О„zbekiston respublikasi oliy va о„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti “tasdiqlayman” Toshkent moliya instituti
kishi necha usul bilan chipta olish uchun teatr kassasiga navbatga turishi mumkin? 5
Download 446.64 Kb. Pdf ko'rish
|
Sirtqi uchun
4. 8 kishi necha usul bilan chipta olish uchun teatr kassasiga navbatga turishi
mumkin? 5. Qutichada 6 ta bir xil (nomerlangan) kubik bor. Tavakkaliga bitta bittadan olingan va bir qator qilib terildan kubiklarning nomerlari o‟sib borish tartibida chiqishi ehtimolini toping. 6. Qutida 5 ta bir xil buyum bo‟lib, ularning 3 tasi bo‟yalgan. Tavakkaliga 2 ta buyum olinganda ular orasida: a) bitta bo‟yalgan bo‟lishi; c) ikkita bo‟yalgan bo‟lishi; b) hech bo‟lmaganda bittasi bo‟yalgan bo‟lishi ehtimolini topig. 7. Qutida 12 ta oq va 8 ta qizil shar bor. Tavakklaliga a) bitta shar olinganda, uning oq bo‟lishi; b) bitta shar olinganda, uning qizil bo‟lishi; c) 2 ta shar olinganda, ularning turli rangda bo‟lishi; d) 8 ta shar olinganda, ularning 3 tasi qizil rangli bo‟lishi ehtimollarini toping. 8. Qutida 60 ta lampochka bo‟lib, ularning 10 tasi yaroqsiz. Tavakkaliga 4 ta lampochka olinadi. Olingan lampochkalar ichida: a) yaroqsizlari yo‟q bo‟lishi; b) yaroqlilari yo‟q bo‟lishi ehtimollarini toping. 9. Yashikda 30 ta birinchi nav va 6 ta ikkinchi nav detal bor. Tavakkaliga 3 ta detal olinadi: a) olingan uchchala detal ham birinchi nav bo‟lish ehtimolini; b) olingan detallarning hech bo‟lmaganda bittasi birinchi nav bo‟lishi ehtimolini toping. 10. Ikkita o‟yin kubigi tashlanadi. Tushgan ochkolar yig‟indisining 7 ga teng bo‟lishi ehtimolini toping. 11. Qutida 5 ta bir xil kub bor. Har bir kubning barcha tomonlariga quyidagi harflardan biri yozilgan: o, p, r, s, t. Bittalab olingan va “bir qator qilib” terilgan kublarda “sport” so‟zini o‟qish mumkin bo‟lishi ehtimolini toping. 12. Oltita bir xil kartochkaning har biriga quyidagi harflardan biri yozilgan a, t, m, r, s, o . Kartochkalar yaxshilab aralashtirilgandan so‟ng, bittalab olingan va “bir qator qilib” terilgan to‟rtta kartochkada “soat” so‟zini o‟qish mumkin bo‟lish ehtimolini toping. 13. Bitta o‟yin kubi tashlangan. Unda a) juft ochko tushishi; b) 5 ochkodan kam bo‟lmagan ochko tushishi hodisalarining ehtimollarini toping. 14. Kotiba 5 ta xatni oldindan tayyorlab qo‟yilgan 5 ta manzili ko‟rsatilgan konvertlarga tasodifiy ravishda joylashtirdi. Hech bo‟lmaganda bitta xatning kerakli manzilga to‟g‟ri yetib borish ehtimolini toping. Download 446.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling