O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus taʹlim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Tashqi bozorlarda marketing faoliyatini tashkil etishning asosiy


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/55
Sana19.04.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1365641
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55
Bog'liq
MARKETING

1.4. Tashqi bozorlarda marketing faoliyatini tashkil etishning asosiy 
konsepsiyalari 
Xalqaro marketing faoliyatini tashkil etishning asosiy konsepsiyalari 
quyidagilar: 
Ishlab chiqarish konsepsiyasi xalqaro bozor subyektlarining tijorat-xo‗jalik 
faoliyatini tashkil etish tizimi bo‗lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarishni 
takomillashtirish va tovar taqsimoti tizimining samaradorligini oshirish hisobiga o‗z 
mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo‗ljallaydi. Ishlab chiqarish 
konsepsiyasi ikki xil holatda qo‗llanishi mumkin: 
• «Sotuvchi bozori» sharoitida, ya‘ni tovarga talab taklifdan yuqori bo‗lganda; 


13 
• Ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxi yuqori bo‗lib, uni pasaytirish zarur 
bo‗lganda. 
Tovar konsepsiyasi xalqaro bozor subyektlarining tijorat-xo‗jalik faoliyatini 
tashkil etish tizimi bo‗lib, bunda sotuvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning yuqori 
sifati uning eng yaxshi ekspluatatsiya tavsifnomalari bilan uyg‗unlashgan holdagina 
o‗z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishdan umid qiladi. Ishlab chiqaruvchi 
barcha hatti-harakatlarini tovarni takomillashtirishga qaratadi. Buning uchun 
foydalaniluvchi usullar xuddi ishlab chiqarish konsepsiyasida qo‗llanuvchi usullarga 
o‗xshab ketadi. Ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishda asosiy o‗rinni ITTKI 
egallaydi. 
Sotuv konsepsiyasi xalqaro bozor subyektlarining tijorat-xo‗jalik faoliyatini 
tashkil etish tizimi bo‗lib, bunda sotuvchi sotuv sohasiga ko‗p kuch sarflagan holda 
o‗z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishga harakat qiladi. Sotuvchi 
faoliyatining asosiy vazifasi deb zarur sotuv hajmiga erishishni belgilaydi. Chet ellik 
xaridorga sotuvni rag‗batlantirishning turli usullari yordamida ta‘sir ko‗rsatar ekan, 
sotuvchi uni o‗z tovarlarini sotib olishga undaydi. Ko‗p hollarda sotuvchi xaridorning 
ehtiyojlarini qondirish ustida bosh qotirmasdan, o‗z mahsulotlarini zo‗rlab sotish 
siyosatini ham qo‗llaydi. Sotuv konsepsiyasi ma‘lum vaqt davomidagina potensial 
xaridorlar soni yetarli bo‗lganda samarali bo‗lishi mumkin. 
Marketing konsepsiyasi xalqaro bozor subyektlarining tijorat-xo‗jalik 
faoliyatini tashkil etish tizimi bo‗lib, bunda chet ellik xaridorlarning ehtiyojlarini 
aniqlab, ularni o‗z raqobatchilariga nisbatan samaraliroq qondirish usullarini topgan 
holdagina o‗z mahsulotlarini chet elda muvaffaqiyatli sotishni mo‗ljallaydi. O‗z 
maqsadlarigsha erishish uchun ishlab chiqaruvchi birinchi o‗ringa chet ellik 
xaridorlarning muayyan ehtiyojlarini qo‗yadi. Shu sababli boshqaruvda asosiy 
e‘tiborni ishlab chiqarish faoliyatidan o‗z mahsulotlariga bo‗lgan ehtiyojni marketing 
usullari tizimi yordamida saqlab qolish va kengaytirishga qaratish zarurati tug‗iladi. 
Shu tariqa, marketing konsepsiyasi bu chet ellik xaridorga yo‗nalganlik bo‗lib, 
ishlab chiqarishni uning manfaatlariga xizmat qilishiga asosalanadi. 


14 
Jamoatchilik marketingi konsepsiyasi xalqaro bozor subyektlarining tijorat-
xo‗jalik faoliyatini tashkil etish tizimi bo‗lib, bunda sotuvchi xalqaro bozorning 
ehtiyojlarini aniqlab, ularni o‗z raqobatchilariga nisbatan samaraliroq qondirish 
usullarini topgan holda, ayrim chet ellik xaridorlar va umuman jahon 
hamjamiyatining uzoq muddatli manfaatlariga mos holda o‗z mahsulotlarini chet elda 
muvaffaqiyatli sotishni mo‗ljallaydi.
Bunday konsepsiyaning paydo bo‗lganiga hali ko‗p bo‗lgani yo‗q. Uning paydo 
bo‗lishiga ekologik muhitning yomonlashuvi, xom-ashyo va energetika 
taqchilligining yuzaga kelishi, inflyatsiya jarayonlarining chuqurlashuvi, demografik 
ahvolning jiddiylashuvi kabi holatlar sabab bo‗ldi. Faoliyatini ushbu konsepsiya 
doirasida tashkil etuvchi korxona o‗z oldiga xalqaro hamjamiyatning manfaatlariga 
mos ravishda chet ellik xaridorlarning ehtiyojlarini qondirishni maqsad qilib qo‗yadi. 

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling