О„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “tasdiqlayman” Toshkent moliya instituti


Tanga 7 marta tashlanadi. Tanganing 2 marta “raqam” tomoni bilan tushishi  ehtimolini toping.  13


Download 446.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana05.04.2023
Hajmi446.64 Kb.
#1275846
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sirtqi uchun

12. Tanga 7 marta tashlanadi. Tanganing 2 marta “raqam” tomoni bilan tushishi 
ehtimolini toping. 
13. O‟qning nishonga tegishi ehtimoli p=0,7. Nishonga otilgan 5 ta o‟qdan 2 
tasining nishonga tegishi ehtimolini toping. 
14. Ikki teng kuchli shaxmatchi 2n ta natijaviy o‟yin o‟ynashga va‟dalashdilar 
(durang hisobga olinmaydi). Har bir o‟yinchining navbatdagi partiyada yutishi 
ehtimoli 0,5 ga teng. Eng ko‟p partiyada yutgan o‟yinchi o‟yinda g‟olibi 
hisoblanadi. Har bir o‟yinchining 8 partiyalik o‟yinda yutish imkoniyati ko‟pmi 
yoki 12 partiyalik o‟yindami? 


15. Qurilma ishdan chiqishi uchun undagi erkli ishlaydigan 8 ta elementdan 
kamida 3 tasini ishdan chiqishi yetarli. Agar har bir elementning muddat ichida 
ishdan chiqishi ehtimoli bir xil va 0,2 ga teng bo‟lsa, shu muddat ichida butun 
qurilmaning ishdan chiqishi ehtimolini toping. 
16. O‟zgarmas sharoitda bir-biriga bog‟liq bo‟lmagan ravishda nishonga qarata 
uch marotaba o‟q uzildi. Har bir uzilgan o‟qning nishondagi “10” ga tegishi 
ehtimoli 
p(10) 

0,3 ; “9” ga tegishi ehtimoli 
p(9) 

0, 4 , “9” ga ham, “10” ga ham 
tegmasligi ehtimoli p(9 

10) 

0,3 ga teng. Quyidagi hodisalarning ehtimolini 
toping: 
A={bitta “10” ga va bitta “9” ga tegishi}, 
B={roppa-rosa ikkita “10” ga tegishi}, 
C={29 dan kam bo‟lmagan ochkoning yig‟ilishi}. 
17. O‟n kishidan iborat guruhdagi aspirantlarning har biri tasodifiy ravishda 
haftaning to‟rt kunidan birida (dushanba, seshanba, chorshanba yoki payishanba) 
ilmiy maqolalar bilan ishlash uchun kutibxonaga boradi. Quyidagi hodisalar 
ehtimollarini toping: 
A={dushanbada 1 ta, seshanbada 2 ta, chorshanbada 3 ta va payshanbada 4 ta 
aspirant kutibxonaga keldi}, 
B={dushanbada 3 ta, seshanbada 7 ta aspirant kutibxonaga keldi}, 
C={5 ta aspirant haftaning birinchi ikki kunida, qolgan 5 ta aspirant esa 
haftaning ikkinchi ikki kunida kutibxonaga keldi}, 
D={dushanba va seshanbada birorta ham aspirant kutibxonaga kelmadi}. 
18. Erkli tajribalar A hodisa k marta ro‟y berguncha o‟tkaziladi. Agar har bir 
tajribada A hodisaning ro‟y berish ehtimoli p ga teng bo‟lsa, n marta tajriba 
o‟tkazish zarur bo‟lishi ehtimolini toping. 
19. Elektr impulsini qayd qiluvchi asbob 1 kVdan ortiq kuchlanishga ega bo‟lgan 
ko‟pi bilan 3 ta impulsga bardosh beradi, so‟ng ishdan chiqadi. Agar impulsning 
kuchlanishi 1 kVdan ortiq bo‟lishi ehtimoli 0,2 ga teng bo‟lsa, asbobning o‟n 
beshinchi impulsda ishdan chiqishi ehtimolini toping. 
20. O‟rta hisobda sotuvga chiqariladigan avtomobillarning beshdan bir qismi 
nuqsonli. 
Tasodifan tanlangan 10 ta avtomobildan 
a) 3 tasining, 
b) kamida 3 tasining nuqsonli bo‟lishi ehtimolini toping. 
21. Oilada 10 ta farzand bor. O‟g‟il va qiz bolalar tug‟ilishi ehtimoli bir-biriga 
teng ekanligini bilgan holda, bu oilada 
a) uchtadan kam bo‟lmagan; 
b) ko‟pi bilan uchta o‟g‟il bolalar borligi ehtimolini toping. 
22. Muayan oliy o‟quv yurti talabalarining o‟zlashtirish darajasi kuzatilganda 
30% i “qoniqarli”, 50% i “yaxshi”, 20% i “a‟lo” ekanligi aniqlangan. Tavakkaliga 
tanlangan 6 ta talaba ichida: 


a) “qoniqarli”, “yaxshi” va “a‟lo”ga o‟zlashtiruvchi talabalar sonining teng 
bo‟lishi; “qoniqarli” va “a‟lo”ga o‟zlashtiruvchi talabalar sonining teng bo‟lishi 
ehtimoli qanday? 
23. Firmani tekshiruvdan o‟tkazayotgan auditorning moliyaviy kamchiliklarni 
aniqlashi ehtimoli 0,9 ga teng. Tekshiruv o‟tkazilayotgan 4 ta firmaning yarmida 
moliyaviy kamchiliklarning aniqlangan bo‟lishi ehtimolini toping. 
24. Ulgurji savdo bazasi n ta do‟konga mahsulot yetkazib beradi. Kun davomida 
bazaga har bir do‟kondan mahsulot uchun talabnoma tushishi ehtimoli 0,3 ga teng. 
Bazaga kun davomida: 
a) 6 ta; 
b) 5 tadan 11 tagacha; 
c) kamida bitta talabnomaning tushishi ehtimolini toping. Kun davomida bazaga 
kelib tushgan talabnomalarning eng ehtimolli sonini va uning ehtimolini toping. 
25. Bir sutka ichida elektr energiya sarfi belgilangan me‟yordan oshib ketmaslik 
ehtimoli 0,75 ga teng. Yaqin olti kunning to‟rt kuni davomida elektr energiya sarfi 
belgilangan me‟yordan oshmaslik ehtimolini toping. 
26. Portga 3 ta yuk ortilgan kemaning kelishi kutilmoqda. Statistik ma‟lumotlarga 
ko‟ra, keltiriladigan mollarning sifatsiz bo‟lib chiqishi ehtimoli 0,01 ekanligi 
aniqlangan. Kutilayotgan kemalardan hech bo‟lmaganda ikkitasining sifatli mol 
olib kelishi ehtimolini toping. 
27. Maktabning birinchi sinfiga 260 ta bola qabul qilindi. Agar o‟g‟il yoki qiz 
tug‟ilish ehtimollari bir-biriga tеng bo‟lsa, qabul qilinganlarning rosa 100 tasi qiz 
bola bo‟lish ehtimolini toping. 

Download 446.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling