О„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “tasdiqlayman” Toshkent moliya instituti
Download 446.64 Kb. Pdf ko'rish
|
Sirtqi uchun
2-TOPSHIRIQ 1. Savdo do‟koniga kirgan 8 ta xaridordan har birining xarid qilish ehtimoli 0,7 ga teng. Xaridorlardan beshtasining xarid qilish ehtimolini toping. 2. Biror mergan uchun bitta o‟q uzishda nishonga tegizishi ehtimoli 0,8 ga teng va o‟q uzish tartibiga bog‟liq emas. 5 marta o‟q uzilganda nishonga rosa 2 marta tegishi ehtimolini toping. 3. Tanga 10 marta tashlanganda gerbli tomon: a) 4 tadan 6 martagacha tushishi ehtimolini; b) hech bo‟lmaganda bir marta tushishi ehtimolini toping. 4. Qaysi hodisaning ehtimoli katta? a) teng kuchli raqib bilan o‟ynab, to‟rtta partiyadan uchtasini yutib olishimi yoki sakkizta partiyadan beshtasini yutib olishimi? b) to‟rtta partiyaning kamida uchtasini yutib olishimi yoki sakkizta partiyaning kamida beshtasini yutib olishimi? 5. Qaysi birining ehtimoli kattaroq: tangani 4 marta tashlanganda “gerb” tomonining 2 marta tushishimi, yoki 8 marta tashlanganda “gerb” tomonining 4 marta tushishimi? 6. Ishlab chiqarilgan buyumlarning 5% i yaroqsiz, tavakkaliga tanlangan 5 ta buyumdan 2 tasining yaroqsiz bo‟lishi ehtimoli nimaga teng? 7. Merganning o‟qni nishonga tekkizishi ehtimoli 0,25 ga teng. Mergan nishonga qarata 8 ta o‟q uzadi. Quyidagi ehtimollarni toping: a) kamida 7 ta o‟q nishonga tegadi; b) kamida 1 ta o‟q nishonga tegadi. 8. Sex mahsulotining 5% i yaroqsiz. 5 ta mahsulot tanlanganda: a) 1 ta ham yaroqsiz mahsulot yo‟q bo‟lishi; b) 2 ta yaroqsiz mahsulot bo‟lishi ehtimoli nimaga teng. 9. O‟yin soqqasi 16 marta tashlanadi. 3 ga karrali ochkolarning eng ehtimolli sonini toping. 10. O‟qning nishonga tegishi ehtimoli p=0,35. Nishonga qarata 10 ta o‟q uziladi. Nishonga tegishlarning eng ehtimolli sonini toping. 11. Oilada 10 ta farzand bor. O‟g‟il bola va qiz bola tug‟lishi ehtimoli p=0,5 bo‟lsa, ularning 5 tasi o‟gil bola va 5 tasi qiz bola bo‟lishi ehtimolini toping. Download 446.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling