichiga tushish ehtimolini toping. 22. R radiusli doiraga nuqta tavakkaliga tashlangan. Tashlangan nuqtaning doiraga ichki chizilgan muntazam uchburchak ichiga tushishi ehtimolini toping. 23. Talabaga kerakli formulani uchta ma‟lumotnomada bo‟lishi ehtimoli mos ravishda 0,6; 0,7; 0,8 ga teng. Formula: a) faqat bitta ma‟lumotnomada; b) faqat ikkita ma‟lumotnomada; c) uchchala ma‟lumotnomada bo‟lishi ehtimolini toping. 24. Talaba fan bo‟yicha 25 ta savoldan 20 tasini biladi. Talabaning o‟qituvchi taklif etgan uchta savolni bilishi ehtimolini toping. 25. Biror joy uchun iyul oyida bulutli kunlarning o‟rtacha soni oltiga teng. Birinchi va ikkinchi iyulda havo ochiq bo‟lishi ehtimolini toping. 26. Guruhda 10 ta talaba bo‟lib, ularning 7 nafari a‟lochilar. 4 ta talaba dekanatga chaqirtirildi. Ularning barchasi a‟lochilar bo‟lishi ehtimolini toping. 27. Buyumlar partiyasidan tavarshunos oily navli buyumlarni ajratmoqda. Tavakkaliga olingan buyumning oliy navli bo‟lishi ehtimoli 0,8 ga teng. Tekshirilgan 3 ta buyumdan faqat 2 tasinig oliy navli bo‟lishi ehtimolini toping. 28. Birinchi yashikda 4 ta oq va 8 ta qora shar bor. Ikkinchi yashikda 10 ta oq va 6 ta qora shar bor. Har qaysi yashikdan bittadan shar olinadi. Ikkala sharning ham oq chiqishi ehtimolini toping. 29. Sehda 7 ta erkak va 8 ta ayol ishchi ishlaydi. Tabel tartib raqami bo‟yicha tavakkaliga 3 kishi tanlangan. Tanlanganlarning hammasi ayol kishilar bo‟lishi ehtimolini toping. 30. Birinchi yashikda 5 ta oq va 10 ta qizil shar bor. Ikkinchi yashikda esa 10 ta oq va 5 ta qizil shar bor. Agar har bir yashikdan bittadan shar olinsa, hech bo‟lmaganda bitta sharning oq bo‟lishi ehtimolini toping. Download 446.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling